Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi




Download 0,57 Mb.
bet6/21
Sana21.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#248457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatish

OS quyidagi xususiyatlarga ega bо’lishi talab qilinadi:

  1. Ishonchlilik. OS о’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bо’lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni taxlil qilish va tiklanish holatida bо’lishi kerak. OS foydalanuvchining о’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bо’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.

  2. HimoY. OS bajarilayotgan masalalarni о’zaro bir biriga tasiridan himoyalash kerak.

  3. Bashorat. OS foydalanuvchi sо’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bо’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bо’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bо’lishi kerak.

  4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loihalash kerak.

  5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning о’zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.

  6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida kо’paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.

  7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qо’shilishi mumkin.

  8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bо’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bо’lishi kerak. Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va о’zaro bog’liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.

Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi bu resurslar tahsimoti va kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin: bir dasturli; kо’p dasturli; kо’p masalali.
Bir dasturli rejim - kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
Kо’p dasturli rejim (multidastur) - OS bir vaqtning о’zida bir biriga bog’liq bо’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar о’rtasida о’zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy prosessor ish vaqti bilan "periferiya" qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Kо’p masalali rejim - multimasala rejimi bir vaqtning о’zida bir necha masalaning paralel ishlashini ta’minlash kо’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OS yechilayotgan masalalarni bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Kо’p dasturli rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi) farqli bu yerda barcha masalalar bо’yicha parallel ishlash kо’zda tutilgan. Kо’p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha prosessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi о’rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS foydalanuvchi sо’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. Sо’rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi kо’rinishida bо’ladi. OS sо’rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bо’lish mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Download 0,57 Mb.