|
Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 7/21 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #248457 |
Bog'liq Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatishdialog sistemasi.
Paket rejimi - bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan sо’ng foydalanuvchi bilan uning masalasi о’rtasida muloqat qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki kо’p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
Vaqtni taqsimlash - bir vaqtning о’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilish mumkin va foydalanuvchiga о’z masalasi bilan muloqat qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, prosessor vaqti va boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan erishiladi. OS kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida prosessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan sо’ng OS uni navbatning oxiriga olib borib qо’yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.z. Har bir masalaga xizmat qilish vaqti OS parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi OS ni tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini о’zgartirishi mumkin.
Real vaqt - sistema berilgan real vaqt oralig’ida topshiriqni bajarilishini ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt о’tishiga ham ohang bо’lishi kerak. Kompyuter bunday OS bilan odatda bir dasturli rejimda ishlaydi.
Muloqat operasion sistemasi - yakka foydalanuvchi uchun mо’ljallangan bо’lib kompyuter bilan muloqatning qulay kо’rinishini ta’minlaydi. OS odatda bir dasturli rejimda ishlaydi.
Uzilishga ishlov beruvchi modul OS tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dasturlardan iborat bо’lib fayl sistemasi ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va shu bilan birga maxsus holatlarni taxlil qilishni ta’minlaydi. Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni taxlil qiladi va holatni kо’rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil qiladi.
Buyruq prosessori funksiyalari quyidagilardan iborat:
Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul va sintaktik analiz qilish.
OS ichki buyruqlarini bajarish.
OS tashqi buyruq (dastur) va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va bajarish.
Buyruq prosessori tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq prosessori diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi. Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek amalga oshiriladi. Buyruq prosessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan sо’ng avtomatik tarzda bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab sistemali dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq prosessori berilgan satrda yozilgan berilganlarni ketma-ket о’qiydi va taxlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamga yoki izohdan iborat bо’lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron bir dasturga murojaat qiluvchi buyruq bо’lsa, buyruq fayl ishini tо’xtatib turiladi va chaqirilgan dastur bajariladi. Dastur о’z ishini yakunlagandan sо’ng buyruq fayl о’z ishini davom ettiradi.
Buyruq prosessori xotiraga yuklanganda ikki, doimo xotirada saqlanadigan rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bо’lgan norezedent qismga bо’linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq prosessorining norezedent qismini о’chirib yuborishi mumkin. Bu dastur о’z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq prosessorining rezedent qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi. OS aynan shu kо’rinishda tashkil qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bо’lmasa yoki u umuman bо’lmasa sistemali yumshoq disk bо’lishi shart va u ishga tayyor holatda bо’lishi kerak. OS normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki yumshoq disk о’rniga operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish mumkin.
|
| |