Bolg‘alash shtamplari Yordamchi uskunalar Bolg’ani ishga tushirish




Download 0,8 Mb.
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi0,8 Mb.
#117192
  1   2
Bog'liq
Bolg‘alash shtamplari, asosiy va yordamchi uskunalar


Bolg‘alash shtamplari, asosiy va yordamchi uskunalar


Reja:

  1. Bolg‘alash shtamplari

  2. Yordamchi uskunalar

  3. Bolg’ani ishga tushirish




Metallarni erkin bolg„alash ishlari zagotovka massasiga ko„ra
bolg„alarda dinamik zarb bilan kattaroq tezlikda (6-7 m/s) olib borilsa,
presslarda esa statik zarb bilan kichikroq tezlikda (0,1-0,3 m/s) olib
boriladi.
Bolg„a va presslarning konstruksiyasi oddiy, ixcham va oson
rostlanadigan bo„lishi bilan boshqarish qulay bo„lmog„i kerak. Sanoatda
ko„proq tarqalgan bolg„alarga bug„-havo, pnevmatik, shabotsiz
shtamplash bolg„asi va boshqa kirsa, presslarga bug„-havo, krivoship,
friksion va boshqa presslar kiradi, ularning qaysi biridan foydalanish
olinuvchi buyum xarakteriga, zagotovka materialiga, massasiga va
boshqa ko„rsatkichlarga bog„liq. Masalan, po„latlardan mayda buyumlar
olishda pnevmatik bolg„alaridan, o„rtacha vazndagi buyumlarni olishda
bug„-havo bolg„alaridan, yirik buyumlar olishda gidravlik presslardan
foydalaniladi. Bolg„alar ko„pincha pastga harakatlanuvchi qismlar
massasiga ko„ra ajratiladi.
Agar zagotovka pastga tushuvchi qismlar massasi bilan zarb berilsa,
48
bunday bolg„alar “oddiy bolg„alar” deyiladi. Agar pastga tushuvchi
massasiga qo„shimcha bosim qo„shilsa, bunday bolg„alar “murakkab
bolg„alar” deyiladi. Har ikkala xil bolg„alarni zarb berish momentida
pastga tushuvchi qismlarida yig„ilgan kinetik energiya (Ek) quyidagi
qiymatga ega bo„ladi:
(12.1)

bu

yerda

m-bolg„aning

pastga

tushuvchi

qismlar

massasi,

kg;

v-bolg„aning zarb berish momentida chiziqli tezligi, m/s.






















Ma‟lumki, zagotovka zarblashda kinetik energiyaning bir qismi






















zagotovkani

deformatsiyalashga,

qolgan

qismi

asbobni

elastik







deformatsiyalashga, harakat qiluvchi detallarning ishqalanishiga va
shabotning tebranishiga sarflanadi.
12.1-rasmda siqilgan bug„-havoda ishlaydigan ikki stoykali bolg„a
sxemasi keltirilgan.
12.1-rasm. Ikki stoykali siqilgan bug‘-havoda ishlovchi bolg‘a
sxemasi: 1-richag; 2-tortqi; 3-zolotnik; 4-taqsimlovchi mexanizm;
5-silindrik; 6-porshen; 7-yo‘naltiruvchi; 8-shtok; 9-stoyka; 10-baba;
11-ustki bayok; 12-pastki bayok; 13-shabot

49
Bolg’ani ishga tushirish uchun richag 1 ni, u bilan bog„langan tortqi
2 yuqoriga yoki pastga o„tkaziladi. Bunda 0,7-0,9 MPa (7-9 atm)
bosimli siqilgan bug„ yoki havo taqsimlovchi mexanizm 4 orqali silindr
5 dagi porshen 6 tagiga yoki ustiga kiradi-da, porshenni va u bilan
bog„langan shtok 8, baba 10 va bayok 11 larni yuqoriga yoki pastga
yurgizadi.
Porshen pastga harakatlanganda u bilan bog„langan qismlar
massasiga siqilgan bug„ yoki havo bosimi qo„shilib, pastga
harakatlanuvchi qismlar harakati tezlanishi ortadi va shabotga
o„rnatilgan pastki bayok muxrasi ustidagi zagotovkani kattaroq kuch
bilan zarblaydi. Bu bolg„alarming pastga tushuvchi qismlar og„irligi 1
dan 8 tonnagacha bo„ladi. Ularda o„rtacha massali (20-350 kg) va ba‟zan
2 t gacha bo„lgan zagotovkalar ishlanadi.
Odatda mayda massali (20 kg gacha) buyumlar olishda pnevmatik
bolg„alardan foydalaniladi (12.2-rasm).




12.2-rasm. Pnevmatik bolg‘a sxemasi:a-umumiy ko‘rinishi; b-ishlash
sxemasi; 1-pedal; 2-shabot; 3-yostiqcha; 4- pastki bayok; 5-ustki bayok;
6,7-havo taqsimlovchi mexanizm; 8-ish silindri; 9-kompressor silindri;
10-reduktor; 11-elektr dvigatel; 12-ish silindr porsheni; 13-kompressor
porsheni; 14-krivoship shatun mexanizm; 15-baba
Rasmdagi sxemadan ko„rinadiki, ularning ish va kompressor silindri
bo„lib, ular havo taqsimlovchi mexanizm orqali o„zaro bog„langan.
Kompressor porsheni 13 ga ilgarilanma-qaytma harakat elektr dvigatel
50
11, reduktor 10 va krivoship-shatun mexanizmi orqali uzatiladi.
Porshen 13 pastga harakatlanganda uning tagidagi havo siqilib,
taqsimlovchi mexanizm 6 orqali va silindri porsheni 12 tagiga o„tib, uni
yuqoriga ko„taradi va aksincha, porshen 13 yuqoriga harakatlanganda
havoni siqib yuqoridagi taqsimlovchi mexanizm 7 orqali ish silindri
porsheni 12 ning yuqorisiga kirib, uni pastga harakatlantiradi. Bunda u
bilan bog„langan baba, bayok harakatlanib, pastki bayok ustidagi
zagotovkani zarblaydi. Zarur bo„lsa, bayokni havo taqsimlovchi
mexanizm yordamida ko„tarilgan yoki tushirilgan holda saqlashi
mumkin.

12.3-rasm. Erkin bolg‘alashda qo‘llaniladigan asboblar xili:
1-bayoklar; 2-qisqichlar; 3-belgilagichlar; 4- boltalar; 5- teshgichlar;
6-opravkalar; 7-kalibrlar

51
Bu bolg„alarning tushuvchi qismlarining massasi 50-1000 kg gacha
bo„lib, minutiga 95-250 marta zarb bera oladi.
Erkin bolg„alash bilan buyumlar olishda zagotovkalar bolg„a yoki
press yordamida universal asboblar bilan ko„plab, uzluksiz zarblab yoki
presslab ishlanadi. Bunda texnologik jarayon qator asosiy va yordamchi
operatsiyalarni, jumladan, cho„ktirish, cho„zish, teshish, bukish, kesish
va boshqalarni o„z ichiga oladi (12.3-rasm).
Bu texnologik operatsiyalarni bajarishda bolg„alash asboblaridan
foydalaniladi. Bolg„alash asboblari qo„llanilishiga ko„ra asosiy va
yordamchi asboblarga ajratiladi.
Asosiy asboblarda metall deformatsiyalanadi, kesiladi, yordamchi
asboblar esa zagotovkani tutib turish, surib berish, burish kabi ishlarni
bajaradi

.


13.1-rasm. O‘yib olish, o‘yishda ijro qiluvchi o‘lchamlarning
sxemasi
Shu sababli yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishdan qochish
uchun uskunaning - amaldagi o„lcham ularning orasida bo„lishi lozim
bo„lgan eng chekka o„lchamlari (eng katta va eng kichik) - tayyorlashga
ma‟lum bir yo„l qo„yilish bilan chegaralanishi lozim. Bu amaldagi
oraliqning eng katta va eng kichik yo„l qo„yiladigan kattaligini o„zida
taqdim qiladigan normal eng chekka oraliqni beradi.

Download 0,8 Mb.
  1   2




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolg‘alash shtamplari Yordamchi uskunalar Bolg’ani ishga tushirish

Download 0,8 Mb.