|
Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam
|
bet | 1/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #250994 |
Bog'liq 3-MEZON BOSHLANGICH
--
BOSHLANG`ICH SINFDA TABIIY FANLARNI O’QITISHDA STEAM YONDASHUV
KIRISH
Ta`lim sifatini yangi bosqichga kо`tarish maqsadida 2018-yil 5-sentabrda О`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xalq ta`limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bо`yicha qо`shimcha chora-tadbirlar tо`g`risida‖gi PF-5538-son Farmoni qabul qilindi. Unda xalq ta`limi tizimini isloh qilishning asosiy yо`nalishlari sifatida:
1. Xalq ta`limi tizimiga ilg`or xorijiy tajribani, о`quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta`lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, о`quv va о`quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida qabul qilingan О`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi ―Xalq ta`limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tо`g`risida‖ gi № PP3931-son qarori bilan tasdiqlangan ―2018-2021 yillarda О`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi tizimini yanada takomillashtirish bо`yicha chora- tadbirlar dasturi‖ ning II bо`lim, 11-bandida: Umumiy о`rta ta`limning yangi davlat ta`lim standartlari va о`quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta`lim ishtirokchilari–pedagoglar, metodistlar, о`quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta`lim sifati yо`nalishida о`tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar xaqida ma`lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qо`llashi uchun malakalarga ega bо`lishlari zarur bо`ladi.
STEM / STEAM / STREAM yangi yondashuvlari rivojlangan davlatlarda keng qо`llanilib, jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda.
STEAM yondashuvi o`quv samaradorligiga qanday ta`sir qiladi? Uning asosiy g`oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya`ni, o`rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo`limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o`rganish tez o`zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o`rganish uchun ham miyani, ham qo`llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o`zlari
―uqib oladilar‖. STEAM ta`limi nafaqat o`qitish usuli, balki mantiqiy fikrlash ta`limidir.
Ta`lim berishni о`quv fanlari bо`yicha emas, balki ―mavzu‖lar bо`yicha integratsiyalab olib borish. STEM –ta`limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bо`lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog`liq kasblarga bо`lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
|
| |