|
Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
|
bet | 41/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)Maxsulot standartlari
|
Jarayon standartlari
|
Loyihani taxlil qilish shakli
|
Loyiha taxlilini boshqarish
|
Talablar hujjatining tuzilmasi
|
Tizimni qurish uchun yangi kodni kiritish
|
Usul sarlavhasi formati
|
Varyantlarni chiqarish jarayoni
|
Java dasturlash uslubi
|
Loyiha rejasini maqulllash jarayoni
|
Loyiha rejasining formati
|
O‘zgartirishni nazorat qilish jarayoni
|
Maxsulotni o‘zgartirishga so‘ro‘vning shakli
|
Sinovdan o‘tkazish jarayoni
|
3.4- rasm. Maxsulot va jarayon standartlari
Standartlar maxsulot sifatini muhimligini shakillantirishi kerak. Vaqt va ketadigan kuch nuqtai nazaridan qimmat bo‘lgan standartlarni aniqlashda ma‘no yo‘q. maxsulot shunday ishlab chiqilishi kerakki, ularni ro‘yhatga olish va ishlatish foyda keltirishi kerak hamda standart jarayonlariga maxsulot yaratishda standartlar qo‘llanishini aniqlovchi jarayonlar bpo‘lishi kerak.
Dasturlashning haqaro standartlarini yaratish uzoq muddatli jarayondur, bunda standartga qiziqqanlar uchrashadilar, izoxlash uchun eskiz tayyorlaydilar va nihoyat standart haqida bir to‘xtamga kelishadi. U.S, DoD, ANSI, BSI, NATO va IEEE kabi milliy va halqaro tashkilotlar standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Turli loyihalarda foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy standartlar. NATO va boshqa himoya tashkilotlari kabi o‘byektlar dasturiy ta‘minot tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda o‘zlarini standartlaridan foydalanishni talab qilishlari mumkin.
Milliy va halqaro standartlar ishlab chiqishida belgilar chizilishi, dasturiy ta‘minot talablarini olish va yozish protseduralari, sifatni kafolatlash protseduralari, dasturiy ta‘minotni tekshirish va jarayonlarni klassifikatsiyalash Java va C++ kabi dasturlash tillari, texnik atamalari, izoxlar ko‘zda tutilgan (IEEE, 2003). IEC 61508 (IEC, 1998) kabi maxsus standartlar himoyasi va havfsizligi muhim bo‘lgan tizimlar uchun yaratilgan.
Tashlikot uchun standartlarni yaratuvchi sifatni boshqaruvi tashkilotning bu standartlarini milliy va halqaro standartlariga asoslash kerak. Xalqaro standartlarni boshlash nuqtasi sifatida ishlatib sifatni kafolatlovchi jamoa standatrlar bo‘yicha yo‘riqnomani tuzish kerak. Unda tashkilotga ketak bo‘lgan standartlar berish kerak. Bunday yo‘riqnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan standartlat misollari 3.4 rasmda berilgan.
Dasturiy ta‘minot yaratuvchilari bazida standartlar da ortiqcha ko‘p ko‘rsatma berilgan deb xisoblaydi va dasturiy ta‘minotning texnik faoliyati uchun ahamyatsiz deb hisoblaydilar. Loyiha standartlari ko‘p hujjat va ish borishini talab etganda shunday bo‘ladi. Odatda muhandislar standartlar ummumiy holda kerakligini tan olishsada ular ko‘pincha loyihaning ularga tegishli qishmida standartlar unchalik kerak bo‘lmaganligiga jiddiy asoslar topib berishadi.
Me’yorlarni o‘rnatuvchi sifat boshqaruvchilari qarshilikni ozaytirish uchun va standartlarga munosabatlarni o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarishlari kerak:
Maxsulot standartlarini tanlashga dasturiy ta‘minot yaratuvchilarini chorlang. Yaratuvchilar standartlar nimaga tanlanganini tushunsa, shu standartlarga rioya qilishi extimoliko‘payadi. Eng yaxshi varyanti standartlar hujjatida nafaqat standart bayon etiladi balki nega standartlashning bu turi tanlanganligi tushuntirilishi kerak.
Standartlarni har doim ko‘rib chiqish va o‘zgaruvchan texnologiyalarga mos xolda o‘zgartirish kerak. Standartlar yaratish jarayonida muhim o‘zinga ega va ular odatda tashkilotning standartlar yo‘riqnomasida saqlanadi. Ketadigan sarf va muhokama qilish kerakligi uchun ularni o‘zgartirishga ko‘pincha hohish bo‘lmaydi. Standartlar yo‘riqnomasi muhim lekin o‘zgarayotgan sharoit va texnologiyalarni aks ettirish uchun ularni o‘zgartirish kerak.
Satandartlari qo‘llovchi dasturiy vositalarini ta‘minlang. Yaratuvchilar standartklarda nazarda tutilgan zerikarli qo‘l ishini dasturiy vosita yordamida bajarish yo‘llarini topadilar. Vositadan foydalanish mumkin bo‘lsa dasturiy ta‘minot standartni bajarish uchun kam harakat ketadi. Masalan hujjatli standartlari matn protsessori stillari yordamida bajarishi mumkin.
Dasturiy ta‘minotning har-xil turlari yaratishning har-xil jarayonini talab qiladi, shuning uchun standartlar moslashishi kerak bo‘ladi. Ishlash usuli, loyiha yoki loyiha guruhiga mos kelmasa uni tanlashdan fiyda yo‘q. Har bir loyiha boshqaruvchisi jarayon standartlarini o‘zing sharoitiga hos xolda o‘zgartirishga vakolatiga ega bo‘lishi kerak. Lekin bu o‘zgartirishlar maxsulot sifatini pasayishiga olib kelmasligi kerak. Chunki bu tashkilotning mujozlari bilan munosabatiga ta‘sir etishui va loyiha sarflari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Loyiha boshqaruvchisi va sifat boshqaruvchisi loyihani boshidan sifatni etibor bilan rejalashtirish evaziga mos kelmaydigan standartlar moammosini oldini olishlari mumkin. Ular tashkiliy standartlarni qaysinisi o‘zgartirishsiz ishlatilishi, qaysilari o‘zgartilishi va qaysilari ishlatilmasligi haqida qaror qabul qilishlari kerak. Yangi standartlar mijoz hohishiga yoki loyiha talablariga mos tarzda yaratilishi kerak. Masalan oldingi loyihalarda ishlatilmagan formal talablari uchun standartlar yaratilishi mukin.
|
| |