Biznesda axborot texnologiyalari rolini oshirishning zamonaviy tendensiyalari




Download 359,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.01.2024
Hajmi359,39 Kb.
#131908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
38 Abdullayev Rizayeva

 
Kirish 
Globallashuv jarayonida axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyat kundalik 
hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari ishlab 
chiqarishning eng muhim omillaridan biri boʻlib, u ilmiy sohada ham oʻzgarishga sabab boʻlib 
asosiy obyekti turli iqtisodiy jarayonlarni axborot-texnologik ta’minlash boʻlgan yangi 
tushuncha – “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirdi. 
Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlaridan biri bu texnologiyalarning bir 
tarmoqdan boshqasiga konvergensiyasi va raqamli iqtisodiyotda hamda uning sanoatdan 
oʻzgartirilayotgan qismida ham buzgʻunchi, ham birlashtiruvchi texnologiyalarning 
tendensiyalari [8], uning intellektual harakatchanlik bilan aloqasi va innovatsiyalar bilan 
aloqasidir [9]. 
Shunday ekan bugungi tobora rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida 
biznes jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, bozorda erkin raqobat qila olish hamda eng 
asosiysi sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy yuksalishga erishishda zamonaviy 
axborot texnologiyalarni qo‘llamasdan amalga oshirishning imkoni yo‘q. Shu sababli mazkur 
yo‘nalishda tahlillar hamda tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
 
1/2022, 
yanvar-
fevral
(№ 00057) 


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
345
 
 
 
 
 
 
 
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Tanlangan tadqiqot yoʻnalishi doirasida axborot texnologiyalarining biznesni 
rivojlantirish va barqarorligiga ta’siri masalalari etarlicha oʻrganilmagan. Shu bilan birga
shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy adabiyotlarda koʻrsatilgan mavzuga oid tadqiqotlarning har 
biri keng yoritilgan.
Md’lumki, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish masalalari bilan tahliliy agentliklar 
va xalqaro tashkilotlar shugʻullanishadi. Raqamlashtirish boʻyicha tadqiqotlarda asosiy 
muammo atamaning noaniq ta’rifi va tushunchalarni almashtirishdir. Bu savollar rus 
tadqiqotchilari V. Dravits , A. Kurbatskiy[2], A.A. Kryukova [3] , S.A. Tolkachev [7] va boshqa 
bir qator mualliflar asarlarida ochib berilgan.
“Raqamlashtirish” tushunchasining ta’rifini ishlab chiqishga urinishlar xorijiy va rus 
mualliflarining tadqiqotlarida ham mavjud. Masalan, Ming Zeng [6], E.V. Mayminov, 
T.A. Puzini[4]lar shular jumlasidandir. Bundan tashqari ushbu tushunchaga oʻzbek 
olimlaridan S.Gʻulomov, R. Ayupov, A.Bobojonov va M.Abdullayevlar ham oʻzlarining 
raqamli iqtisodiyotga oid asarlari hamda maqolalarida alohida toʻxtalib, qator ta’riflarni 
berib oʻtgan. 
Shu jihatdan ham mazkur tadqiqot maqsadi axborot texnologiyalarining biznesdagi 
rolini oshirishning hozirgi tendentsiyalarini oʻrganishdan iborat boʻlib, maqola doirasida 
taqqoslash, tahlil qilish va sintez qilish kabi tadqiqot usullari qoʻllanilgan.

Download 359,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 359,39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznesda axborot texnologiyalari rolini oshirishning zamonaviy tendensiyalari

Download 359,39 Kb.
Pdf ko'rish