54
gacha qizishi rezina mustahkamligini 2-3 barobar,
kord va rezina orasidagi
bog‘lanish mustahkamligini 1,5-2 barobar kamaytiradi. Juda past sovuq
haroratda(minus 40
C va undan past) oddiy rezinadan
tayyorlangan shinalar isib
ulgurmaganligi tufayli, avtomobil joyidan birdaniga qo‘zg‘atilganda va tashqi
turtki natijasida yorilib ketishi mumkish.
3.2. Rezina materiallariga qo`yiladigan talablar.
Rezina materiallariga quyidagi talablar qo`yiladi:
1. Rezina materiallarining – metallarga nisbatan zichligi kam bo`lishi
kerak;
2. Rezina materiallarining – elektr izolyasion xossalari yuqori bo`lishi
kerak;
3. Rezina materiallarining – shovqin va tebranishga
nisbatan bardoshli
bo`lishi kerak;
4. Rezina materiallarining – korroziyaga va tashqi muhit ta’siriga chidamli
bo`lishi kerak;
Avtomobil rezina buyumlari ichida pnevmatik shinalar qiyin sharoitda
ishlaydi. SHina sifatiga uning uzoq muddat chidamliligidan
tashqari boshqa
ko`rsatkichlarga ham ta’sir bermasligi, masalan: harakat havfsizligi va tezligi, yuk
ko`tarishi, yonilg`i sarfi, uzoq chidamliligi va ishlatishda tejamlili bo`lishi kerak.