|
-Mavzu: O‘g‘il bolalar sarochkasi mayda bo‘laklariga ishlov berish
|
bet | 134/170 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 8,77 Mb. | | #159861 |
Bog'liq Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover 6-Mavzu: O‘g‘il bolalar sarochkasi mayda bo‘laklariga ishlov berish Reja: 1.Ikki qismdan iborat yoqaga ishlov berish.
2.Ustki yoqaga ishlov berish. 3.Yengning pastki qismiga ishlov berish. 4.Cho‘ntakka ishlov berish.
«Sorochka» andoza bo‘laklari bichib tayyorlangandan keyin, ko‘ylak mayda bo‘laklariga ishlov berish boshlanadi.
O‘g‘ilbolalar sorochkasi yozgi mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, yosh va o‘rta yoshli O‘g‘ilbolalarga tavsiya etiladi. Bu ko‘ylak paxta, shoyi, sun’iy, lavsan, polatnolar ishlatiladi. Ko‘ylakni yoqasi alohida yaxlit bichilgan bo‘lib, yoqa chetlariga bezak baxyaqator yurgaziladi. Ko‘ylakni old bo‘lak orqa qismi koketka bilan ishlangan. Old bo‘lak chap ko‘krak qismida yaxlit bichilgan qoplama cho‘ntak mavjud. Yeng uchi qirqimi, o‘zidan bukma manjet chiqarib tikiladi. Old bo‘lak taqilma qismiga 6 dona tugma qadalgan. Ko‘ylakni etak qismi qirqimi ichiga olib bukib tikilgan.
O‘g‘ilbolalarning «sorochka» sini tartib bilan tikishga kirishiladi. Avval taqilmasiga ishlov beriladi, so‘ngra mayda qismlari – yoqa, manjetlar, yeng
qirqimlari, yelka qirqimlari va yeng uchlariga ishlov beriladi. Yelka qirqimlari biriktirib, yoqa o‘tkazib tikiladi. Yengni yeng o‘mizining ochish va yopiq holatida ko‘klab o‘tkazish mumkin. Agar ochiq yeng o‘miziga yengni ko‘klab o‘tkazilsa yeng qirqimlari bilan ko‘ylak yon qirqimi bir vaqtda tikiladi. Yengni o‘mizga, yeng boshiga yengil burma bergan holda ko‘klab o‘tkaziladi va tikiladi. (Yeng o‘miziga nisbatan yeng 2-3 sm kengroq bo‘lishi kerak.). Agar yopiq yeng o‘miziga yeng o‘tkazilsa yengning biriktirma choki ko‘ylak yon qirqim choki bilan yonma-yon joylashtiriladi. O‘mizga yeng bilan o‘rab tikiladi (chok ko‘ylak ustida bo‘ladi). Yelka, yon qirqimlarini tikishda orqa bo‘lak bilan o‘rab tikiladi. Ko‘ylakni quyidagi tartibda dazmollanadi: yoqa, bukma manjetlar, yeng va ko‘ylakni qolgan joylari.
YOQA TIKISH
Yoqa o‘miziga ulanish usuliga qarab o‘tkazma va yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Yoqa tayyorlash ikki bosqichdan iborat bo‘ladi.
Yoqa tayyorlash.
Yoqani yoqa o‘miziga o‘tkazish.
O‘g‘ilbolalar va o‘g‘il bolalar ko‘ylagini ustki va ostki yoqasi orasiga qo‘shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo‘shimcha qatlamning chetlari yoqaning ag‘darma chokiga qo‘shib tikilishi kerak.
Qaytarma bilan ko‘tarmasi yaxlit bichilgan yoqa ag‘darma chok bilan tikilib olgandan keyin qo‘shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko‘tarmaga o‘tish chizig‘i bo‘ylab, yoqa uchlariga 3-4 sm yetmaydigan qilib yelim uqi qo‘yiladi. Ustki yoqa qo‘shimcha qatlam bilan birga yoqa o‘miziga o‘tkaziladi. Ostki yoqaning pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o‘tkazilgan chokni yopadigan qilib bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo‘lgandan keyin qaytarmaning ko‘tarmaga o‘tish chizig‘i bo‘ylab baxyaqator yurgiziladi.
Kiyimning yoqasi, bortlari, cho‘ntak qopqoqlari manjetlarini turg‘unlik berish uchun ularga yelim qoplangan xilma-xil qotirmalar ishlatiladi. Bunday qotirmalar kiyimni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan xlorli eritmalarga, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga chidamli bo‘ladi. Bu qotirmalar kiyim tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va berilgan dastlabki shaklni uzoq vaqt saqlay oladigan bo‘ladi.
KO‘YLAK QOPLAMA CHO‘NTAGIGA ISHLOV BERISH
Cho‘ntak uch turga bo‘linadi: qirqma, chokdagi va qoplama cho‘ntaklarga.
Ko‘ylaklar cho‘ntaglarida ko‘rinma bo‘ladi. Cho‘ntakning hamma bo‘laklari asosiy materialdan bichiladi. O‘g‘ilbolalar sorochkasidagi qoplama cho‘ntaklarni tikishda cho‘ntaklar bo‘laklarga birikma yoki quyma choklar bilan ulanadi.
Qoplama cho‘ntakni asosiy bo‘lakka kasetali yarim avtomatda bostirib tikish ham mumkin.
Oddiy qoplama cho‘ntak yon va past tomonlaridan qotirish uchun qo‘yim qoldirib bichiladi.
Qo‘yim eni cho‘ntak chetidan asosiy bo‘lakka tikish baxyaqatorigacha bo‘lgan masofaga 1-1,5 sm qo‘shib tikiladi.
Cho‘ntakni asosiy bo‘lakka tikish bezak baxyaqatori cho‘ntak chetidan 0,5 sm ichkaridan o‘tsa yon va pastki tomonlaridan qayirish uchun 0,5 (11,5) sm; ya’ni 1,5 – 2,0 sm qo‘yim qoldiriladi.
Cho‘ntakning yuqori chetidan qayirish uchun 4-5 sm qo‘yim qoldiriladi.
|
| |