48
harorati boshqacha bo'lishi bilan ham farq qiladi. Shuni ham eslatib o'tish kerakki,
viniplast quvurlaraing issiqlik o'tkazuvchanhgi po'lat quvurlarnikiga qaraganda
400 marta kam. Shuning uchun ham bunday quvurlaming tashqi devorlarida suv
tomchilari hosil bo'lmaydi.
Agar polietilendan olinadigan quvurlarni ekstruderdan chiqayotgan
qovushqoq-oquvchan holatda 200°C dan ortiq ushlab turish mumkin bo'lsa, PVX
dan olinadigan quvurlar uchun 170— 180°C dan ortmasligi kerak, chunki PVX
ning termik turg'unligi poli-etilenga nisbatan ancha past.
Polietilen va poliprolipendan quvurlar olishda (ayniqsa, tashqi vodoprovod
tarmoqlari uchun ishlatiladigan quvurlar) tarkibiga (granulaga) 2-2,5% miqdorida
yorug'lik stabilizatorlari - qurum qo'shiladi.