|
Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 8/21 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #248457 |
Bog'liq Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatishOS tashqi buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida bajariladi.
Ixtiyoriy OS ga turli amallarni bajarishga mо’ljallangan о’nlab dasturlar kiritilgan. Masalan, barcha OS larga kiritilgan qurilma drayveri deb nomlanadigan maxsus rezedent dasturlar kiritish-chiqarish sistemasini tо’ldirish uchun qо’llaniladi.
Drayverlar qо’shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud qurilmalarni nostandart ishlatilishini ta’minlab beradi. Real OS loihalanganda fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga tо’liq javob bera olmasa maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish mumkin.
Mavjud OS ning bir-biridan farqi "sistema darajasi" bilan aniqlanadi. YA’ni konkret tipdagi kompyuter uchun mos OS qurish (kо’chirish) bilan aniqlanadi. Bunda OS tan-narxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, berilganlarni ichki kо’rinishi bilan birga OS tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga bog’liq bо’ladi. +aralayotgan OS larning farqini faqat professional(sistemali) dasturchigina farqlay oladi. Odatda oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar sezilmaydi. Bunday farqlar xotira hajmi, berilganlarga ishlov berish vaqti, sistema imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Sistemada bajariluvchi dastur jarayonni tashkil qiladi. Jarayon - bu holatlarning yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va fayllar bilan bog’liq bо’ladi. Fayl - berilganlar va dasturiy bо’lishi mumkin. Jarayonda qatnashgan har bir fizik resurs albatda mavjud bо’lishi shart. Yangi jarayonni tashkil qilishda eski jarayondan nusxa olish yo’li bilan ham tashkil kilish mumkin, bu xolatda yangi jaraen tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Har bir jaraen о’z jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin.
Ritchi va Tompson(1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan muhit - holat(obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog’liq bо’lgan berilganlar, ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifiqatorlar foydalanuvchi uchun ochiq deb hisoblanadi. Jarayonni bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga qо’shimcha mamumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni aytish kerakki barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud emas. Bunday holat jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi. Bunday jarayonlarga foydalanuvchi aralashuvi maxsus sistemali buyruqlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Jarayon - bu loihaning bajarilishi. Sistemada jarayonga kо’makchi jarayonlar mavjud bо’ladi.
Sistemadagi kо’pgina jarayonlar kutish holatiga о’tishi berilganlarni kiritish va chiqarish yoki biron bir bir sistemali funksiyani bajarilishini kutish bilan bog’liq bо’ladi. Har bir real sistemada bir vaqtda mavjud bо’lgan jarayonlar chegaralangan. Bu holat kо’proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Berilganlar segmentiga foydalanuvchi berilganlarni kiritishi mumkin va bu segment boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan. Foydalanuvchi bu oraliqni dasturiy usul bilan kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. Berilganlar segmenti hajmi OS da qabul qilingan oraliq bilan aniqlanadi yoki real foydalanuvchi ehtiyojiga qarab tashkil qilinadi. Xotira chegaralanganligi sababli OS dan foydalanuvchi ehtiyojini tо’liq qondira olmasligi ham mumkin.
Bо’linmas stek segmenti xotiraning bosh chegarasidan boshlanib pastga qarab о’sadi. Bu oraliq avtomatik tarzda zarurat tug’ilsa о’sishi mumkin. Real sistemada stek segmentini boshqa qurilmalarda (masalan virtual tashqi xotira) ham tashkil qilish mumkin. OS shunday tashkil qilinishi kerakki, bо’linmas stek segmenti xajmi yetarli bо’lmasa OS о’z о’rnini, sistemani ishonchlilik darajasini kamaytirmagan holda, bо’linmas stek segmentiga bо’shatib berish imkoniyatiga ega bо’lishi kerak. Sistemadagi har bir jarayonning adres muhiti boshqa jarayonlarning adres muhitidan farqli. Jarayonlar bilan aloqa maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Jarayonni boshqarish (о’zgaruvchi, ishga tayyor, ishlovchi va blokirovka qilingan xolat). Jarayon turli holatda bо’lishi mumkin. Holatni aniqlash OS dasturlari yoki foydalanuvchi tomonidan (ayrim hollarda) boshqarilishi kо’zda tutilgan.
О’zgaruvchi holat. Biron-bir ish bajarilishi natijasiga kо’ra hosil bо’ladigan holat. Holatni turlicha bо’lishi muhitga va real ishlovchi dasturga bog’liq bо’ladi. Masalan, malumotlarning turli holatda turlicha taqsimoti bevosita jarayonni boshqarishga о’z ta’sirini о’tkazadi.
Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bо’lgan fizik hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur faqat buyruqni kutadi.
Ishlovchi. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli resurslarni ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bо’lgan resurs unig uchun har doim ishga tayyor holatida buladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bо’lgan resurs ishlaetgan dasturga nisbatan yuqoriroq prioritetli dastur bilan band bо’lsa ishlovchi dastur kutish holatiga о’tkaziladi. OS ning ayrim buyruqlari foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori hisoblanadi. Albatta ixtiyoriy OS ga foydalanuvchi dasturi ishini tо’xtatish imkoniyatini beradigan buyruq kiritilishi zarur.
Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli bо’lmasa sistema bunday dasturni blokirovka qilib qо’yadi. Yani bunda dasturga nisbatan sistema holati aniqlanmagan hisoblanadi. Odatda bunday holatda sistema foydalanuvchining aralashuvini talab qiladi.
Masalaning bog’lanishini boshqarish ( ketma-ket, parallel). Masala OS resurlari bilan ketma-ket yoki parallel bog’lanishi mumkin. Bunday bog’lanish asosan resurslarning jarayonga xizmat qilish tezligiga bog’liq. Agar resurslarning xizmat qilish tezligi bir hil bо’lsa, resurslar xizmatga ketma-ket chaqiriladi. Agarda talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bо’lsa va u mustaqil о’zi masalaga xizmat qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs aktiv holatga о’tadi va h.k.z. Shu bilan birga masala uchun bir necha resurs parallel xizmat qiladi. OS tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlarni parallel va ketma-ket bо’lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi.
Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. +urilmalarning bunday kо’rinishda ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti kо’p bо’lsa ayniqsa sezilarlidir. Tezkor qurilmalar, foydalanuvchi uchun, OS ning fayllarni boshqarish dasturi yordamida taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez ishlashi va kiritishchiqarish sо’roviga ketgan vaqtini inobatga olsak umumiy jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bо’ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy tasir kо’rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish-chiqarish qurilmalarining sekin ishlashidir. OS kompyuter unumdorligini oshirish uchun spuling mexanizmini ishga soladi. Spuling – kiritish-chiqarishga mо’ljallangan berilganlarni avtomatik tarzda diskga yozib qо’yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma tayyor bо’lganda qо’yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.
|
| |