• 8- MAVZU. O‘G‘ILBOLALAR SOROCHKASINING YIG‘ISH. IZMA OCHISH, TUGMA QADASH VA OXIRGI ISHLOV BERISH
  • Yoqani yoqa o‘miziga biriktirish
  • Yengni yeng o‘miziga o‘rnatish
  • O‘g‘ilbolalar sorochkasining old va orqa bo‘laklarini tayyorlash




    Download 8,77 Mb.
    bet137/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    O‘g‘ilbolalar sorochkasining old va orqa bo‘laklarini tayyorlash.


    1-orqa koketkaga ishlov berish; 2-old koketkaga ishlov berish; 3-taqilmaga ishlov berish; 4-cho‘ntakni biriktirib tikish.
    Foydalaniladigan adabiyotlar




    1. Truxanova A.T. «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari», T., 1980 y.

    2. Jabborova M.SH. «Tikuvchilik texnologiyasi», T., O‘zbekiston, 1994 y.

    3. Litvinova I.N., SHaxova Ya.A. «Ayollar ustki kiyimini tikish», Legpromizdat, 1987 y.

    4. Rasulova M.K. “Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent, 2006 y.

    5. Qulijonova G.K., S.S.Musaev “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi”. Toshkent 2002 y.



    8- MAVZU. O‘G‘ILBOLALAR SOROCHKASINING YIG‘ISH. IZMA OCHISH, TUGMA QADASH VA OXIRGI ISHLOV BERISH




    Reja: 1.Yoqani yoqa o‘miziga o‘rnatish. 2.Yengni yeng o‘miziga o‘rnatish. 3.Sorochka yon va etak qirqimlarini tikish.
    4.Petlya ochish, tugma qadash, oxirgi ishlov berish (NIIB)


    Yoqani yoqa o‘miziga biriktirish

    Ostki va ustki yoqa yaxlit bichilgan tik qaytarma yoqa, qaytarma yoqa, ostki va ustki qismi alohida bichilgan tik qaytarma yoqalarni, yoqa o‘miziga o‘rnatish bir xil bo‘ladi. Ya’ni avval ostki yoqa biriktiriladi, so‘ng ustki yoqa bostirib tikiladi.


    Ostki va ustki yoqa yaxlit bichilgan tik qaytarma yoqani yoqa o‘miziga o‘tkazishda, ostki yoqani asosiy bo‘lak o‘ngiga qaratib qo‘yiladi. Ostki yoqa qirqimini yoqa o‘miz qirqimiga to‘g‘rilab, kertiklarini (elka chokiga va ort bo‘lak o‘rtasiga) to‘g‘nog‘ichda to‘g‘nab so‘ng biriktirib tikiladi. Chok boshi va oxirida choklar puxtalanadi. Bunda yelka choklari old bo‘lakka, yoqa biriktirilgan chok esa, yoqa tomonga yo‘naltiriladi.

    Ustki yoqa biriktirilgan chokni 0,2 sm yopib, 0,1 sm chok bilan bostirib tikiladi. Yelka kertimlari yelka choklariga mos tushishiga e’tbor berish kerak. Chok boshi va oxirida chok puxtalanadi.




    Yengni yeng o‘miziga o‘rnatish

    O‘g‘ilbolalar ko‘ylagida yeng ochiq yeng o‘miziga o‘tkaziladi (ya’ni yon choklari va yeng pastki qirqimlari tikilmagan). Yeng o‘ngini yeng o‘miz qirqimi o‘ngiga qo‘yib, yengning yuqori qirqimini sorochka yeng o‘miz qirqimidan ortiqcharoq chiqarib qo‘yib biriktirib tikiladi. Bo‘laklarni ochib, ort va old bo‘lak tomonga yotqizib dazmollanadi va ichki chok bilan bostirib tikiladi.


    Sorochka o‘ngidan biriktirilgan chok ustidan bostirib tikiladi. Yeng o‘ngiga ag‘dariladi. Bu operatsiyani qo‘sh ignali maxsus mashinada, ichki chokni tikish uchun moslama yordamida ikki bo‘lakning qirqimlarini ichkariga bukib, bir yo‘la ikkita baxyaqator yuritib tikiladi.

    А) Б)



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘g‘ilbolalar sorochkasining old va orqa bo‘laklarini tayyorlash

    Download 8,77 Mb.