59
3.4. Tabiiy va sun’iy kauchuklar.
Kauchuklar tabiiy va sun’iy (sintetik) bo`ladi. Tabiiy kauchukni 40%
kauchuk tashkil etadigan gnieya daraxtidan olinadi. Kauchuk lateks ajralib chiqishi
uchun sirka yoki boshqa kam dissosiyali kislota bilan ishlov beriladi, buning
ta’sirida kauchuk bo`laklari cho`kindi hosil qilib, yengil ajraladi. Tabiiiy kauchuk
termoplast polimerlariga tegishli, 80
0
С gacha qizdirilganda egiluvchanligini
yo`qoladi. 120
0
С da smolali suyuqlikka aylanadi. 250
0
С
da gazsimon va suyuq
mahsulot bo`lib parchalanadi. Tabiiy kauchuk – (C
8
H
8
)
n
– molekulyar massasi
150000-500000 bo`lib, fazoviy to`zilishi stereoregulyar tuzilishga ega. Minus
70
0
С haroratda tabiiy kauchuk shishasimon massaga aylanadi va sinuvchan
bo`ladi. Tabiiy kauchuk suvda, spirtda,
asetonda erimaydi, lekin neft
mahsulotlarida eriydi.
Birinchi bo`lib akademik Lebedev dien uglevodorodlardan sun’iy kauchuk
olgan. Sun’iy kauchuk olish uchun dien uglevodorodlar (ya’ni molekulasida 2ta
qo`shbog` bo`lib, yoki etilen qatoridagi uglevodorodlardan xam ko`proq
to`yinmagan) ni polimerlab olinadi. Dien uglevodorodlarning umumiy formulasi
C
n
H
2n-2
. masalan butadien :
CH
2
=CH-CH=CH
2
Dien uglevodorodlar tarkibida qo`shbog` borligi uchun ular oson polimerlanadi.
Butadien natriy metali katolizatorligida polimerlanadi va polibutadien xosil
buladi:
СН
2
=СН-СН=СН
2
n
—(-CH
2
-CH=CH-CH
2
-)
n
Kauchuk molekulalari chiziqsimon strukturali bo`lsa xam uning bir to`g`ri
chiziqda joylashmagan,
balki juda bukilib, chigallashib va xatto bir-biriga o`ralib
qolib bog`langan bo`ladi. Molekulalarning bunday joylashishi makromolekuladagi
zvenolarning tabiiy xolda o`ralib to`planishiga va kauchukning elastiligi yuqori
bo`lishga imkon beradi.
60
Keyinchalik olimlar tabiy kauchuk xossalarini yaxshi o‘rganib, izoprenni
polimerlab sun’iy kauchuk olindi.
1938 yil Germaniya (Olmoniyada), 1942 yil AQSH da butadienstirol
kauchuklari ishlab chiqarish tashkil qilindi. 1972 yilga kelib, SK ni 30dan
ortiq
davlatlar ishlab chiqargan. Asosan neft gazlari va kreking gazlaridan sun’iy
kauchuk olinmoqda.
Olimlar stereogulyar tuzilishga ega bo‘lgan kauchukni olishni
ta’minlaydigan katalizator topdilar.
Hozirgi vaqtda sun’iy kauchuk sintez qilish yo‘li bilan neft gazlari va neftni
kayta ishlash maxsulotlari tarkibidagi uglevodorodlardan olinadi.
Kauchuk cho`zilganda molekulalar to`g`rilanadi va uzayadi, kuch
olingandan so`ng ichki issiklik harakati natijasida molekulalar ilgarigi o`ralgan
xolatga qaytadi. auchukning qovushqoqligi, tuzilma qismlarining makromolekulasi
issiqlik harakatida bo`ladi, bundan makromolekulaning uzun zanjirlari aylangan
spiral holatida bo`ladi.
Stereogulyar tuzulishga ega bo‘lgan butadien kauchuk (divinil
kauchuk)olinmokda. Bu kauchuk esa yedirilishga chidamligi jixatidan tabiiy
kauchukdan ustun ekan. Shinalarni protektorlarini tayyorlashda
katta axamiyatga
ega. Sun’iy kauchuk
sintezining yirik masshtabli zavodlarda ishlab chiqarilishini
birinchi bo`lib, rus akademigi S.A. Lebedev tomonidan ishlov berilgan, 1,3-
butadien metall natriyli polimerlashtirilgan, butadien etil spirtidan olingan,
sintez
natijasida natriy butadienli kauchuk olingan.
61
Lekin bu uslubda olingan sun’iy kauchuk mexanik mustaxkamligi jixatidan,
xam, barqarorligi jixatidan xam tabiiy kauchukdan yuqori tursa xam elastikligi
jixatidan undan keyin turadi.
Hozirgi kunda ishlatilayotgan sun’iy kauchuk mexanizmi mustaxkamligi,
kimyoviy barqarorligi, yemirilishga chidamligi, gaz va suv o`tkazmasligi,
issiqqa
chidamligi bilan tabiiy kauchukdan ustun turmoqda. Shu sababli, sun’iy
kauchukning dunyo miqyosida ishlab-chiqarilishi tez va jadal sur’atlarda
oshmoqda. Sun’iy kauchukni 200 ga yaqin turlari neft gazlari va kreking
gazlaridan sintez qilish yo`li bilan neft gazlari va neftni kayta ishlash maxsulotlari
tarkibidagi uglevodorodlardan olinadi. Sun’iy kauchuklarga natriy-butadienli SKB,
butadienstirolli SKS, izoprenli SKI (SKI3), butadien metilstirolli SMS, butadienli
SKD kiradi. Avvalo shinalarning tayyorlashda esa (juda ko`p deformasiyalanishi
tufayli) elastiklik xossa katta axamiyatga ega.
Sun’iy kauchukning quyidagi turlari mavjud: