Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi




Download 0,57 Mb.
bet9/21
Sana21.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#248457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatish

Matematik taminot resurslari - berilganlar va dastur bajarilishini nazorat qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat
bо’ladi. Bu resurslar orasida sistemali rejalashtirish, sistema kutubxonalari, fayllarni boshqarish va kiritish-chiqarishga xizmat qiluvchi servis dasturlar mavjud. Kiritish va chiqarish - bu kiritilayotgan va chiqrilayotgan berilganlarni kо’chirish jarayonidir. Berilganlarni boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va chiqarish, filtr va kommunikasiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi berilganlarni uzatishda о’z yo’nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlar majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo’naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlarni tartiblash va sо’ngra chiqarish oqimiga yo’naltirish mumkin.
Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda berilganlarni kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan sо’ng ma’lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb hisoblanadi. OS da nostandart bо’lmagan qurilmalarni kiritish-chiqarish qurilmasi deb elon qiluvchi yo’naltiruvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar "periferiya" kiritish-chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi. Kiritish-chiqarish qurilmalari va dasturlari. Kiritish va chiqarish
qurilmalari kompyuter konfigurasiyasiga bog’liq va ularning soni bir nechta bо’lishi mumkin. Real vaqtda sistemaga bog’langan qurilma va qurilmalar soni kompyuterning portlari sonidan kо’p bо’la olmaydi. Har bir qurilmani ishga tushirish va u bilan berilganlarni almashish OS dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Dastur odatda bevosita qurilma va uning fizik xarakteristikasini hisobga olgan holda yaratilgan bо’ladi. Ayrim xollarda biron bir kiritish-chiqarish qurilmasi о’rniga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlarni о’zaro almashish xatolikga yoki umuman berilganlarni almashmaslikka olib keladi. Bunday holda bog’lanish amalga oshmagani sabablaridan biri bu qurilma uchun qullanadigan dasturni mos kelmasligi bо’lishi mumkin. Bunday xolda qurilmaga mos dasturni yuklab sо’ng undan foydalanish tafsiya qilinadi.
Filtr - sistemali dastur yoki buyruq bо’lib, berilganlarni kiritish qurilmasidan о’qib tartiblaydi va dastur yoki buyruqda aniqlangan qurilmalarga yo’naltiradi. Kommunikasiya - bu ikki sistemali dasturni, buyruqni, dastur va buyruqni yoki buyruq va dasturni birlashtirish. Bunday kо’rinishdagi birlashtirish bir dastur yoki buyruqning natijasini boshqa dastur yoki buyruqga kiritish imkoniyatini beradi.
YO’naltirilgan kiritish-chiqarish bilan kommunikasiya farqi: yo’naltirilgan kiritishchiqarish bu berilganlarni о’kish yoki ularni "periferiya" qurilmasiga uzatishdir. Kommunikasiya esa - bu sistema dasturlari va buyruqlari orasidagi о’zaro berilganlarni almashishdir. Yani berilganlarni uzatish OS ichida amalga oshiriladi.
Berilganlar kompyuter xotirasida turli kо’rinishda saqlanadi. Bular avvaldan kelishilgan holda bо’ladi. Masalan: dastur saqlanish prinsipi bilan berilganlarni saqlanishi turlicha bо’ladi, biron bir tekst redaktori yordamida hosil qilingan ma’lumot boshqa redaktor yordamida hosil qilingan ma’lumotning ichki kо’rinishidan farq qiladi. Har bir ma’lumotning ichki tuzilishi avvaldan tanlab olingan kodlash usuli yordamida hosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash usullari turlicha. Ularni qanday kо’rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita sistema ijodkorlariga bog’liq. Odatda biron bir kodlash usuli ma’lum bir tipdagi kompyuter(dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu tipdagi kompyuter takomillashsa kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki OS tarkibidagi berilganlarga ishlov beruvchi dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta, berilganlar majmuasi(matn) va h.k.z kerakli usulda taxlil qilib kо’zda tutilgan ishni bajaradi. Virtual xotirani boshqarish. OS tarkibiga virtual xotiraga ishlov beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin(tasavvur) qilinadigan xotira. Virtal xotira hajmi real fizik xotira hajmidan kо’p bо’ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlash bо’lsa, ikkinchidan real operativ xotiraning tan narxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib о’tish kerakki, albatta prosessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan kо’proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi uchun о’z manzili mavjud bо’ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning kо’rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bо’ladi. Virtual xotiraning real adresi hisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffisienti qо’shiladi. Shu sababli manzillar chalkashligi oldi olinadi. YA’ni, agarda biz bir necha nomdagi kо’chani qarasak har bir kо’chada 13- uy mavjud bо’lsa, har bir 13- uy manzili turli bо’ladi, chunki kо’chalar nomi turli. Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bо’lgan shahardan barcha 13- chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13- chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffisienti qо’shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi.
Berilganlarning saqlanishi:Ketma-ket, agar foydalaniladigan berilganlar xotirada ketma-ket joylashgan bо’lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.
Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan sо’ng о’zinig davomi qaerdan joylashganligi hakidagi ma’lumot bevosita berilganladan keyin joylashgan bо’ladi va bu malumot taxlil qilinib berilganlarning davomi kо’rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.
Indeksli ketma-ket, indeksli boshqarishdan farqi, berilganlar davomi kо’rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketmaketlik kо’rinishida beriladi.
Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bо’lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bо’ladi. Har qanday OS о’z tarkibiga kirgan dasturlarni himoyalashi kо’zda tutilgan bо’ladi. Biroq bu himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish odatda tashqi aralashuv natijasida amalga oshiriladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qо’yiladi. Albatta bunday taqiqni malakali foydalanuvchi "aylanib" о’tishi mumkin, biroq bunday usul tafsiya qilinmaydi.
Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning mukammal ishlashiga omil bо’ladi. Berilganlar pog’ana-pog’ana joylaytiriladi. OS shunday kо’rilganki berilganlar bir biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda kо’p ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bо’limlarda joylashtiriladi. Albatda joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi о’rtasida bо’sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bо’sh joy hosil bо’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni effektiv joylashtirish uchun shunga о’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
Kompyuter bilan muloqat. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqat kо’zda tutilgan. Bundan tashqari foydalanuvchi ham о’z dasturiga muloqatni kiritishi mumkin. Muloqat tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bо’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bо’lganda, sistema hosil bо’lgan holatdan boshqa holatga о’tish yo’lini foydalanuvchi tafsiyasiga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bо’lishi mumkin. Rejali holat sistemada kо’zda tutilgan bо’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi.
Rejada kо’zda tutilmagan muloqatda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni "bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bо’lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori foydalanuvchi bо’lganda, sistema kutish holatiga о’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtinchalik yoki umuman tо’xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini taminlash. Kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Bu shart sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug’ri ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug’ri ishlashi natijasida paydo bо’ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bо’lib zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bо’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan tashqari dasturiy resurslar notо’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning tо’g’ri yoki notо’g’ri ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OS tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan sо’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bо’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bо’lsa, u holda dastur tug’ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga tо’ldiruvchi bо’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati о’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish uchun OS tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi.
Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bо’lgan topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi. Jarayonni boshqarish uchun OSga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish uchun zarur bо’lgan resurslar aniqlanadi. Odatda agar topshiriqni boshqarish tilida ma’lum resurlar qayd etilmasa unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi. Har bir sistemani qо’shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, funksional jixatdan bir vaqtning о’zida bir necha dasturning sistemada saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qidirilishiga kо’p vaqt va qо’shimcha xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bо’lmagan dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bо’yicha mutaxasis bо’lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish va unga о’zgartishlar kiritish tafsiya qilinmaydi.
Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek resurslar fizik va dasturiy bо’ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida foydalanuvchining dasturi normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga chaqiriladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma-ketlikda bajariladi. Resurslar ishlatilishi ketma-ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturi yordamida amalga oshiriladi.
Prosessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt prosessor va kutish vaqti majmuasidan iborat bо’ladi. Prosessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. +о’shimcha vaqt bu OS resurslariga murojaat va uni bо’shashini kutish, muloqat, prosessorga bog’liq bо’lmagan boshqa resurslarni ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan umumiy vaqtga nisbatan prosessor vaqti salmog’i har doim kam bо’ladi.
Xotirani boshqarish - OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira ajratiladi yoki bо’lmasa topshiriqlar tilida kо’rsatilgandek joy ajratiladi. Shuni aytish kerakki OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi uning uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish OS himoya dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuvchi ishlatadigan( yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bо’ladi. Yordamchi dasturlar xajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar qancha kо’p bо’lsa shuncha yaxshi deyish notug’ri, chunki dastur qancha kо’p bо’lsa ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bо’ladi. Shu sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab zarur bо’lmagan resurslarni esa arxiv holatda saqlash va kerak bо’lgan holda ularni tiklash tafsiya qilinadi.
Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni nazorat qiluvchi dastur mavjud bо’ladi. Bu dastur prosessorga topshirilgan vazifani qay darajada bajarayotganligi va tо’liqligini taxlil qiladi. Har bir boshqaruv bajarilgandan sо’ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni taxlil qilib berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog’lanish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’lanishlar tashqi va ichki bо’ladi. Tashqi bog’lanish bevosita OS boshqarish dasturi bilan bog’lansa, ichki bog’lanish real bajarilayotgan dasturlarning ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bо’ladi.
Bundan tashqari hodisa bog’lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. YA’ni bu holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.

Download 0,57 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Download 0,57 Mb.