• Uyga vazifa
  • Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish




    Download 280,66 Kb.
    bet6/8
    Sana23.01.2024
    Hajmi280,66 Kb.
    #143543
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini ifodali o\'qishga o\'rgatish meto

    Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish. Bunda quyidagicha savollar beriladi:
    — Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi?
    — Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
    Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz? So'ngra o'quvchilarning umumiy ballari e'lon qilinadi.

    Uyga vazifa: ertak matnini ifodali qilib o'qishga, unga reja tuzib, shu reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
    1.2 Masalni ifodali o‘qish darsini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish
    Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o'simliklar dunyosiga ko'chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo'lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko'pincha masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida qissadan hissa-ibratli xulosa chiqariladi.

    Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she'riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta'rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.


    Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo'lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna boia oladi.
    „Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo'lgan. O'z ma'nosidan ko'chirilgan (majoziy) so'z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan „yashirincha" tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, „Ezop tili" deyilgan va shu ta'bir joriy qilingan".
    Mashhur masalnavis Gulxaniyning „Toshbaqa bilan Chayon", „Maymun bilan Najjor" masallari boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do'stlik, rostgo'ylik, qo'lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g'oyalar ilgari suriladi.
    Ma'lumki, tarbiya ko'proq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo'ladi va bu orqali o'quvchilar ma'naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do'stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo'ladi.
    Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo'pollik, qo'rslik, yolg'onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sinf ,,O'qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o'rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o'rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o'quvchi matndagie'tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o'qib o'tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan

    o'rinni, bo'shliqni to'ldiradi.


    3-sinf ,,O'qish kitobi"dan o'rin olgan „Qaysar buzoqcha" (O.Qo'ch-qorbekov) masali oilasi, o'rtoqlari, do'stlaridan ajralib, yomon yo'llarga kirib qolgan, oqibatda ko'ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

    Yaylovda bir buzoqcha Arazlabdi to‘dadan Ketib qolib uzoqqa, Adashibdi podadan.


    Yakka o‘zi o‘tlarkan, Borib yaylov to‘riga. Buzoq shunda to‘satdan,
    Duch kelibdi bo‘riga. Ma’rasa ham qancha u,
    Bilishmabdi do‘stlari. Maza qilib och bo‘ri, O‘yib yebdi ko‘zlarin.
    Bobolar bu haqda der: “Bo‘linganni bo‘ri yer”.
    Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya'ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo'linganni bo'ri yer" hikmatida o'z ifodasini topgan.
    Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
    Chumoli va Tipratikan" masali esa nasriy turga mansub bo'lib, unda Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o'rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo'lishidan qat'iy nazar, so'rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da'vat etiladi. Masalni o'qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o'zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o'rganadilar.
    Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo'ndaligi, soddaligi, o'tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta'sir qiladi. Bular o'quvchilar nutqini o'stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining hatti-harakatlari, fe'1-atvorlari, nutqiy o'ziga xosliklari o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qiladi.
    O‘quvchilar bu savollarga javob berish orqali matn mazmunini to‘liq o‘zlashtiradilar,
    xulosa chiqarishga o‘rganadilar.

    “O‘jar Toshbaqa” masalidaToshbaqaning injiqliklari Gapga kirmasligi, onasini ranjitishlari ifoda etilgan. Masalni o‘qishda quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilish mumkin:


    Masalda nima haqida gap boradi? Yosh toshbaqa nima deb janjal qildi?
    Nima uchun yosh toshbaqa onasidan uzr so‘radi?
    Masal mazmuniga mos qanday maqol va topishmoqlar bilasiz?
    Shuningdek, matndan ona nasihati berilgan o‘rinlarni topib o‘qittirish ham o‘quvchilarning matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga va masaldan to‘g‘ri xulosa chiqarishlarida yaxshi samara beradi. Uyga vazifa masal mazmuniga mos rasm chizish topshriladi.

    Bu masallarning qahramonlarining barchasi hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo'shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch keladi, ya'ni ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.


    „Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida jamiyatimiz a'zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z insonlar bo'lsa, tipratikan o'g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir.
    „O'jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o'jar, qaysar, o'z bilganidan qolmaydigan, ko'ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir.
    2-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan ,,O'roq va Kombayn" masalida o'roq va kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo'lib, birgalikda mehnatga bel bog'lashlari kabi g'oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidanaytiladigan texnika va ish qurollari haqidagi gap-so'zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi.
    Masalan, Kombayn O‘roqqa yaqinlashib:
    -Ha, O‘roq buva, nima bo‘ldi sizga?-dedi.
    -Hech narsa, shunchaki o‘zim, seni ko‘rib, avvalgi vaqtlar esimga tushdi. Mana shu yerdagi bug‘doyni necha kunlar davomida zo‘rg‘a o‘rardim. O‘raverib-o‘raverib qaddim yoydek bukilib ketgan,-deydi

    Ko‘rinadiki, o‘quvchi oddiy ish quroli o‘rnini texnika egallaganini his qiladi va shunday xulosaga keladi:


    Ahillik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.

    Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali o'qishga va uning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so'z bilan aytib berishga,


    ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
    Masalning allegorik mazmuniga to'xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o'xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlaraing xatti-harakati, o'zaro munosabatlari ba'zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko'proq she'riy tarzda bo'lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
    Masallarda yashiringan o'tkir kinoya, voqealarning tez-tez o'rin almashinib turishi uni bir maromda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qishga yetarli malaka hosil qilmagan o'quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
    Masai tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o'quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so'z bilan tasvirlash, ba'zilariga o'qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo'lib o'qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o'ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o'qishga tayyorla-nishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
    4-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan Sh. Sa'dullaning „Laqma it" masalida it markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo'roz, tovuq va kurkalar timsolini it birlashtirib turadi. Shuning o'ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi.
    So'ng o'quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so'z va iboralarni toptirib ayttiriladi. Shu tariqa o'quvchilar o'qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So'ng boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi. Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo'roz, tovuq, kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali amalga oshiriladi.

    Yozuvchi foydalangan til vositasida o'quvchilar qahramonlarga tavsif berishga o'iganadilar, ularning tili ham yangi so'zlar bilan boyiydi. O'quvchilarni tavsif berishga o'rgatish uchun o'qituvchining o'zi qahramonni xarakterlovchi so'z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi timsollarga xos bo'lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so'z, iboralar kiritib qo'yiladi. O'quvchi ular ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so'z va iboralar esa bolalar nutqiga ko'chadi.


    4-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan „Baqa bilan Taqa" (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o'ziga mos bo'lmagan, o'ziga to'g'ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o'z aytganidan qaytmaydigan, o'jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o'zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining „Taqani o'ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo'lasan... Sen taqa bilan yo'rg'alay olmaysan. Yo'rg'alashni ham otga chiqargan", „Sen borligingni bildirib yurmoq-chi bo'lsang, sayrab yuraver" deyishlariga quloq solmaydi. Bu o'jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho'kib ketadi. Yonidagi baqalar bo'lmaganda halok bo'lishi ham tayin edi. Kech bo'lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o'quvchini o'z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o'z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
    Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: — masal mazmunini aniq idrok etish;kompozilsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyat-larini, xatti-



    Download 280,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 280,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish

    Download 280,66 Kb.