Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni




Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi332.31 Kb.
#57579
1   2   3   4   5
Bog'liq
bola-tarbiyasida-oila-maktab-va-mahalla-jamoalarining-tutgan-o-rni
Абдиева Машхура, Azamjon Akramov, Ota-onalar bilan hamkorlikni yo\'lga qo\'yishning pedagogik-psixol, Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta\'limni tashkil etish va rivojlantiri, 4-mavzu, @uqituvchiga hujjat 1-chorak hisoboti
Giperaktiv sindrom, ayniqsa, erta maktab yoshidagi bolalarda ko’p kuzatiladi. 
Ota-onalar bolasining bebosh bo’lib qolganligi, bir joyda o’tira olmasligi, gapga quloq 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
734


solmasligi, qo’lidagi narsalarni hadeb tushirib yuborishi, sergapligi va uni hech 
tarbiyalab bo’lmayotganligidan shikoyat qilishadi. Ular aksariyat hollarda bu bolalarni 
psixologga ko’rsatmasdan qattiq tarbiyaning turli yo’llarini ishga solib «mayib» qilib 
qo’yishadi. Bolalar yashashni hayotdan o’rganadilar. Agar bola tanqid qilinaversa, 
nafratlanishga, adovatda yashasa, tajovuzkorlikka o’rganadi, masxara qilinsa, u 
indamas, odamovi bo’lib qoladi, hadeb tanqid qilinaversa, u o’zini gunohkor his qilib 
o’sadi. Agar sabr-toqat, xotiijamlik bilan o’stirilsa, u boshqalarni tushunishni, 
maqtalsa, u minnatdor bo’lmoqlikni o’rganadi. Agar bola vijdoniylik va halollikda 
ulg’aysa, u adolatli bo’lishni, xavfsizlikda yashasa hamda qo’llab- quvvatlansa, unda 
o’z kuchiga ishonch paydo bo’ladi va boshqa insonlarga ishonish lozimligini 
o’rganadi. Giperaktiv bolalarning aksariyati o’z tengqurlaridan zehni o’tkirligi bilan 
ajralib turadi. Shunday bo’lsa-da, ularning nutqi yaxshi bo’lmasligi, nozik harakatlar 
talab qiluvchi ishlarni bajarish yoki yangi mashg’ulotlarni o’zlashtirishda qiynalishlari 
mumkin. Ularning ba’zilari, umuman, rasm solishga no’noq bo’lsa, boshqa birlari 
(ayniqsa, chapaqaylari) juda kuchli rassom bo’lishadi. Yuqorida sanab o’tilgan 
simptomlarning 70 foizi aniqlangan bolalarga giperaktiv sindrom tashxisi qo’yiladi. 
Oila a’zolarining bunday bolalar bilan to’g’ri munosabatda bo’lishi juda katta 
ahamiyatga ega. Giperaktiv boladagi ortiqcha impulsiv harakatlarni pasaytirish va 
ularni bir maromga keltirish ota-onadan katta sabr-toqat talab qiladi. Ularning 
tarbiyasida bir tomondan keraksiz qattiqqo’llikni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha 
rahmdillikm kamaytirish kerak. Psixologlarning fikricha, «Giperaktiv sindromning asl 
sabablaridan yana biri «noto’g’ri tarbiyadir», deyishadi. Ular og’ir nevrologik va 
somatik kasalliklar bilan xastalangan, lekin giperaktiv sindrom aniqlanmagan bolalarni 
bunga misol qilib ko’rsatishadi. Demak, tibbiy tomondan sog’lom bo’lgan bolalarda 
ham giperaktiv sindromni ko’p kuzatish mumkin. Giperaktiv bolalarni davolashda ota-
onalar faol ishtirok etishlari va quyidagi maslahatlarga amal qilishlari zarur:
 birinchidan, ota-ona bolaning «yomon qilig’idan» so’ng jahliga erk bermasligi 
va uni urishib tashlamasligi kerak. Nima bo’lganini aniqlab, bolani qo’llab-quvvatlab, 
xatosini tushuntirib berishi lozim. Ba’zan bu shart ham emas, chunki biror narsaga 
intilgan bola xato qiladi. Shuning uchun ham uning intilishlarini rag’batlantirish kerak; 
ikkinchidan, ota-ona bolaga qattiq gapirmasligi, zarda qilmasligi va 
qo’rqitishlardan o’zini tiyishi, har qanday holatda ham uni kamsitmasligi kerak. 
«Yo’q», «Mumkin emas», «Hali mendan ko’rasan», «Bas qil» kabi iboralami ko’p 
qo’llamaslik kerak. Aks holda bolaga bu so’zlar ta’sir qilmay, uni о’jar qilib qo’yadi. 
Ba’zi hollarda bola depressiyaga tushib, gapirmay qo’yadi.
 uchinchidan, iloji boricha bolaga alohida xona qilib berish va uni turli narsalar 
bilan boyitish zarur. Bolaning xonasidagi narsalar yaltiroq va qizil rangda bo’lmagani 
ma’qul. Bolani uzoq davom etuvchi multfilmlar va kattalar ko’ruvchi kinofilmlardan 
asrash kerak. Televizor yonida uzoq o’tirish bolaning asabi va ruhiyatiga yomon ta’sir 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
735


ko’rsatadi. Giperaktiv sindromni aniqlash va davolash bo’yicha bir qancha 
neyropsixologik testlar mavjud. Bu sindromni davolashda turli dorilardan ham 
foydalaniladi. [5] 
Biz oila ma’naviyati haqida fikr yuritar ekanmiz, xulosa o’rnida uning ehtiyoj, 
manfaat va mafkuraviy jarayonlar bilan bog’liq yana bir jihatini, ya’ni tarbiya 
jarayonida yoshlar va o’smirlarning ruhiy ehtiyojlarini inobatga olishni ham 
unutmaslik kerak. Ayni mana shu ehtiyojlar tufayli ya’ni, oila, maktab va mahalla bilan 
birgalikda olib boriladigan ishlar samarasi ancha yuqori bo’ladi. Shundan kelib 
chiqgan holda har bitta sergak tarbiyachi o’smirlarning yosh xususiyatlaridan kelib 
chiqib unga to’g’ri ta’sir eta bilishi lozim. Umuman, ta’limning qaysi bosqichida 
bo’lmasin, tarbiyachi-o’qituvchi yuksak pedagogik, psixologik va metodik 
tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan holda, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olib 
ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etishlari, shu bilan birgalikda o’qituvchi 
o’quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal tashkil 
etish va ko’zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat 
talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o’rinli foydalanishi lozim. 

Download 332.31 Kb.
1   2   3   4   5




Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni

Download 332.31 Kb.
Pdf ko'rish