|
Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 10/21 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #248457 |
Bog'liq Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatishOS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
dasturlarga parallel xizmat qilish;
umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
sinxron jarayonga xizmat;
kritik resurslarni aniqlash;
lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish; - va h.k.z.
EHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bо’lgan hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar — software), ikkinchi tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir texnikaviyura vositalarini (processor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. — hardware) talab etadi.
EHM texnikaviy vositalarini boshqarishning kо’plab jarayonlari ma’lum darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog’liq emas. Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuо’satilgan standart, kо’pincha esa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.
Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi о’zaro aloqani 16rasmda kо’rsatilganidek tasvirlash mumkin.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (EHM ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari tо’plani), dasturli muxitni, о’ziga xos "peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy dasturlari ishlab chiqiladi va ijro etiladi.
Texnik nuqtai nazardan OT bu EHM resurslarini va bu resurslarni ishlatuvchi axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta’minlaydigan dasturlar tо’pshamidir.
Resursni boshqarish resurslarga murojaat qilishni soddalashtirish jarayonlariga, raqobatlashuvchi jarayonlar orasida resurslarni dinamik taqsimlashga olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining istalgan obyekti (texnikaviyli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash jarayonlarida ishlatilishi mumkin va mos ravishda, ular о’rtasida taqsimlanishi mumkin.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish ShKning samarali ish rejimlarini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat bо’lib, bu rejimlar quyidagilardir:
bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali ShK bilan bir vaqtning о’zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan Kо’p foydalanuvchili rejim;
bitta dasturli (bitta masalali) va kо’p dasturli (kо’p masalali) ish rejimi; kо’p dasturli ishlash rejimi, ShK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog’liq ravishda, о’z navbatida quyidagilarga bо’linadi:
paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir vaqtning о’zida echilishi kerak bо’lgan hamma dasturlar blokini (paketini) oldindan yig’ish va shakllantirish bilan);
vaqtni bо’lish rejimi (foydalanuvchilar о’rtasida har bir oldindan qayd qilingan mashina vaqti intervalini bо’lish bilan yoki boshqa xizmat kо’rsatish intizomiga mos ravishda bо’lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning о’zida muloqatli
(interaktiv) murojaat qilishi);
v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir murojaatiga kafolatli xizmat kо’rsatish vaqti bilan);
virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy
ShKdoirasida kamroq unumli gо’yoki alohida mashina, balki о’zining operasion
tizimi bilan, ajratiladi);
bitta processorli, kо’p processorli, kо’p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash tizimlarida ishlash.
|
| |