O’qish qobiliyatini o’stirish, xato va kamchiliklarini ko’rsatish, dialog va monolog




Download 280,66 Kb.
bet8/8
Sana23.01.2024
Hajmi280,66 Kb.
#143543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini ifodali o\'qishga o\'rgatish meto

2.2 O’qish qobiliyatini o’stirish, xato va kamchiliklarini ko’rsatish, dialog va monolog.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari yuqori sinflardagi o’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardagi o’qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O’qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o’qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo’ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o’yinda bo’ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o’yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o’qish orqali amalga oshiriladi.
Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi.
Ifodali o’qish darslarda o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg’otadi.
O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor:
1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchi-
larni ifodali o’qishga o’rgatish;
2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.
2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.
3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin.
O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.
To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn
mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi.
Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.
Ifodali o’qish turlari quyidagilar:
1. Yakka o’qish.
2. Rollarga bo’lib o’qish.
3. Jo’r bo’lib o’qish.
1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a....
Kin-tuningga aylagali nur fosh,
Birsin oy angla, birisin quyosh.
(A. Navoiydan)
2. Rollarga bo’lib o’qish.
“Qish” X. Eshonqulov.
1-o’quvchi: Hovlida zag’cha,
Qanot qoqadi.
2-o’quvchi: Oppoq kiyimda,
O’rmonu tog’, yer.
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak
bo’ladi.
3. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak .
Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:
a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;

b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;


d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.
O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.
1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.
2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi.
Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar.
Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi.
She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.
O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.

Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.


Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar.
Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
Darsning maqsadi: O’tmishda yashab o’tgan vatandoshimiz shoh Mirzo Bobur shaxsi bilan tanishtirish, uning hayoti haqida ma’lumot betish. O’quvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular nutqini o’stirish va o’qish malakasini oshirish.

Xulosa
Zamonaviy pedagogikada o'qish nutq faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Nutq faoliyati esa faol, maqsadli, til tizimi vositachiligida va xabarni uzatish yoki qabul qilishdagi muloqot jarayonining holati bilan shartlanadi.
Demak, nutq harakatdagi, muloqotdagi tildir. Biz xabarlarni olganimizda, biz tinglaymiz yoki o'qiymiz; biz xabar yuborganimizda, biz gaplashamiz yoki yozamiz. Shunday qilib, nutq faoliyatining bir-biri bilan bog'liq bo'lgan to'rt turi mavjud: Tinglang va o'qing, gapiring va yozing.
Nutq faoliyati, demak, o'qish nutqning ma'lum tuzilishi, mazmuni va mexanizmlariga ega. Nutq faoliyati tarkibida uch daraja ajratiladi.
Birinchisi, motivatsion aloqa, motivlarning mavjudligi va harakat maqsadi. Yosh o'quvchida shunday motivlar bor - o'qishni o'rganish, kitobdan aniq narsani o'rganish, unda nima deyilganini tushunish, o'qishdan zavqlanish.
Ikkinchi daraja - yo'naltirish va tadqiqot, rejalashtirish darajasi, nutq faoliyatini ichki tashkil etish. O'qishda bu daraja matnga qarash, sarlavha, mavzuni aniqlash, aloqalarni o'rnatish va mazmunni bashorat qilish orqali amalga oshiriladi. Talaba matnning tuzilishini ko'rib chiqadi va voqealarni oldindan bilishga harakat qiladi.
Uchinchi daraja - etakchilik darajasi. Matnni o‘qish jarayonida o‘quvchilar matnga belgi qo‘yish, muhim fikrlarning tagiga chizish, voqea va personajlarga o‘zlarining shaxsiy munosabatini aniqlash kabi turli faoliyatlar orqali uning mazmunini tushunadilar. Tushunish matn bilan ishlash natijasidir.
Ifodali o‘qish badiiy asarni to‘g‘ri, mazmunli va (tegishli hollarda) emotsional o‘qishdir. Aynan o'qishning bu turi adabiy materialni o'zlashtirish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va matn materialini tushunish va tushunishga yordam beradi.
Ifodali o'qish tilning talaffuz madaniyati bilan bog'liq ma'lum bir minimal ko'nikmalarni rivojlantirishni talab qiladi. Bu minimumga quyidagi komponentlar kiradi: Ovoz ohangi, ovoz kuchi, tembr, nutq ritmi, nutq tezligi (tezlanish va sekinlashuv), nutqda pauzalar, to‘xtashlar, to‘xtashlar, melodik ohang (ko‘tarilish va pasayish), mantiqiy va sintagmatik urg‘u.
Intonatsiya, ifodali nutq va o'qishning barcha vositalari umumiy nutq texnikasi - diksiya, nafas olish, ortopedik to'g'ri talaffuz bilan quvvatlanadi. Ifodali o'qish uchun to'g'ri, aniq (jumlaning ma'nosiga to'liq mos ravishda) mantiqiy urg'u berish qobiliyati katta ahamiyatga ega.

Gap aniq va aniq ma'noga ega bo'lishi uchun so'zning boshqa bir qator so'zlardagi ahamiyatini ta'kidlash kerak. Gapning ma’nosi mantiqiy urg‘u qayerda qo‘yilganiga qarab o‘zgaradi. Bu fikrni o‘quvchilarga oddiy mashqlar orqali o‘rgatish muhim.


Jonli nutq va o‘qishda mantiqiy urg‘udan tashqari pauzalar ham muhim rol o‘ynaydi. Nutqdagi pauza - tovush oqimini alohida qismlarga bo'ladigan uzilish, ular ichida tovushlar doimiy ravishda bir-birini kuzatib boradi. Gapdagi pauzaning roli, ayniqsa, bir xil so‘zlarning bir xil tartibda, turli pauzalar bilan ajratilgan birikmasi turli ma’no kasb etganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Pauzalar ham badiiy, ham psixologik bo'lishi mumkin. Badiiy pauzalar - so'zlovchi o'ziga xos ma'no, alohida kuch bermoqchi bo'lgan so'z va gaplar oldidagi pauzalar. So'zning ma'nosi qanchalik katta bo'lsa, uning oldidagi pauza shunchalik uzoq davom etadi. Maqollar yordamida sun'iy pauzalar ustida ishlashda tilni qizdirish yaxshidir.
Psixologik pauza odatda matnda nuqtali chiziq bilan mos keladi, bu katta ruhiy hayajondan dalolat beradi. Bunday pauzalarga ko‘nikish turli badiiy asarlarni o‘qiganda yuzaga keladi. Ifodali o‘qishda intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. Intonatsiya til madaniyatining jihatlaridan biri bo‘lib, bayon, so‘roq va undov gaplarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Intonatsiya tili qurilmalari o'qish vazifasiga muvofiq tanlanadi. Intonatsiya - talaffuzning mazmuni va maqsadi bilan belgilanadigan og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi tovush elementlari to'plami. Intonatsiyaning asosiy tarkibiy qismlari - mantiqiy urg'u, mantiqiy va psixologik pauzalar, ovoz ohangining o'sishi va pasayishi, temp, tembr va hissiy rang. Ifodali o'qishni shakllantirish uchun talabalar ishni tahlil qilish jarayonida shakllangan ko'nikmalarni, shuningdek, intonatsion ifoda vositalaridan foydalanish ko'nikmalarini egallashlari kerak.
http://fayllar.org
Download 280,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 280,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qish qobiliyatini o’stirish, xato va kamchiliklarini ko’rsatish, dialog va monolog

Download 280,66 Kb.