|
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish metodikasi reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinflarda ertak va masal janrini ifodali o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 4/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 280,66 Kb. | | #143543 |
Bog'liq Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini ifodali o\'qishga o\'rgatish metoERTAK O'TISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. Kumush qish.
O'quv materiali. Rangin qorlar (Olloyor).
Darsning maqsadi:
Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. Guruhlar taqdimoti.
Bunda har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko'rsatishi ham mumkin.
1-guruh - „Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u tosh, dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan o'rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.
2-guruh — „Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bolalar yaxmalakda chang'ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo'ladi.
3-guruh -,, Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-bosiman. Uzoq-uzoq o'lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg'irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman. Hammangizni yangi qutlug' yilingiz bilan tabriklayman.
4-guruh - „Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning bo'g'otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o'yin-kulgilarini tomosha qilaman. Borib bolalarga qo'shilib o'ynay olmaganimdan ko'zlarimdan chak-chak yoshim oqadi. Shu ko'z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo'laman.
5-guruh - „Qish": Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab berganman. 8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil
bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.
9-fevralda ulug' bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud kuni nishonlanadi.
O'qituvchi o'quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag'batlantiradi. Shu tarzda asarni o'qishga tayyorgarlik yakunlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish metodikasi reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinflarda ertak va masal janrini ifodali o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
|