T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
916
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, fevral.
№
2-son.
YASHIL MARKETING:
TUSHUNCHASI,
MOHIYATI,
KELIB CHIQISHI,
MUAMMOLARI VA
ISTIQBOLLARI
G‘anieva Madina Bunyodali qizi
TDIU magistranti
Ziyayeva Muhtasar Mansurdjanovna
TDIU Marketing kafedrasi v. v. b. professori
Annotatsiуa:
Globallashgan davrda, iste’molchilarning ehtiyojlarini tobora ortib borayotgan xilma hil mahsulot va xizmatlar
bilan qondirish barobarida atrof-muhitni muhofaza qilish muhum hisoblanadi. Bundan tashqari, iste’molchilar ana’naviy
mahsulotlardan ko‘ra atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ekologik toza mahsulotlarga nisbatan xohish-istaklari o‘zgargan.
Shu sababli barqaror rivojlanishning universal maqsadi bo‘lgan yashil marketingning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu
ilmiy maqolada yashil marketingning tushunchasi, konsepsiyasi, evalyutsiyasi, duch keladigan muammolari va kelajak
istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
yashil marketing, barqarorlik, yashil marketing evalyutsiyasi, yashil marketing mikslari.
Abstraсt:
In the era of globalization, it is important to protect the environment while meeting the needs of consumers with
an increasing variety of products and services. In addition, consumers’ preferences for environmentally friendly products,
which do not harm the environment, have changed. Therefore, the importance of green marketing, which is a universal
goal of sustainable development, is increasing. This research paper examines the concept, concept, evaluation, chal
-
lenges and future prospects of green marketing.
Keу words:
green marketing, sustainability, green marketing evaluation, green marketing mix.
Аннотация:
В эпоху глобализации важно защищать окружающую среду, одновременно удовлетворяя потребности
потребителей с помощью растущего разнообразия продуктов и услуг. Кроме того, изменились предпочтения
потребителей в отношении экологически чистой продукции, не наносящей вреда окружающей среде. Поэтому
важность зеленого маркетинга, который является универсальной целью устойчивого развития, возрастает. В этом
исследовательском документе рассматриваются концепция, концепция, оценка, проблемы и будущие перспек
-
тивы зеленого маркетинга.
Ключевые слова:
зеленый маркетинг, устойчивость, оценка зеленого маркетинга, комплекс зеленого маркетинга.
K I R I S H
XX asrda turli ekologik muammolar, jumladan, dunyoning global isishi, tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foyda
-
lanish, havo ва suvning ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, ozon qatlamining yemirilishi va boshqa muam-
molar
avj olib borayotgan bir paytda, tadqiqotchilar va olimlar ushbu muammolarni bartaraf etish bilan bir
-
galikda iste’molchilarning talabini atrof-muhitga minimal tasiri orqali qondirish usullarini o‘rganishga ahamiyat
qaratilgan. Natijada 1980-yillar oxiri 1990-yillarning boshida “yashil” marketing, deb nomlangan yangi konsep
-
siya paydo bo‘lgan. Yashil marketing bu ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, uni rag‘batlantirish, ekologik
toza mahsulotlarni taqsimlash va asosiysi atrof-muhitni salbiy ekologik ta’sirlardan asrash kabi faoliyatlarni o‘z
ichiga oladi. Ana’naviy marketing ko‘proq foyda olishga qaratilgan bo‘lsа, yashil marketingda ijtimoiy yo‘nal
-
tirilganlik ustunlik qiladi. 21 asrga kelib iste’molchilarning eko mahsulotga bo‘lgan tushunchalari kengayib,
ana’naviy mahsulotlardan ko‘ra ko‘proq eko mahsulotlarga nisbatan talab darajasi oshib borishi kuzatilgan.
917
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, fevral.
№
2-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Yashil marketing iqlim o‘zgarishi muammosiga qarshi kurashish uchun amalga oshishi aniq bo‘lgan strate
-
giyaga aylanib borayotgani innovatsiya
[1]
. Barqaror taraqqiyot atamasi 21-asrda asosiy mavzu sifatida paydo
bo‘lishi bilan yashil marketing uzoq muddatda marketing strategiyasi va amaliyotiga ta’sir qilishda davom etishi
kutilmoqda
[2]
. Korporativ darajada kompaniyalar o‘z bozorlarini kengaytirish, bozor ulushini oshirish va dastlabki
muvaffaqiyatli yashil brendlarning ijobiy imidjidan foydalanish maqsadida global yashil marketing strategiyala
-
rini boshlashlamoqda. Shuningdek, global isish, iqlim o‘zgarishi va yashil iste’molchilik tendentsiyasi ekologi
-
yaga qiziqishni kuchaytirishi va yashil marketing amaliyotlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni
davom ettirishi nazarda tutilgan
[3]
. Bundan tashqari, yashil marketing konsepsiyasi yashil iqtisodiyotga o‘tishi
kutilayotgan megatrend bo‘lib, global iqtisodiy tizimlarning kelajakdagi ko‘rinishini o‘zgartirishi kutilmoqda
[4]
.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) yashil iqtisodiyotni iqtisodiy o‘sish va
ijtimoiy tenglikni yaxshilash, shu bilan birga, ekologik xavflarni sezilarli darajada kamaytiruvchi omil sifatida
aniqladi. Yashil iqtisodiyot yashil ish o‘rinlarini yaratish orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi va global iqti
-
sodiyotni ekologik muvozanatga yo‘naltirishi
rejalashtirilgan
[5]
. Umuman olganda, kelgusi o‘n yillikda yashil
marketing dolzarb bo‘lib qoladi.
M E T O D O L O G I YA
Ilmiy adabiyotlarda keltirib oʻtilgan holatlarni inobatga olgan holda, ushbu maqola yashil marketing tushun
-
chasiga boʻlgan ilmiy kategoriyalar va yondashuvchilar koʻrib chiqiladi. Yashil marketing evalyutsion rivojlanishini
zamonaviy marketing konsepsiyalari bilan uygʻun holda aks etganligini asoslanaidi. Evolyutsion bosqichlarni
nazarda tutgan holda yashil marketing strategiyalarini ishlab chiqish boʻyicha uslubiy yondashuvlar oʻrganiladi
va oʻziga xos jihatlari aniqlanadi. Soʻnggi bosqichda esa yashil marketing strategiyalaridan foydalanish boʻyicha
ilmiy takliflar beriladi.
Yashil marketing tushunchasini izohlash
Yashil
marketing strategiyalaridan
foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar berish
Yashil marketing evolyutsion rivojlanishini
tahlil qilish
Yashil marketing
strategiyalarini va uning
asosoiy yondashuvlarini aniqlash
Yashil marketingning sohasidagi umumiy
muammolarni aniqlash
Ilmiy
manbalarni
o‘rganish
Sharhlash,
taqqoslama
tahlillar
Natijalar
1-rasm:
Metodologik asos
1
TA H L I L VA N A T I J A L A R