|
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr
|
bet | 138/170 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 8,77 Mb. | | #159861 |
Bog'liq Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover 1-rasm.
A) yengni yeng o‘miziga o‘tkazish. B) sorochka yon choki va yeng osti qirqimini tikish.
Sorochka yon va yeng pastki qirqimlarini biriktirish. Xuddi yengni yeng o‘miziga o‘rnatilgandek bajariladi.
Sorochkalarni shim ichiga kirgizib yoki shim ustiga chiqarib yurish mumkin. Bu asosan sorochka konstruktsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘ylakni pastki qirqimiga qarab, ko‘ylak uslublari o‘zgarishi mumkin. Sport uslubidagi ko‘ylaklarning pastki ochiq qirqimini tashqariga chiqarish uchun rezinkada, ulama belbog‘da, yonga ochib yoki yon choklarini bo‘rtirib tikish mumkin.
Biz bu modulda sorochka shim ichiga kirgiziladigan bo‘lib, ko‘ylak etak qismini teskari tomoniga ikki bukib tikiladi. Chok boshi va oxiri puxtalanadi.
Bunda izmalar ochiladi, izmaga mostlab tugmalar qadaladi, sorochkani ortiqcha ip va bo‘rlardan tozalanadi va NII beriladi. NII berishda dazmol press va bug‘ maniken presslardan foydalaniladi. Tugmalar qadaladi va sorochka taxlanadi.
1 2
5
O‘g‘ilbolalar sorochkasining yig‘ilishi
1-yoqani yoqa o‘miziga o‘rnatish; 2-engni yeng o‘miziga o‘rnatish; 3-yon va yeng pastki qirqimlarini biriktirish; 4-sorochka etak qismiga ishlov berish;
5-izma ochish; 6-tugma qadash.
9-Mavzu: Tekshirish ishi O‘QUVCHILAR BILIMLARINI TEKSHIRISH SAVOLLARI.
1.Yoqani yoqa o‘miziga o‘rnatishda nimalarga e’tibor berish kerak? 2.Sorochka yengini o‘rnatishda, yengning pastki qismi qachon tikiladi? 3.Sorochka yon qirqimlarini qanday choklarda biriktirish mumkin?
Sport uslubidagi tikilgan sorochka pastki qirqimiga qanday ishlov berilishi mumkin?
Ochilgan izma tugma diametridan qancha katta bo‘lishi kerak? 6.Tugma qanday mashinada tikiladi?
Izma qanday mashinada ochiladi?
Oxirgi ishlov berish deganda nima tshunamiz?
4-ilova
|
| |