|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
|
bet | 19/31 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #106041 |
Bog'liq Majmua bolalarni makt tay 23- 24Fan/modul kodi
BMTM204
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
5
|
Kreditlar
2
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
|
30
|
30
|
60
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining vazifalari, maktabga tayyorlash faoliyati jarayonida bolalarda aqliy rivojlanishining o‘ziga xosligi, bolalarni maktabga tayyorlashga rahbarlik qilishning metod va usullarini o‘rganishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish haqida bilim berish.
Fanning asosiy vazifalari - yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatishdan iborat.
|
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining asosiy maqsadi. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining vazifalari. Bolalarni maktabga tayyorlash shakllari. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining tamoyillari.
2-mavzu. Maktabgacha talim talablari asоsida maktabgacha talim tashkilotlarida bоlani maktabga tayyorlash. Maktabgacha ta`lim tizimiga qo`yiladigan davlat talablari. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning o`ziga xos hususiyatlari.
3-mavzu. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarlik tushunchasi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligining o‘ziga xosligi. Ilk qadam tayanch o`quv dasturi. Bolani maktabga tayyorgarlik darajasini baholash.
4-mavzu. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagogik-psihologik muammolar va ularni yechimi.Bolalarni maktabga tayyorlashda oila bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar.
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Maktabgacha ta’lim talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash
2. Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi.
3. Bolalarni maktabga tayyorlashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotsining o‘rni.
4. Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
|
|
| |