• Yashil marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
  • Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich




    Download 2,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,61 Mb.
    #231482
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
    Bog'liq
    G‘anieva Madina

    № 
    Ana’naviy marketing
    Yashil marketing
    1.
    Iste’molchilarni har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham jalb 
    qilish
    Mahsulot-xizmat, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishi 
    kerak
    2.
    Atrof-muhit muammolarini rad etgan holda biznes firma 
    uchun ko‘proq foyda olish.
    Ishlab chiqarish, rag‘batlantirish, tovarlarni taqsimlashga 
    qaratilgan marketing strategiyalari atrof-muhitga 
    yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
    Yashil marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
    Yashil marketingning zamonaviy konsepsiyalarini ishlab chiqish uchun uning evalyutsiyasini tizimli tahlil 
    qilish maqsadga muvofiq. Marketing bo‘yicha Amerikalik professor Ken Peattie yashil marketing evalyutsiyasini 
    uch davrga bo‘lgan.
    1-davr.
    “Ekologik yashil marketing” (“Ecological green marketing”). Atrof-muhit muammolari bilan aloqador 
    bo‘lgan va ekologik muammolarni hal qilish chora-tadbirlarni qamrab olgan soha yashil marketing hisoblanadi. 
    Ekologik marketingni kelib chiqishi 60-yillar oxiri va 70-yillarning boshlarida yuzaga kelgan ijtimoiy va ekologik 
    muammolarga bog‘liq. Butun insoniyat qaram bo‘lgan cheklangan tabiiy resurslarni yirik savdo va xizmat 
    ko‘rsatish sanoat tarmog‘lari tomonidan nazoratsiz isrof qilingani “Ekologik yashil marketing” konsepsiyalarini 
    yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Ushbu bosqichda havoning ifloslanishi, neft zaxiralari iste’molini ortishi, neft 
    chiqindilari va sintetik pestidsidlarning ta’siri kabi ekologik muammolarni keltirib chiqaruvchilarni yashil mahsu
    -
    lotlarga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilgan 
    [9,10]
    .
    2-davr.
    “Atrof-muhit yashil marketingi” (“Environmental green marketing”). Atrof-muhitga ijobiy ta’siriga ega 
    eko mahsulotlar ishlab chiqarish va chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan yashil marketing 
    konsepsiyasidir. Yashil marketingning ushbu bosqichi 1980−1990-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bu davr yashil 
    marketing evolyutsiyasi uchun muhum hisoblanadi. Bu davrda sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar va ularning butun 
    dunyo bo‘ylab salbiy natijalari iste’molchilarni kelajak avlod uchun tabiatni saqlash haqida o‘ylashga undadi. 
    Jumladan, 1984-yilda bo‘lgan Bhopal falokati jahon tarixidagi eng katta kimyoviy falokat sifatida aniqlangan. 
    1986-yildagi Chernobil halokati, 1989-yilda Exxon Valdes tanker tomonidan neftning to‘kilishi va 1995-yilda 
    kuzatilgan ozon qatlamining yemirilishi, bularning barchasi iste’molchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari 
    va xatti-harakatlarida tub o‘zgarishlarga olib keldi 
    [11,12]
    .
    Ekologik yashil marketing bosqichi sotuvchilar uchun va marketingning o‘zi uchun ham muhim. Chunki 
    asosiy e’tibor nafaqat sanoat sohalari va ular tomonidan yetkazilgan zararga, balki uyda ishlatiladigan mah
    -
    sulotlarning (tozalovchi mahsulotlar, qog‘oz, kosmetika) atrof-muhitga ta’siriga ham qaratilishi lozim. Shuning 
    uchun, yashil marketingning ikkinchi bosqichi iste’molchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlar va ekologik toza mah
    -
    sulotlar bozorini kengaytirish uchun juda muhim bo‘lgan. 
    3-davr.
    “Barqaror yashil marketing” (“Sustainable Green marketing”). Barqaror yashil marketing 2000-yil
    -
    lardan keyin paydo bo‘lgan. Mazkur konsepsiyada tabiy resurslardan oqilona foydalanish tushunilinadi. 2000-
    yilda, Fuller birnchi bo‘lib “Barqaror yashil marketing” atamasini rejalashtirish jarayoni, amalga oshirish, nazorat 
    qilish va narxni belgilash sifatida aniqladi. Mahsulotlarni uchta mezon bo‘yicha taqsimlagan, bular: iste’mol
    -
    chilar ehtiyojlarini qondiruvchi, tashkilotning maqsadlariga erishuvchi va butun jarayonni atrof-muhitni asragan 
    holda rivojlantirаdigan vositalar 
    [13]
    .
    Mazkur konsepsiyalar yashil marketing strategiyalarini ishlab chiqish va strategik dastaklarni aniqlashda 
    muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu konsepsiyalar doirasida shakllangan marketing strategiyalari mijozlar 
    xulq-atvorini yashilikka va barqarorlikka o‘zgartirishga qaratilgan. 

    Muallif ishlanmasi


    919
    https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
    YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
    2024-yil, fevral.

    Download 2,61 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




    Download 2,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich

    Download 2,61 Mb.
    Pdf ko'rish