|
Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
|
bet | 33/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)Qayta ishlatish modeli.
2 bobda aytganimdek dasturiy ta‘minotni qayta ishlatish xozir juda keng tarqalgan. Eng katta tizimlar avvalgi ishchi loyihalarda ishlatilgan kodni katta miqdorini o‘z ichiga oladi. Qayta ishlatish modeli ko‘p marotaba ishlatiladigan kodini birlashtirish yoki yaratishga ketadigan harakatni bgaxolash uchun ishlatiladi.
COCOMO II qayta ishlaydigan kodni ikkita turini ko‘rib chiqadi. ‘Qora quti’ kodi, bu kod uni tushunmagan yoki o‘zgartirilmagan holda ishlatiladi. ‘Qora quti’ kodini rivojlantirishga ketadigan kuch 0 ga teng deb xisoblanadi.
‘Oq quti’ kodi yangi kod yoki boshqa qayta ishlatiladigan komponentlar uchun moslashtirish kerak. Qayta ishlatilishi uchun harakat talab etiladi, chunki kod tizimda to‘g‘ri ishlashi uchun tushunilishi yoki o‘zgartirilishi kerak.
Ko‘p tizimlar 5– bobda aytilganidek tizim modellaridan olingan avtomarik ishlab chiqilgan kodni o‘z ichiga oladi. Model taxlillanadi (ko‘pincha UML da) va modelda belgilangan ob’yektlarni xosil qiluvchi kod yaratiladi. Qayta ishlatish modellarining COCOMO II sida bu yaratilgan kodni birlashtirishga ketadigan kuchni baxolash formulasi ishlatiladi:
PMauto=(ASLOC*AT/100)/ATPROD// yaratilgan kodni baxolash
ASLOC bu qayta ishlatilgan kod chiziqlarining umumiy miqdori, buning ichida avtomatik ishlab chiqilgan kod.
AT bu avtomatik tarzda ishlab chiqilgan qayta ishlatilgan kod foyizi.
ATPROD bu bunday kodni birlashtirishda muhandislar unmdorligi.
Boehm va boshqalar (2000) ATPROD ni 2,400 ga teng deb xisoblashdi. Shuning uchun umumiy holda qayta ishlatilgan dastlabgi kod 20000 chiziq bo‘lsa va uning 30% avtomatik tarizda yaratilgan bo‘lsa yaratilgan koni birlashtirish kuchi quyidagicha xisoblanadi:
(20000*30/100)/2400=2.5 kuch oy xisobida // takroriy kod
Boshqa tizmlardan olingan qayta ishlatiladigan kodi birlashtirishga ketadigan kuchni xisoblash uchun alohida xisob kitob bajariladi. Qayta ishlatish modeli kuchni qayta ishlatilgan komponentlar miqdorini baxolashdan ajralgan holda xisoblamaydi. Qayta ishlatilgan kod chiziqlar miqdoriga asoslangan bu model yangi kod chiziqlarini ekvivalent miqdorini xisoblashni ta‘minlaydi (ESLOC). Bunda o‘zgartirilish kerak bo‘lgan qayta ishlatiladigan kod chiziqlari miqdori asos bo‘lib, bu ko‘paytiruvchi komponentlarni qayta ishlatish uchun siz bajargan ish hajmini aks ettiradi. ESLOC hisoblash formulasi dasturiy ta‘minotni tushunishga, qayta ishlatiladigan kodga o‘zgartirish kiritishga va bu kodni tizimda birlashtirishga ketadigan kuchni hisobga oladi.
Quyidagi formula dastlabki kodni ekvivalent chiziqlarni miqdorini xisoblash uchun ishlatiladi:
ESLOC=ASLOC*AAM
ESLOC bu yangi kod chiziqlarining ekvivalent miqdori.
ASLOC bu o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan komponentlardagi kod chiziqlarining miqdori.
AAM bu adaptatsiyani nazorat qiluvchi ko‘paytiruvchi.
Qayta ishlatish xech qachon bo‘sh bo‘lmaydi va xech qanday qayta ishlatishning ilojisi bo‘lmaganda ham qandaydur harajatlar bo‘ladi. Lekin qayta ishlatish sarflarining kamayishi qayta ishlangan kod miqdorining ko‘payishidur. Kod chiziqlarining katta miqdori uchun o‘rnatilgan baxo tarqatilgan. Adaptatsiyani nazorat qiluvchi ko‘paytiruvchisi (AAM) kodni qayta ishlatishga kerak bo‘lgan qo‘shimcha kuchni nazorat qilish uchun kerak.
Qisqacha qilib aytganda AAM bu 3 ta komponentniing yig‘indisi:
Adaptatsiya komponenti (AAF deb nomlanadi) qayta ishlatiladigan kodga o‘zgartirish kiritishga ketadigan sarf-xarajatlarni aks ettiradi. Adaptatsiya komponenti o‘z ichiga sub komponentlarni oladi, ular dizayn kod va itegratsiya o‘zgarishlarini xisobga oladi.
Tushunish komponenti (SU deb nomlanadi) qayta ishlatiladigan kodni tushunishga va muhandisni kod bilan do‘stono munosabatiga ketadigan sarf-xarajat. SU notuzilmaviy kod majmuasi uchun 50 dan abyektga yonaltirilgan yaxshi yozilgan kod uchun 10 gacha bo‘ladi.
Baxolash (AA deb nomlangan) omili qayta ishlatish haqida qaror qabul qilish uchun ketadigan harakatlar. Shunday qilib, kod yana qayta ishlatilishi haqida qaror qabul qilish uchun taxlil bajarilishi lozim va bu narxga AA deb kiritilgan. Talab qilingan harakatni taxlil miqdoriga qarab AA 1 dan 8 gacha o‘zgaradi.
Agar kodni adaptatsiyasi avtomatik tarizda bajarilishi munkun bo‘lsa bu kerak bo‘lgan harakatni kamaytiradi. Shuning uchun siz avtomatik adaptatsiya qilingan kod % ni (B) va ASLOC ni moslashtirib baxolashni nazorat qilishingiz mumkun. Yakuniy formula quyidagicha bo‘ladi:
ESLOC=ASLOC*(1- AT100)*AAM
ESLOC xisoblanishi bilanoq siz baxolashni standart formulasini qo‘llab talab qilingan to‘liq harakatni hisoblashingiz mumkun bo‘ladi, bu yerda o‘lcham parametri=ESLOC. Keyin buni xisoblab chiqqan avtomatik yaratilgan kodni birlashtirishga ketgan harakatga qo‘shib to‘liq harakatni xisoblaysiz.
Post arxitektura qatlami
Bu model COCOMO II modellari ichidan eng ko‘p to‘xtalgani. U tizim yaroqli bo‘lishi uchun boshlang‘ich arxitekturaviy loyihada qo‘llaniladi. Shuning uchun subtizim strukturasi ma‘lum bo‘ladi. So‘ng tizimning har bir qismi uchun baholash amalga oshirilsa ham bo‘laveradi.
Baholashni tashkil etish post- architecture level da ishlab chiqilgan bo‘lib, u dastlabki loyihalash bosqichida ishlatiladigan formula bilan ayni bir xil:
PM=A*sizeB*M
Jarayondagi bu bosqichda loyiha o‘lchami aniqlikda baholanadi. Quyidagi uchta parametrlarsan foydalanish orqali kod o‘lchamini baholashni bajarish mumkin:
Keltirilgan yangi kod (SLOC) qatorlarini umumiy miqdorini baholash.
ESLOC kod qatorlarining ekvivalent soniga asoslangan reuse qiymatlarini baholash.
Tizim talablarini o‘zgarishi sababli o‘zgartirilgan kod qatorlari miqdorini baholash.
KSLOC da umumiy kod miqdorini o‘lchash uchun ushbu parametrlar qiymatlarini qo‘shish mumkin. Baholashdagi oxirgi komponenta – o‘zgartirilgan kod qatorlar miqdori- doim o‘zgaruvchi dastur talablarini aks ettiradi. Bu qo‘shimcha kodni qayta ishlashni boshqaradi.
B eksponentasi loyiha murakkabligi bosqichlariga bog‘langan. Loyihalar qanchalik murakkab bo‘lsa, tizim qiymatining oshishiga ta‘siri shunchalik yuqori bo‘ladi. B eksponenta qiymati shuningdek 5 ta faktorga asoslangan, 2.12- rasmda ko‘rsatilgandek, bu faktorlar 0 dan 5 gacha bo‘lgan olti –o‘rinli jadvalda baholanadi va “0” “extra high” “5” “ very low” . B ni hisoblash uchun baholashlar qo‘shilishi kerak, ularni 100 gacha bo‘lib, natijani 1.01 ga qo‘shish kerak.
Misol uchun Biror bir tashkilot biror sohada loyiha olib boryapti, ya‘ni kichik bir tajrib ustida. Loyiha mijozi jarayonni aniqlamadi. Yangi bir birlashma bu tizimni amalga oshirish uchun birgalikda muhokamaga qo‘yadi. Tashkilot yaqinda dasturni yaxshilash jarayonini o‘rniga qo‘yadi. Eksponentani hisoblashda foydalaniladigan qiymatlar:
Precedentedness. Bu tashkilot uchun yangi loyiha.
Development flexibility. Jarayonda mijoz zaruriyati bo‘lmaydi,shuning uchun tashqi yuklangan o‘zgarishlar bo‘ladi.
|
| |