|
Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
|
bet | 43/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)3.3. Sharx va tekshiruvlar
Sharx va tekshiruvlar loyiha sifatini tekshiruvchi SK amallaridur. Bunda dasturiy ta‘minot jarayonlarining rasmiylashtirilishi va xisobotlari hato va kamchiliklarini aniqlash uchun tekshiriladi va sifat standartlariga rioya qilingani ko‘riladi. 8 va 15 bobda aytilgandek sharx va tekshiruvlar dasturiy ta‘minot tekshirish va ratifikatsiyalash umumiy jarayonining yaqinidagi tekshirish dasturi sifatida ishlatiladi.
Sharx vaqtida bir guruh odam dasturiy ta‘minot va u bilan bog‘liq hujjatlarni tekshirib muammo va standartga tushmagan joylarni topadi. Sharx jamoasi tizim yoki loyiha sifati darajasi haqida axborot tayyorlaydi. Loyiha boshqaruvchilari bu baxolardan rejalashtirish qarorlarini qabul qilishda foydalanishi mumkin va jarayonni rivojlantirish uchun manba ajratishi mumkin.
Sifatrni sharxlash dasturiy ta‘minot yaratish vaqtida taqdim etilgan hujjatlarga asoslanadi. Shuningdek dasturiy ta‘minotga qo‘yilgan texnik talablar loyiha dizayni yoki kodi jarayon modellari, sinov rejalari, konfiguratsiyani boshqarish protseduralar, jarayon standartlari va foydalanuvchi yo‘riqnomasi ko‘rilishi mumkin. Sharx hujjatlar yoki kodningketma-ketligini va tugaganligini tekshirishi va sifat standartlariga rioya qilinganligiga amin bo‘lishi kerak.
Lekin sharxlar nafaqat standartga to‘g‘ri kelishini tekshiradilar ular shuningdek dasturiy ta‘minot yoki loyiha hujjatlaridagi mummo va kamchiliklarni aniqlash uchun yordam beradi. Sharx xulosalari sifatni boshqarish jarayonini qismi sifatida rasmiylashtirilishi shart. Ammolar aniqlangan bo‘lsa tekshiruvchilar izoxlarini dasturiy ta‘minot muallifi yoki hatolarni bartaraf etuvchilarga berish kerak.
Sharx va tekshiruvlarrning maqsadi jamoa a‘zolarini baxolash uchun emas balki dasturiy ta‘minot sifatini yaxshilashdur. Komponentlarni sinovdan o‘tkazishga nisbatan sharxlash hatolikni aniqlashni umumiyroq jarayonidur. Odamlar tomonidan qilingan hatolar ilojsiz butun dasturlash jamoasiga ko‘rsatiladi. Loyihani boshqaruvchilari jamoa a‘zolarini ko‘rib chiqishda alohida muammolarga etiborli bo‘lishlari kerak. Ular ish madaniyatini shunday rivojlantirishi kerakki hatolar topilganda aybini yuklamasdan uni bartaraf etishga yordam berish afzalroq hisoblanish kerak.
Sifat sharxi raxbaryatga dasturiy ta‘minot rivojlanishi haqida axborot bersa ham, sifat sharxlari rivojlantirishni boshqarish sharxi degani emas. 23 bobda aytganimdek rivojlanish sharxlari dasturiy ta‘minotning rejalashtirilgan jadval bo‘yicha ketishini taqqoslaydi. Ularning asosiy havotiri dasturiy ta‘minot vaqtida va byudjetdan chiqmagan holda yetkazilishidur. Rivojlantirish sharxlari tashqi omillarni inobatga oladi va bunda o‘zgargan sharoitlar yaratilayotgan dasturiy ta‘minot kerak emasligini yoki keskin o‘zgartirilishini bildiradi.
3.7- rasm. Dasturiy ta‘minotni qayta ko‘rish jarayoni
Yuqori sifatli dasturiy ta‘minot yaratilgan loyihalar biznesdagi o‘zgarishlar yoki operatsion muhitni deb bekor qilinishi mumkin.
|
| |