Tizimli dasturiy ta’minot




Download 0,57 Mb.
bet4/21
Sana21.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#248457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatish

Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

ishlashini ta’minlash;

  • kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat kо’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qо’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal tо’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:

  • operasion tizim (OT);

  • tarmoq operasion tizimi.

Yordamchi (xizmat kо’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.






    1. Tizimli dasturiy ta’minot va uning turlari


Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) Quyidagilarni bajarishga qaratilgan: - kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
- kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta’minot (system software) – kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat kо’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qо’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bо’yicha tasniflash mumkin:

  • tizimli dasturiy ta’minot;

  • amaliy dasturiy ta’minot;

  • dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Operasion tizim (OT). Kompyuter bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi о’rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarniavtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о’z ichiga oladi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: — kompilyator va interpretatorlar; — dasturlar kutubxonasi;
turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini xam ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar tо’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Mikroassembler, C, C++, Delphi, Visual Basic va boshqalar kiradi. CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CASE — Compyuter Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bо’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan kо’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qо’llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. Ulardan keng kо’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i - kompyuterlarning mahalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0,57 Mb.