Operasion tizimlar va ularning turlari




Download 0,57 Mb.
bet5/21
Sana21.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#248457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatish

1.2. Operasion tizimlar va ularning turlari


Operasion sistema - kompyuter bilan foydalanuvchi о’rtasidagi muloqotni о’rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbalarini va qо’shimcha qurilmalarini ishini boshkaradi. Operasion sistema dasturlari operativ xotiraga kuchiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bо’lgandan sо’ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
Shaxsiy kompyuterlarning operasion sistemalari yaratilish tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operasion sistema CR/M-
80 (Control Programm for Microcompyuters, ya’ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Shundan sо’ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operasion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operasion sistemasining kо’p g’oyalarini о’zida mujassamlashtirgan.
MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bо’lgan kompyuterlarga mо’ljallangan bо’lib, о’zi 8 K bayt xotirani egallagan. Hozirgi kunga kelib shaxsiy kompyuterlarning xotirasi birnecha Gegabaytlarga tenglashdi.
Turli mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom etirib, uning MS DOS 1.1,
MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 versiyalarini taklif etishdi va nihoyat,
1984 yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286
mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga, mо’ljallangan operasion sistema yaratildi. 1986 yilda Compaq Compyuter firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 (Personal system - shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi.
Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bо’lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bо’lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya’ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir bо’lgan OS/2 operasion sistemasi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki о’sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari kо’pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux operasion sistemalaridan keng foydalangan bо’lsakda MS DOS о’z kо’chini yuqotdi deyaolmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dastursi hisoblangan Norton Commander sistemalari turli klavishlar va menyular iborat komandalar bilan ishlashga mо’ljallangan bо’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay amallarni tez bajaradi.
Operasion sistema funksiyalari. Agar operasion sistema (OS) tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bо’linadi. Fizik resurslar bu:

  • xotira,

  • vinchester,

  • monitor,

  • tashqi qurilmalar,

  • va shu kabilar kiradi.

Dasturiy resurslar bu:

  • kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar,

  • kompyuter ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar,

  • berilganlarni taxlil qiluvchi dasturlar,

  • drayverlar,

  • virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar, - va shu kabilardir.

Dasturlash sistemasi-dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari majmuasidan iborat bо’lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni taminlovchi dasturlar tо’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar tо’plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OS boshqaruvi ostida bо’ladi. OS ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish.

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operasion tizimlar va ularning turlari

Download 0,57 Mb.