Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




Download 8,77 Mb.
bet136/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

TAQILMAGA ISHLOV BERISH


O‘g‘ilbolalar sorochkalarining old qismida taqilmalar mavjuddir.


Adipi old bo‘lak bilan yaxlit bichilgan bortlarni tikishda, old bo‘laklar o‘rtasini belgilovchi chiziq yoki kertmalar qo‘yiladi. Yaxlit adipning ichki qirqimlari alohida qirqilgan adipdan tikiladi. Bort belgi chiziq bo‘yicha bukilib, yuqori va pastki bort burma choklari ag‘darma chok bilan tikiladi, chok haqqi qirqiladi va o‘ngi tomonga ag‘darib dazmollanadi.

Bortga adip qo‘yib tikishda adip uloqli bo‘lsa, oldin uning uloqlari 0,7 sm kenglikda biriktirma chok bilan ulab olinadi. Ko‘ylak yupqa gazlamadan tikiladigan bo‘lsa, adip uloqsiz bo‘ladi. Chok dazmollanadi. Adipning ichki qirqimi gazlama turiga qarab har xil tikilishi mumkin. Adipning ichki qirqimi maxsus ulagich moslama yordamida yopiq qirqimli qilib bukib tikilgan yoki maxsus mashinada yo‘rmalangan bo‘lishi mumkin. Adipga yelimli yoki yelimsiz qotirma qo‘yilishi mumkin. Bunda yelimli qotirma adipning ichki qirqimlariga 0,7-1,0 sm, bort qirqimlariga 0,5-0,6 sm yetmasligi kerak. Tayyorlangan adip bilan old bo‘lak o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi va adip qaytarmasi burchaklarida va izmalar orasida soliqi hosil qilib ko‘klanadi. Bort old bo‘lak tomondan, ag‘darma chok bilan yoqa o‘tkaziladigan joydan kertimgacha tikiladi, o‘ngiga ag‘dariladi va bortdan (0,1- 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi).


Ko‘ylakka cho‘ntak uning ko‘krak qismiga tikiladi. Cho‘ntak yuqori kesmasi tayyorlangandan so‘ng uning yon va quyi tomonlari maxsus presslarda dazmollanadi. Cho‘ntakning joyini rasmlarga mos qilib lekalo yordamida aniqlnadi. (rasmi yoki gulli gazlamalarda). Tayyorlangan cho‘ntak ko‘ylak ko‘krak qismining yuz tarafiga belgilangan joyga qo‘yiladi va 0,3-0,5 sm chetidan tikiladi. Chap cho‘ntak yoniga cho‘ntakning yuqori chetidan 3 sm pastda firma lentasi tikiladi. Cho‘ntak qo‘l solinadigan joylari to‘g‘ri burchak qilib yoki ikki qator yo‘l bilan tikiladi.


4






Download 8,77 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

Download 8,77 Mb.