Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni




Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi332.31 Kb.
#57579
1   2   3   4   5
Bog'liq
bola-tarbiyasida-oila-maktab-va-mahalla-jamoalarining-tutgan-o-rni
Абдиева Машхура, Azamjon Akramov, Ota-onalar bilan hamkorlikni yo\'lga qo\'yishning pedagogik-psixol, Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta\'limni tashkil etish va rivojlantiri, 4-mavzu, @uqituvchiga hujjat 1-chorak hisoboti
Ota-onalarni birinchi vazifasi - umumiy qarorga kelish, bir-birini ishontirishdir, 
agar ota yoki ona biror-bir qarorni qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham 
hisobga olishi lozim.
Ota-onalarni ikkinchi vazifasi - bola ota-onalarini qarashlarida qarshilikni 
ko’rmasligi kerak, muammolarni alohida muhokama qilish zarur. Bola juda tez aytgan 
fikrlarni o’zlashtiradi va o’ziga xos holda ulardan foydalanadi. Ota-onalar qaror qabul 
qilishda birinchi o’ringa o’zlarini qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni 
о’ylashlari kerak va albatda kattalar va bolalar o’rtasidagi muloqotda quyidagilarga 
amal qilish lozim. 
1. Bolani qanday bo’lsa, shunday holda qabul qilish kerak.
2. Kattalar bolalar ko’zi bilan muammolarga qarashlari va ularni holatlarini 
qilishlari kerak. Ota-onalar farzandlarini, ularni hech narsaga (hunukligi, sho’xligi, 
epchil emasligiga) qaramasdan yaxshi ko’radilar. Bola qanday bo’lsa, shundayligicha 
qabul qilinadi. Agar bola ota-onalarni xohish va istaklariga mos bo’lsa ya’ni yaxshi 
o’qisa, a’lo xulqli bo’lsa, agarda bola ota-onalarni talabalariga javob bermasa, bunda 
bolalarni ota-onalar o’zlaridan uzoqlashtiradilar va ularni munosabatlari yomon 
tomonga o’zgara boradi. Bu esa sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bola ota-
onalariga ularni mehribonliklariga ishonmaydi. Ayrim oilalarda bola ota-ona 
tomonidan umuman qabul qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo’ladilar va uni 
o’zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin yaxshi tinch oilalarda 
ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari uchraydi (masalan: kutilmagan farzandni 
tug’ilishi, ona chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g’ashiga tegadi).
Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklarga ahamiyat qaratadigan 
bo’lsak ular turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning 
xaddan tashqari obro’ talabliklari, hukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir 
qadami nazorat ostiga olinsa, uning xulqidagi mustaqillik yo’qqa chiqariladi. Bolada 
o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo’qoladi. Ichki istak va intilishlar 
shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab turadi. 
Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana biri, bolalarning erka bo’lishi, 
ularga nisbatan biror talabning yo’qligi bilan bog’liq. Bu holda ota-onalar ba’zan 
bolalarning imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ularning ko’pgina ishlarini 
o’zlari bajarishadi. Natijada, bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan 
ishga. mas’uliyat hissi rivojlanmaydi. Bola o’z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha 
yetkaza olmaydi, erksiz bo’lib qoladi. Bolalarni oiladagi tarbiyasidagi xatolarning bir 
turi ona yoki ota, buvi, buva va boshqalar tomonidan tarbiyada yagona talabalarning 
yo’qligidir. Bunday oilalarda bolalar kattalarning qarama-qarshi fikrlariga 
moslashishga harakat qiladi. Bu esa bolada ikkiyuzlamachilik, xushomadgo’ylik va 
shu kabi salbiy xislatlaming shakllanishiga sabab bo’ladi. Oilada bola shaxsini 
shakllantirishda oila boshliqlari bilan bolalarning o’zaro yaxshi munosabati, xonadon 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
728


qarichlariga hurmat, e’tibor, oiladagi bolalarning o’zaro munosabatlari to’g’ri 
tarbiyalangani ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan 
to’g’ri tartib va yaxshi odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot hodisalargia 
to’g’ri munosabatda bo’lishlari muhimdir. Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga 
munosabati, o’zlarini tuta bilishlari muhimdir, oilada muomalaning barcha qoidalariga 
amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehribonlik, 
ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani 
hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi. Odatda, 
o’g’il bola otasiga, qizlar esa onasiga o’xshashga, ulardagi yaxshi xislatlami o’ziga 
singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham, bolani tarbiyalashga o’z hissalarini 
qo’shadilar. Ona g’amxo’r, mehribon, ko’ngilchan bo’lsa, ota - kuch qudrat, jasurlik, 
qattiqqo’llik, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg’ursa, ona - yurish-
turish, muomala, his tuyg’u, nafosat uchun tashvishlanadi. Ota ham ona ham bolaning 
aqliy, axloqiy jismoniy kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ularning birdan-bir 
maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Bola shaxsini shakllanishida sog’lom 
oilaviy muhit katta ahamiyatga egadir. Oilada ota-onalar o’rtasidagi o’zaro hurmat, 
ishonch va vafo-sadoqat bolalar quvnoq, xushchaqchaq o’sishIariga, normal 
tarbiyalanishlariga, xonadonda sog’lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Oila a’zolari hurmatini o’rniga qo’yishlari, bir-birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi 
munosabatda bo’lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko’tarinki ruh hukmron 
bo’lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Qaysi olida nohaqlik, qo’pollik, 
do’q po’pisa, asabiylik, hukmron ekan, unda halovat ham bo’lmaydi. Oiladagi 
arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta’sir qiladi, ularda yomon 
odatlar hosil bo’lishiga olib keladi. Bolalar ulg’aygach, ular ham qush uyasida 
ko’rganini qiladi qabilida ish tutishadi. Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, 
obro’larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo’q vaqtida bartaraf etishlari shart. 
Bola yomon yoki yaxshi xulqli, fe’l atvorli bo’lib tug’ilishmaydi. Uning o’sib borishi 
jarayonida oila muhiti, ota-onaning, kishilaming, atrof-muhitdagi munosabatlarning 
ta’siri hal qiluvchi rol o’ynaydi. Oiladagi totuvlik, hamjihatlik, bu o’zaro hurmat va 
yordam, shirinsuhanlik, mehnatsevarlik va to’g’rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi. [1] 
Odatda oilada ota-ona hamda farzand o’rtasida ham ayrim kelishmovchiliklar 
yuzaga kelib turadi. Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo’lib quyidagilar xizmat 
qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do’stlar tanlashdagi 
mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos 
kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo’ldoshi tanlashda mustaqillik uchun 
ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
729


3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo’yishi yoki or-nomusni yig’ishtirib qo’yib, 
buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o’rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-
yelpi hayot kechirishga o’rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo’yishi va hokazo.
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi 
natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida 
oiladan halovat yo’qoladi, o’rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik 
u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo’l ko’taradigan farzandlar, ota-onasini 
sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxsh- parastlar borligiga nima deysiz? Ba’zi ota-
onalar bolalarda 3, 6, 13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bo’lib o’tadigan krizislarni 
bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qo’shilmalar 
yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bo’lgan 
munosabatlarida ko’zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar «bolam nihoyatda 
qaysar, quloqsiz bo’lib qoldi», deb o’ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga 
qarshi o ‘zlaricha chora-tadbiriar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini 
tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi. [2] 
Xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay’at majlisi qarori 
billan “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyada belgilab 
bergan vazifalarni hal qilish uchun: Vazirlikning tashabbusi bilan Respublikamizdagi 
har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jamoatchilik maslahat 
kengashi” tuzilib, joylarda tarbiyasi og’ir, xulqi buzuqlikka moyil hamda daydib 
yurgan bolalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga va “Oila, mahalla, maktab” 
konsepsiyasini amalda joriy etishga e’tibor qaratildi. 
Shu jumladan maktab oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik 
qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishda, ijobiy hal etishda ota-onalar o’rtasida 
olib boriladigan tarbiyaga oid targ’ibotlarning roli benihoyadir. Chunki ota-onalar 
zamonaviy, ruhiy, ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirilmay turib, oilaviy 
tarbiyani yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Oilaviy-tarbiyaviy targ’ibotda eng yaxshi oilalar 
namunasida ta’sir ko’rsatish eng maqbul yo’ldir. Maktab mukammal tashkilot sifatida 
barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. O’z o’quvchilar 
jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo’naltira olgan, ularning 
ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo’lga kirita 
oladi. O’qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz bolalar barkamolligini ta’minlay 
olmaydi. Bu o’rinda tarbiyachining o’zini-o’zi tarbiyalashi lozimligini ham esdan 
chiqarmaslik kerak. O’ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda 
o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik 
qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo’yish uchun ma’naviy 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
730


huquqqa ega bo’ladi. Maktabni oila bilan bog’lovchi vosita bu o’qituvchidir. 
O’quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy 
faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish 
maqsadga muvoviqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta’minlovchi ota-onalar 
majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo’lib hal etish 
kabilarning rolini inkor etib bo’lmaydi. Jumladan, “Bolangiz qanday o’qishini 
bilasizmi?”, “Bolangizning odobi haqida suhbatlashaylik.”, “Mustaqil hayot 
bo’sag’asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarning o’z bolalari 
haqida, ularning kelajagi haqida qayg’urishlariga sabab bo’ladi. Maktabda 
o’qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng asosiysi, shu ma’lumotni o’quvchiga 
etkazib beruvchi o’qituvchi xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham 
bola dunyoqarashi shakllanishiga ta’sit etuvchi omildir. Bola insoniy xislatlar: ezgulik, 
odamiylik, yaxshilikni ham, yomonlikni ham, eng avvalo, oiladagi kattalarning, 
ustozlarining xatti-harakatidan o’rganadi. Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachi-
o’qituvchilar o’z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo’lishlari, ularning 
hayot yo’lida o’rnak ko’rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina ota-
onani, qolaversa o’z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-ko’yda o’zidan kichikni 
izzatlash, kattalarni hurmatlashni o’z o’rniga qo’yadigan, xulqparvar bo’lib voyaga 
yetishadi. Har bir tarbiyachi tarbiya san’atkori bo’lmog’i lozim. Bu bolalarni sevish 
san’atidir. Tarbiyasi og’ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, ularni 
jamoatchilik kengashlariga olib chiqish, foydali mehnatga jalb qilish, to’garaklarga 
qatnashtirish, hunarmandchilikka o’rgatishni ta’minlash, har bir tarbiyasi og’ir bolaga 
jamoatchilik faollarini biriktirish, vaqti-vaqti bilan ularning hisobotlarini tinglash 
lozim. Shu bilan birgalikda sinfda yoki sinfdan tashqarida har bitta o’qituvchi 
o’quvchilar bilan birgalikda jonli muloqot qilib, ijobiy muhitni yaratishi kerak bo’ladi. 
Bu o’z navbatida o’qituvchining kommunikativ qobiliyatiga kiradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro yaqin 
muloqotidan asosiy maqsad:
✓ salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
✓ o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish;
✓ o’quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o’z fikr mulohazalarini 
cho’chimasdan bayon qilib unga tayanishga o’rgatish;
✓ o’quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
✓ dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo 
qilish bo’lib hisoblanadi.
A.S.Makarenkoning fikricha, o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka 
asoslangan munosabat shaklida bo’lishi lozim. V.D.Suxomlinskiy o’qituvchining 
"…maktab hovlisida gapirgan har bir so’zi puxta o’ylangan, aql va mulohazalarga boy, 
ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak", - deb ta’kidlaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
731


O’qituvchining har bir so’zi olimning fikricha, nafaqat o’quvchi qulog’iga aytiladi, 
balki uning qalbiga ham qaratilgan bo’lishi shart. Umuman, ilg’or o’qituvchilarning 
fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorlik 
pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Pedagog va psixolog olimlarning ko’p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va 
ilmiy tajribalariga asoslangan holda o’qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini 
boshqarishida qo’llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:

Download 332.31 Kb.
1   2   3   4   5




Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni

Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish