Changlatish (chang purkash)




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Changlatish (chang purkash) Bu usul, metall yuzasi zanglashning oldini 
olish uchun ishlatiladi. Antifraksion tavsif hosil qilish uchun va asosan metalli 
detallar yuzasini friksion xolatini tiklaydi. Changlatish jarayoni quyidagilardan 
iborat: polimer kukuni qoplama hosil qilib, oldindan qizdirilgan buyum yuzasiga 
surkaladi, yoki sepiladi. Issiqlikning ta’sirida yig`ilgan maxsulotlar eriydi va 
mahsulot agar yupqa devorli bo`lsa, yetarlicha issiqlik to’play olmasa, jarayon 
pechkada tugatiladi.
 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Plastmassa va rezina materiallarning avtomobilsozlikda ishlatilishi qanday 
afzalliklari va kamchiliklari mavjud? 
2. Plastmassalar tarkibida uglevodarodlarning qanday sinflari bor? 
3. Nima uchun neft maxsulotlari tarkibida oltingugurtli birikmalar bo`lishi 
maqsadga muvofiq emas? 
4. Plastmassa olishning qaysi usullari mavjud? 


51 
 
 
 
3-BO‘LIM.
REZINA MATERIALLARI
 
 
3.1.Avtomobil konstruksiyasida rezina materiallarning tutgan o’rni.  
 
Avtomobilsozlikda 200ga yaqin detallar rezina materiallaridan (kamera, 
pokrishka, tasma, transporter lenta, shlanglar) tayyorlanadi. Zamonaviy yuk 
avtomobili 200 dan 500 gacha rezina detallariga ega, bu esa 500-800 kg og`irlikni 
tashkil etadi. Rezina materiallarining sifati avtomobil xarakatining ishonchligini 
va boshqa ekspluatasiya sifatlariga bog`liq. Avtomobil loyihasi rivojlanishi bilan 
uning ishlash sifati ortib boradi, uzoq vaqt chidamliligi, mustahkamligi, komforti 
va xavfsizligida rezina texnikasining qo`llanilishi avtomobil sohasida keng 
qo`llanib, uning soni va xillari ortmoqda. Rezina mahsulotlarining narxi 
avtomobilning umumiy bahosiga qaraganda 10-40% gacha tebranadi. 
Yuqori egiluvchanlik natijasida tebranishning yutish uslubi, zarb og`irligi, 
issiqlik o`tkazuvchanligi, yaxshi mexanik mustahkamligi va ishqalanib yeyilishga 
yuqori qarshilik ko`rsatishi, cho`ziluvchanligi, gaz va suvni o`tkazmasligi,
yengiligi va boshqa ijobiy xususiyatlarga ega bo`lganligi sababli - rezinadan 
avtomobil detallarini tayyorlashda asosiy material sifatida foydalanilmoqda.
Rezina materiallaridan avtomobilsozlikda– shlanglar, tasmalar, oziqlantirish, 
isitish, shamollatish, generator, kompressor, suv nasosi vtulkalari va boshqa 
detallarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Avtomobilsozlikda rezina materiallaridan 
foydalanishda avtomobilning ishlash xususiyatini oshiradi, xususan urilish va 
tebranishni kamaytiradi, shovqinni pasaytiradi, avtomobil kuzovi harakat tezligini 
ko`taradi va yurish komfortini yaxshilaydi. 
Avtomobil shinalari va rezina buyumlarini ishlab chiqarishda paxta pili, 
vizkoza
gazlamalari, kapron iplari, tabiiy va suniiy tolalar ishlatiladi. Avtomobil 
harakatida pnevmatik shinalar kuchli qiziydi va qoplamaning ichki qatlam ichida
harorat 170
0
C gacha boradi. Paxta ipli tolalar 120
0
C haroratda buziladi, bundan 


52 
tashqari namlangan paxta ipli tolalar chiriydi va quriganda yirtiladi, ya’ni mo‘rt 
holga keladi. Bu tolalarning cho‘zilish mustahkamliligi 25 – 35 kg/sm
2
atrofida 
bo‘ladi. Odatda ular rezina bilan yaxshi ilashishadi va monolit hosil qiladi.
Yuqori malekulyar birikmalardan olinadigan kapron tolalar chirimaydi, 
ishqalanishga chidamliligi hamda issiqbardoshligi yuqoridir. Kapron tolalarning 
avtotraktor shinalari ishlab chiqarishda qo‘llanilishi kauchuk sarfini 15% gacha 
kamaytiradi va shinalarning ishlash muddatini 30 40 % gacha oshiradi.
Pnevmatik shinalar va boshqa avtotraktorning rezina mahsulotlari ishlab 
chikarishda kapron tolalardan foydalaniladi, ammo kupincha kordli gazlamalar 
ishlatiladi. Shinalar avtomobillarni ekspluatatsion sifatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir ko‘rsatuvchi, ularni yumshoq yurish, tormozlanish tavsiflarini ta’minlovchi 
eng muhim va qimmat elementlardan biri hisoblanadi. 
Foydalaniladigan shinalarning tuzilishiga qarab, avtomobilning yonilg‘i sarfi 
sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Shinalarning texnik holati ko‘rsatkichlariga 
va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilmaslik, yonilg‘i sarfini 15% gacha va bu 
yo‘l-transport hodisalari ro‘y berishi ehtimolligini ikki barobarga oshiradi.
Shinaning asosiy elementi karkas hisoblanadi, uni kord matosidan (yigiruv, 
sun’iy tola, po‘lat sim, oynali tola va h.k.) tayyorlanadi. Karkasning qiymati shina 
qiymatining 60% ini, protektor esa 5-7% ini tashkil qiladi. 
Karkasning uzoq ishlash muddati protektornikiga nisbatan 2-3 barobar ortiq, 
shuning uchun protektor edirilganda, uning o‘rniga yangi protektor yopishtirib 
shinani qayta tiklash maqsadga muvofiq. Shinalar mo‘ljallangan vazifasiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘linadi: engil avto-mobillar va ularning tirkamalari uchun, 
engil yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk ko‘taruvchi avtomobillar uchun, 
mikroavtobuslar uchun, yuk avtomobillari va ularning tirkamalari uchun, 
avtobuslar va troleybuslar uchun. 
Protektor yuzasi chizgilari yo‘l uchun, hammabop va qishki bo‘lishi 
mumkin. Qishki turdagi protektorlar sirpanishga qarshi ignachalar bilan 
ta’minlanadi. Belgilangan sharoitga moslanmagan shina protektorlari chizgilarini 
qo‘llash avtomobilning harakat havfsizligini, shinaning ishlash muddatini 


53 
pasaytiradi, yonilg‘i sarfini oshiradi, avtomobil chiroyini buzadi. Protektorni 
tayyorlashdagi rezina aralashmasining tarkibi va uning chizgisi shinaning ishlash 
davrini aniqlab beradi.
Yengil avtomobillardan shinani yechib olishning asosiy sababi, uning 
protektorini 
chegaraviy 
qiymatgacha 
yedirilishidir. 
Yuk 
avtomobillarida 
ekspluatatsiyadan chiqarilgan shinalarning 60-70%i shikastlanishlar natijasida 
hisobdan chiqariladi.

Download 1,92 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish