• Tayanch iboralar
  • -Mavzu: Qizlar ko‘ylagi taqilmasini ishlash va oxirgi ishlov berish




    Download 8,77 Mb.
    bet130/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    3-Mavzu: Qizlar ko‘ylagi taqilmasini ishlash va oxirgi ishlov berish

    Reja:


    1. Bog‘cha yoshidagi qiz bolalar ko‘ylagi andozalarini texnik shartlarga muvofiq gazlamaga joylashtirish va bichish;

    2. Bog‘cha yoshidagi qiz bolalar ko‘ylagini tikish ketma-ketligini tuzish.

    3. Ko‘ylak mayda bo‘laklariga ishlov berish

    Tayanch iboralar:


      1. Bulafka,beyka.dekatirovka ,detal, detallar joylashmasi, detallarni bichish.

    Tavsiya etilayotgan bog‘cha yoshidagi qizlar ko‘ylagi paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi,
    dazmol qilishda yuqori temperaturaga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalar bolalar kiyimlarini tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
    Bichishdan oldin paxta va ipak tolali gazlamalar namlanadi va quritiladi, lekin quritib yubormasdan, ipni bo‘y yo‘nalishda dazmollanadi. Bichilgan, tayyorlangan gazlamani stolga joylashtiriladi. Yakka tartibdagi kiyimlarni tikishda ko‘proq gazlamani buklab o‘ngi tarafini ichkariga qo‘yiladi. Andozalar bu holda yarim bo‘laklarni bajaradi. Gazlamani eni 60-70 sm bo‘lsa yoki qiyin rasmli bo‘lsa, gazlamani ochib joylashtiriladi. Bu holda andoza sifati bo‘laklar soniga to‘g‘ri kelishi kerak.
    Gazlamaga andozani joylaptirilganda ipni bo‘yi yo‘nalishiga va gazlamadagi rasmga ahamiyat berish kerak.
    Bo‘y yo‘nalishi andoza asosiy bo‘laklarida yo‘nalishni ipni bo‘yiga joylashtiriladi, chunki eniga bichilsa, bo‘laklar cho‘zilib ketadi. Hamma andoza bo‘laklarda «Bo‘ylama ip» deb belgilanadi, agar ziyi kesilgan bo‘lsa ip bo‘yi cho‘zilmaydi, shundan ip bo‘yi yo‘nalishini belgilaydi.
    Andozani gazlamaga joylashtirish yirik bo‘laklardan (ort bo‘lak, old bo‘lak, yeng yubka old va ort bo‘lagi). Barcha mayda andaza bo‘laklari yirik bo‘laklarning oralig‘iga joylanadi, bunda andazaning bo‘ylama ip yo‘nalishi gazlamaning bo‘ylama ip yo‘nalishi bilan mos tushishi kerak.
    Tayyor ko‘ylak bo‘laklarining andazasi gazlamaga to‘g‘nog‘ichlar yordamida qadaladi. Konturlari bo‘ylab o‘tkir charxlangan bo‘r, yoki quruq sovun bo‘lagi bilan chiziladi. Bunda avval uzun chiziqlar so‘ngra kalta to‘g‘ri va egri chiziqlar, burchaklar, belgilangan holda chiziladi. Chok uchun qo‘shimcha miqdori aniqlab olingach, ikkinchi borlama chiziqlar chiziladi. So‘ngra andazalar yechib olinadi. Gazlamani ikkinchi bo‘rlangan chiziq bo‘ylab kesiladi.



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Qizlar ko‘ylagi taqilmasini ishlash va oxirgi ishlov berish

    Download 8,77 Mb.