• O‘g‘ilbolalar sorochkasining yoqa turlari
  • Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




    Download 8,77 Mb.
    bet133/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Foydalanilganadabiyotlar:


    1. O‘quv qo‘llanma . Bolalar kiyimini tikish.

    2. G.Q.Qulijanova, S.S.Musayev Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi.

    3. O‘quv qo‘llanma. Tikuv va tikuv –trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv amaliyotlarining yo‘riqli texnologik xaritalari.



    5-Mavzu: O‘g‘il bolalar sarochkasi uchun model tanlash, modellash, andozasini tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish


    Reja. 1. O‘g‘ilbolalar sorochkasining yoqa turlari;
    2. O‘g‘ilbolalar sorochkasi texnik rasmi.
    O‘g‘ilbolalar sorochkasi uchun model tanlashda va konstruktsiyalashda gavda, qomat va figuraning xususiyatlari hisobga olinadi.
    Sorochka klassik, sport, romantik uslubda bo‘lishi mumkin. Bulardan tashqari sorochkalar kundalik, bayramona, uy uchun va harbiy turlarga bo‘linadi. T-42
    modulda sorochkaning boshqa belgilari (mavsum, gazlama turi, vazifasi,silueti) bo‘yicha turlarga bo‘linishi batafsil yoritilgan,


    O‘g‘ilbolalar sorochkasining yoqa turlari


    a-qirqma tik yoqali konstruktsiya; b-yaxlit bichilgan tik yoqali konstruktsiya; c-qaytarma yoqali konstruktsiya; d-tik yoqali konstruktsiya.


    a b c d

    Ort, old va yeng bo‘laklari asos konstruktsiya chizmasini chizish uchun hisoblar keltirilgan va chizmani chizish uchun ko‘rsatmalar berilgan.


    O‘g‘ilbolalar sorochkasi uchun yoqalar yaxlit bichilgan tik yoqali, qirqma tik yoqali, tik yoqa (stoyka), qaytarma konstruktsiyali bo‘lishi mumkin. (1-rasm).
    Yoqa o‘lchami, shakli va bezagi modelga bog‘liq. Bezak sifatida tasma, kant, tugma, krujevo va kashta qo‘llaniladi.
    Sorochka taqilmasi uning modelining asosiy belgisidan biridir. Taqilma yuqoridan pastgacha, ochiq holda bo‘yin o‘mizidan old bo‘lakning o‘rtasigacha yoki undan yuqoriroqda loyihalanishi mumkin. (2-rasm).
    Taqilmaga ishlov berish usuliga qarab qirqma va yaxlit plankada, old bo‘lak bilan yaxlit bichilgan va qirqma adipli, yashirin holda loyihalanishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan taqilma turi sorochka bortiga bo‘yin o‘mizidan etakkacha planka bilan ishlov berishdir. Adipli taqilma katta yoshdagi O‘g‘ilbolalar uchun mo‘ljallangan modellarda ko‘p uchraydi. Sorochka tugmasining o‘rni o‘ng old bo‘lakda, izma esa chap old bo‘lakda belgilanadi. Taqilma tugmaga, pistonga, ilgakka, bog‘ichga, «molniya» ga taqilishi mumkin.
    O‘g‘ilbolalar sorochkasini modellashda unifikatsiyalangan bo‘laklardan keng foydalaniladi. Katta bo‘laklar (old, ort, yeng, koketka) bilan birga mayda bo‘laklar ham unifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Bitta asos konstruktsiya asosida unifikatsiyalangan bo‘laklarni almashtirish vositasida bir necha modellarni qurish mumkin. Cho‘ntak, yoqa, qotirma bo‘laklari ham unifikatsiyalangandir.
    O‘g‘ilbolalar sorochkasi ip, zig‘ir, shoyi, jun, aralashgan tolali, sun’iy tola gazlamalardan tikiladi. Gazlama yemirilishga, yuvishga chidamli, kam
    g‘ijimlanuvchan, kirishmaydigan, rangi o‘chib ketmaydigan, havo o‘tkazuvchan, suv shimadigan bo‘lishi kerak.
    Gazlamaga bunday xossalarni berish uchun ularga sun’iy qorishmalar bilan ishlov beriladi, poliefir va poliamid tolalar bilan qo‘shib ishlab chiqariladi.
    O‘g‘ilbolalar sorochkasini modellash bosqichlari sorochka vazifasiga, uslubiy yechimiga (sport, klassik, romantik, milliy) bog‘liq: O‘g‘ilbolalar sorochkasini modellash namunalari ko‘rsatilgan.
    Rasmda O‘g‘ilbolalar sorochkasining namunaviy varianti ko‘rsatilgan. Bu sorochka kalta yengli, yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan, klassik uslubda bo‘lib, turli yosh guruhlaridagi (kichik, o‘rta, katta) O‘g‘ilbolalarga tavsiya etiladi.
    Sorochka taqilmasi plankada 6 tugma va izmali bo‘lib, yoqasi yaxlit tik qaytarma yoqali bo‘ladi.




    Download 8,77 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

    Download 8,77 Mb.