“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
344
http://iqtisodiyot.tsue.uz
BIZNESDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ROLINI
OSHIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Abdullayev Munis Qurbonovich
TDIU “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, i.f.f.d.
(PhD), dotsent. Toshkent, O
‘zbekiston.
m.abdullayev@tsue.uz
Rizayeva Farangiz Xoldorovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi. Toshkent, O
‘zbekiston.
rizayeva06@mail.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining biznesdagi rolini oshirishning
hozirgi tendensiyalari
koʻrib chiqilgan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish koʻplab ishlab chiqarish jarayonlarini
tezlashtirish, xodimlar
xarajatlarini kamaytirish, shuningdek,
boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirish imkonini beradi. Maqolada zamonaviy iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida
korxona yoki mamlakat darajasida hamda global miqyosda texnologik
innovatsiyalarning roli va
ahamiyati alohida yoritib oʻtilgan. Maqolada koʻrsatilganidek, axborot texnologiyalarining afzalligi
shundaki, ular u yoki bu zarur ma’lumotlarga tezkor kirishni ta’minlaydi, turli parametrlar boʻyicha
ma’lumotlarni qidirish imkonini beradi. Shu bilan birga, juda koʻp sonli foydalanuvchilar bir vaqtning
oʻzida ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Kalit soʻzlar: axborot texnologiyalari,
raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish,
Internet, tarmoq
platformalari, iqtisodiy jarayonlar.