49
Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashtirilgan shnekli quyish
mashinalarida amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga har xil konstruksiyaga ega
bo'lgan maxsus quyish qoliplari o'rnatiladi.
Quyish mashinasining silindriga bunkerdan
granula holidagi polimer
tushadi. Silindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so'ngra
qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. Shneklar yordamida bosim tufayli
soplodan (konussimon naycha) o'tib, sovitilib turadigan qolipga keladi.
Qolip
ichidagi bo'shliqni to'ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytishi bilan
qolip ochilib, avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. Shundan so'ng
bosim ostida quyish sikli yana takrorlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini
uzlukli jarayon deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli bo'lib,
yuqori natijalari
bilan xarakterlanadi, chunki materiallar qolipdan tashqarida qizdiriladi. Bunda
quyilgan mahsulot eng yuqori va aniq o'lchamlarda olinadi.
Bu usul bilan olingan buyumlar qo'shimcha ishlov berishni talab qilmaydi.
Qolipdagi kataklar soniga qarab bir vaqtning o'zida
bir qancha buyum quyilishi
mumkin. Shuning uchun ham quyish mashinalarining ish unumdorligi juda yuqori
bo'ladi.
Bosim ostida quyish mashinasi asosan ikki qismdan iborat:
1) plastikatsiya mexanizmi;
2) shakl berish mexanizmi.
Birinchi qism materiallarni dozalash uchun, ikkinchi qism esa quyilish
shaklini barpo qilish uchun xizmat qiladi.
Quyish mashinasining asosiy klassifikatsiya parametrlarigauning quwati
yoki
yuboriladigan hajmi kiradi, hajm bitta quyilmaga ketadigan material sm3
birligida belgilanadi.
Eng ko'p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o'qi, material yuborish
qismi va qoliplar gorizontal holatda joylashgan bo'ladi.
Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
- suyuqlanmaning harorati (Ts);
-qolip harorati (Tц);
50
-quyish bosimi (Pq);
-qolipdagi bosim (Pq);
- buyumning shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (Tit),
sovitish vaqti (TSOv) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (Tqot).