Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam




Download 0,77 Mb.
bet2/8
Sana23.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#250994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MEZON BOSHLANGICH

TADQIQOT NATIJALARI
Boshlang`ich sinflarda ―Science‖ tabiiy fanlarni o`qitishda STEAM texnologiyasini qo`llasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o`rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o`z-o`zini namoyon qilish asoslarini o`rganishadi, o`z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta`minlaydi.
Shunday ekan, «Globus-Yerning kichraytirilgan shakli» mavzusini STEAM texnologiyasi asosida ishlab chiqamiz.
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o`quvchilar nazariy ma`lumotlar bilan tanishtiriladi.
Nazariy ma`lumot: Yer shari va uning ichki tuzilishi Yer sharining diametri – 12 800 km. Ekvatorning uzunligi, ya`ni Yer shari belbog`ining uzunligi 40 000 km ga teng.
T harfi texnologiyani bildiradi. Yadro, mantiya, Yer po`sti, globus, shimoliy qutb, janubiy qutb, ekvator haqidagi ma`lumotlar umumlashtirilib quyidagi savollarga javob topish topshiriladi:

  1. Yerning diametri va ekvatorining uzunligi qancha?

  2. Yer sharining ichki tuzilishini tushuntirib bering.

  3. Yer yadrosida harorat qancha?

  4. Globus nima, qanday maqsadda foydalaniladi?

  5. Beruniy globusi haqida nimalarni bilasiz?

E harfi muhandislikni bildiradi. O`quvchilarga qog`oz va loy, plastilindan yerning modelini yasash topshiriladi.
A harfi san`atni bildiradi. O`quvchilar berilgan ma`lumotlar asosida she`r, hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga globusning rasmini chizish topshiriladi.
M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o`qini, shimoliy va janubiy qutblarni hamda ekvatorni o`lchamlarini matematik nuqtai nazardan hisobkitob qilishlari zarur bo`ladi.
Yerning kichraytirilgan shakli globusni modellashtirish:
Kerakli jihozlar: Qaychi, rangli qalam, shar, bo`yoq, skoch, yelim, qog`oz, karton.
Sharni shishirib og`zini mahkamlab olamiz va uchini qayirib skochlab qo`yamiz, ustiga qog`oz parchalarini yopishtirib ustidan xaritani bo`laklab globusga yopishtirib chiqamiz va ustun uchun karton qog`ozdan foydalanamiz. O `quvchilarga yer haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi.
MUHOKAMA
STEAM -ta`limini joriy etishdan asosiy maqsad – o`quvchi yoshlarning qiziqishlarini maktab yoshidan erta aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yo`naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali ilmiy izlanuvchan, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalash.
STEAM o`quvchilarni ilhomlantiradi, o`quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib o`ynashadi.

Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam

Download 0,77 Mb.