|
№
2-son.
1- jadval:
Ana’naviy marketing va yashil marketing mikslari orasidagi farqlar
[15,16]
4:00 ТКBog'liq G‘anieva Madina №
2-son.
1- jadval:
Ana’naviy marketing va yashil marketing mikslari orasidagi farqlar
[15,16]
4:00 ТК
Ana’naviy marketing
Yashil marketing
Mahsulot
Mahsulot va uning xususiyatlari majmui
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish
uchun ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi.
Atrof-muhitga minimal zarar bilan ishlab chiqiladigan
mahsulot va uning xususiyatlari to‘plami iste’molchilarning
ehtiyojlarini qondirish uchun 3R konsepsiyasiga mos
keladi.
Narx
Narxlar mahsulot qiymatiga, Ana’naviy
mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq
xarajatlarga va iste’molchining belgilangan
narxni to‘lash qobiliyatiga asoslanadi.
Narxni aniqlash mahsulot qiymatiga, ekologik toza
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarga va
iste’molchilarning belgilangan narxni to‘lashga tayyorligiga
asoslanadi.
Joy
Mahsulot sotib olinsa bo‘ladigan joy
bo‘lishligi, instensiv taqsimlash yani
mahsulotni ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga uzatish.
Mahsulotni sotib olish mumkin bo‘lgan joy- mahsulot
ishlab chiqariladigan joyda ham, mahsulotni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazishda ham atrof-
muhitning ifloslanishini yo‘qligini ta’minlaydigan joy
bo‘lishligi.
Targ‘ib qilish
Iste’molchilarga mahsulot haqida habar
berishga, sotib olishni rag‘batlantiruvchi va
bozorda mahsulot imidjini shakillantirishka
qaratilgan aloqa vositalari.
Ekologik toza mahsulotlar haqida xabardorlikni oshiruvchi,
iste’molchi xhatti-harakatini atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishiga
va ekologik toza mahsulotlarni tanlashka targ‘ib qiluvchi va
taqdim etuvchi aloqa vositalari.
Yashil marketingdagi muammolar
Yashil marketing yangi tushuncha. Shuning sababli nafaqat O‘zbekiston balki dunyo bo‘yicha ko‘plab
iste’molchilarni eko mahsulot haqida batafsil tushunchaga ega emas. Yangi yashil tushunchalar odamlar
anglashi va farqlashi uchun vaqt va harakat talab qiladi.
Standartlashtirish uchun zarurat. Aniqlanishicha, eko kompaniyalar marketingining faqatgina 5% to‘liqligicha
to‘g‘ri va mahsulotning ekologik toza ekanligini isbotlovchi standartlashtirishning yetishmasligi mavjud. Hozirgi
vaqtda, mahsulotni organik mahsulot sifatida ko‘rsatuvchi sertifikatlar ishonchsizligi ham yashil marketingning
asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Agar nazorat qiluvchi organlar sertifikatlarni taqdim etishda mas’uliyatli
ishtirok etmasa, ishonchli vositalar bo‘lmaydi. Bunday markalash va litsenziyalash uchun standart sifat nazorati
kengashi mavjud bo‘lishi kerak
[17]
.
Xarajat omillari. Yashil marketing eko mahsulot va xizmatlarni, eko texnalogiyalarni, yashil energiyalarni
o‘z ichiga olibgina qolmay, tadqiqot va ishlanma dasturlarga ko‘p pul sarflashni talab qiladigan marketing hi -
soblanib, bu esa xarajatlarning oshishiga olib keladi.
Mijozlarni ko‘ndirish. Iste’molchilar kompaniyaning yashil marketing strategiysiga ishonmasliklari mumkin.
Shu sababli, kompaniya mijozlarni yashil mahsulotiga mijozlarni ishontirishi anglatishi uchun barcha mumkun
bo‘lgan choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi
[18]
.
Barqarorlik. Qayta tiklanadigan mahsulotlar va eko texnalogiyalar qimmat bo‘lib dastlabki yutuqlar minimal
bo‘lishi kuzatiladi. Yashil marketing faqatgina uzoq mudatda muvaffaqiyatli bo‘la oladi. Shuning uchun, biznes
kompaniya qisqa muddatli strategiya va qisqa muddatli axloqiy bo‘lmagan usullar oraqali foyda olishdan ko‘ra
uzoq muddatli halol foyda olish strategiyalarini rejalashtirishi va tayyorgarlik ko‘rishi kerak
[19]
.
|
| |