12-Mavzu: O’g’il bolalar shimi modellari
Reja :
1. Bolalarning oyoq tuzilishlari
2. Bolalar shimi uchun o’lchovlar
3. Shim modellari.
Tayanch iboralar:
oyoqlar,konstruksiya, sxema, shim, son chizig’I,o’tirish
balandligi
O’g’il bolalar shimini konstruksiyalashga oyoqlarning erkin suyaklari formasi ta'sir
etadi. Yasli yoshvdagi bolalarniig oyoqlari juda kalta bo’ladi, lekin bola katta bo’lgan sari
oyoqlari ham o’sib uzayaveradi; O’spirin bolalarning hamda tez o’osadigan
yoshdagi
(aktselerat) bolalarning oyoqlari tananing bo’yidan uzunroq bo’ladi.
O’g’il bolalar shimini chizish sxemasi xuddi erkaklar shimini chizish sxemasi kabi
bo’ladi. Shimning chizmasini chizish va hisoblash uchun quyidagi o’lchov
belgilari talab
qilinadi: Sk; Sbel. ; Sson; Bk. bez; Bbel. chiz. Dyon. bel.; Dpast ;TSk ; Vtiz ; G bel 1 ; G
bel 2; dold. or. k; d old. or. bel.
Shimlarning son chizig’iga ko’shiladigan konstruktiv haq 2 — 4 sm qilib qabul
qilingan (modelga bog’liq).
Shimning asosiy parametrlari chizma to’rida
belgilangan; bu tur esa gorizontal va
vertikal chiziqlardan tashkil topgan.
To’rning gorizontal chiziqlari quyidagi ma'noni anglatadi: T - bel chizig’i;
B-son
chizig’i; YA- dumba chizig’i; K -tizza chizig’i; N - pochaning uchi (pastki chizig’i).
Vertikal chiziqlar: TN — shim old yarmining tax chizig’i; T YA — o’tirish chizig’i
balandligini anglatadi.
Savollar.
1.
Gorizontal chiziqlar orqali qanday kattaliklar aniqlanadi?
2.
Vertikal chiziqlar orqali qanday kattaliklar aniqlanadi?
3.
O’tirish balandligi qaysi formula yordamida hisoblanadi?
4.
Pocha kengligi nimaga asosan olinadi?
5.
Qanday oyoq tuzilishlari bor?
6.
O’g’il bilalar shimi sxemasi qanday bo’ladi?