|
Biznesda axborot texnologiyalari rolini oshirishning zamonaviy tendensiyalariBog'liq 38 Abdullayev RizayevaTadqiqot natijalari
Axborot texnologiyalari - bu ma’lumotlarni olish uchun turli xil ma’lumotlarni toʻplash
va ularni qayta ishlashning turli mexanizmlari va usullarini qoʻllaydigan jarayondan boshqa
narsa emas. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish “biznes tuzilmalarining
raqobatbardoshlik darajasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, tranzaksiya xarajatlarini sezilarli
darajada kamaytiradi, bu Yevropa kompaniyalarida qariyb 50% ni tashkil etadi, ichki
kompaniyalarda esa bu koʻrsatkich yanada yuqoridir” [4].
2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Raqamli
iqtisodiyot – 2030” dasturini ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Ushbu strategiya
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli
rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini
yanada takomillashtirish maqsadini koʻzda tutadi.
[10]
Ushbu dastur bir vaqtning oʻzida bir
nechta rivojlanish yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
• birinchidan, raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;
• ikkinchidan, elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;
• uchinchidan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;
• toʻrtinchidan, raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor
yoʻnalishlari;
• beshinchidan, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka
oshirishning ustuvor yoʻnalishlari;
• oltinchidan, aqlli shahar texnologiyalari va raqamli salomatlikni rivojlantirish.
Koʻrib turganingizdek, ushbu dastur biznesda axborot texnologiyalaridan
foydalanishga u yoki bu tarzda ta’sir qiladigan juda koʻp masalalarni qamrab oladi.
Kompyuter tarmoqlari, kompyuter va bulutli texnologiyalardan foydalanishga
asoslangan biznesning rivojlanishi dunyoning alohida mamlakatlari yoki mintaqalari
iqtisodiyotining rivojlanishini tezlashtirishi kutilmoqda, ammo hozirgi vaqtda iqtisodiy
|
| |