|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq 38 Abdullayev Rizayeva“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
348
http://iqtisodiyot.tsue.uz
natijalaridan keng foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirishdan ortib borayotgan
daromadni ta’minlashga qodir.
2-rasm – Mahsulot va texnologik innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri
Manba: Tadqiqotlar asosida muallifar ishlanmasi.
Internet davrida bilimlarni tarqatishning ta’siri, tarmoq texnologiyalarining
rivojlanishi va raqamli platformalardan foydalanish zamonaviy tarmoq biznesining ham,
iqtisodiyotning real sektoridagi biznesning ham tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish
bilan bogʻliq muammolarni hal qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda
nafaqat tegishli xoʻjalik yurituvchi tashkilot xodimlarining, balki ochiq tanlov asosida yoki
kraudsorsing asosida muayyan vazifalarni bajarishga jalb qilingan keng doiradagi
shaxslarning ham bilim va koʻnikmalaridan foydalaniladi.
[3]
Shuni yodda tutish kerakki, hozirgi vaqtda turli sohalarda robototexnika, 3D-
printerlar, yangi materiallar, raqamli platformalar va boshqa shu kabi sohalarda
innovatsiyalarni rivojlantirish davom etmoqda. Bunday oʻzgarishlar katta kapital xarajatlarni,
yuqori malakali mutaxassislar foydalanishni, mahsulot ishlab chiqarish va uni bozorga
koʻmaklashish bilan bogʻliq muhim investitsiyalarni talab qiladi. Raqobatbardosh tovarlarni
yaratish hali ham iqtisodiy oʻsishning muayyan omili boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Elektron tijorat, bulutli texnologiyalar, Internet xizmatlari jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda, chunki ular koʻpincha katta kapital qoʻyilmalari, investitsiyalarni nazarda
tutmaydi.
Umuman olganda, texnologik innovatsiyalarning keng rivojlanishi va qoʻllanilishi, ular
asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarining tashkil etilishi va keng tarqalishi
2008-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlari, bir qator mamlakatlardagi qarz inqirozlari,
moliyaviy bozor muammolari va boshqalar bilan bir qatorda iqtisodiy oʻsishga toʻsqinlik
qiluvchi omillardan biri boʻlishi mumkin.
|
| |