• KIRITMA VA KOKETKALARNI TIKISH
  • KO‘YLAKLAR CHO‘NTAKLARINI TIKISH
  • -rasm. O‘g‘ilbolalar sorochkasining umumiy ko‘rinishi




    Download 8,77 Mb.
    bet135/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    1-rasm. O‘g‘ilbolalar sorochkasining umumiy ko‘rinishi


    1-yoqaga ishlov berish; 2-cho‘ntakka ishlov berish; 3-eng uchiga ishlov berish

    7- MAVZU: O‘G‘ILBOLALAR SOROCHKASINING OLD VA ORQA BO‘LAKLARINI TAYYORLASH.


    Reja: 1.Orqa bo‘laklariga koketkani biriktirish.
    2.Old bo‘laklarga koketkani biriktirish. 3.Taqilmaga ishlov berish.
    4.Qoplama cho‘ntakni old bo‘lakka biriktirish.


    KIRITMA VA KOKETKALARNI TIKISH

    Kiyim old va ort bo‘laklarini bezash uchun turli koketkalar bo‘ladi. Ular to‘g‘ri, oval, murakkab shaklda bo‘ladi. Bu bo‘laklar asosiy bo‘laklarga biriktirma, quyma yoki bostirma chok bilan tikilishi mumkin. To‘g‘ri yoki oval shakldagi koketkalarni asosiy bo‘lakka bostirma chok bilan ulashda ularni o‘ngini ichkariga qaratib, qirqimlarni tekislab quyiladi 1,5 sm chok hosil qilib biriktirib tikiladi. Chok qirqimlari yo‘rmalanadi so‘ngra koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Modelga ko‘ra bezak baxyaqator bo‘lsa o‘ngi tomonidan yuritiladi. O‘g‘ilbolalar sorochkasi koketkalarni tikish ko‘p hollarda ichki chok bilan tikiladi.
    Koketkani asosiy bo‘lakka quyma chok bilan ulashda, koketka o‘ngi tomonidan bukish chizig‘ida, asosiy bo‘lakda esa koketkaning birlashtirish chizig‘i belgilanadi. Koketka belgi chiziq bo‘ylab bukib, maxsus andoza yordamida dazmollanadi. Tayyor koketka asosiy bo‘lak belgilangan chizig‘iga koketka ziyini to‘g‘rilab bostirib tikiladi.

    KO‘YLAKLAR CHO‘NTAKLARINI TIKISH


    Cho‘ntaklar uch turga qirqma, qoplama va chokdagi cho‘ntaklarga bo‘linadi. Ko‘ylak cho‘ntaklarida ko‘rinma bo‘lmaydi. Cho‘ntakning hamma bo‘laklari asosiy materialdan bichiladi. O‘g‘ilbolalar sorochkasidan ko‘ylagidagi qoplama cho‘ntaklarni tikishda cho‘ntaklar bo‘lakka biriktirma yoki quyma choklar bilan tikiladi. Qoplama cho‘ntak asosiy bo‘lakka ulanadi. Koketka bichiq bo‘laklari: ustki va ostki (koketka usuli to‘g‘ri) orqa koketka. Astar koketkani ulab tikish mumkin. 0,5 sm chokda va ulangan chokni yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Bundan tashqari koketka modelga muvofiq relefli, taxlamali, vitochkali va murakkab usulda bo‘lishi mumkin. Koketka orqa bo‘lakka bir necha usulda biriktirib tikilishi mumkin.



    1. Quyi koketkaning teskari tarafiga belning bir qismi yuz tarafidan yuqori qilib qo‘yiladi, yuqori koketkani esa yuz tarafi bilan pastga qo‘yiladi. Ushbu

    3 ta bo‘lakning kesilgan joylari to‘g‘rilanib 0,7 sm kenglikda tikiladi. Ko‘ylakning modeliga qarab belga tikilayotganda har xil burmalar qilish mumkin. Yuqori va quyi koketkalar dazmollanadi.

    1. Yuqoridagilar qaytariladi, lekin koketkalar belga tikilgandan keyin yuqori koketkaning tepa qismi bukiladi va koketkaning yuz tarafiga tikilgan joydan

    0,1-0,3 sm kenglikda qatorlar qo‘yiladi. So‘ngra pastki koketka yuqoriga bukiladi va koketkalar dazmollanadi.

    1. Yuqori va quyi koketkalarning chetlari 0,1 sm teskari tarafga bukiladi, belning qismi ular orasiga qo‘yiladi. Moslama yordamida yuqori koketka 0,1 sm kenglikda tikiladi va dazmollanadi.




    Download 8,77 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. O‘g‘ilbolalar sorochkasining umumiy ko‘rinishi

    Download 8,77 Mb.