harakatlarining sabablarini ochish; — allegoriyani aniqlash;
— masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o'qish darsining qurilishi quyidagicha ba'ladi: 1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o'qituvchi hikoyasi;
b) o'qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat;
d) o'qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat.
2. Masalni o'qituvchi o'qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film ko'rsatish ham mumkin).
3. Masal matni ustida ishlash:
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o'qish, reja tuzish va hokazo);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o'qish, so'z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish);
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash;
e) krossvordlar, ta'limiy o'yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmuni va g'oyasini o'zlashtirish.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan shunga o'xshash hodisalarga taqqoslash
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TO‘G‘RI O‘QISHGA O‘RGATISH
2.1 Boshlang'ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga tayyorlash .O‘qish matnini tahlil qilish o‘qish turlari; oqish sifati tog‘ri tez ifodali va tolaqonli o‘qitish texnikasi.
To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi.
Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.
Ifodali o’qish turlari quyidagilar:
1. Yakka o’qish.
2. Rollarga bo’lib o’qish
3. Jo’r bo’lib o’qish.
1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a....
Kin-tuningga aylagali nur fosh,
Birsin oy angla, birisin quyosh.
(A. Navoiydan)
2. Rollarga bo’lib o’qish.
“Qish” X. Eshonqulov.
1-o’quvchi: Hovlida zag’cha,
Qanot qoqadi.
2-o’quvchi: Oppoq kiyimda,
O’rmonu tog’, yer.
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisakbo’ladi.
3. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak .
Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:
a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;
b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.
O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.
1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.
2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi.
Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar.
Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi.
She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.
O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.
Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.
Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar.
Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi.
|