• Boshlang‘ich ta’lim
  • Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam




    Download 0,77 Mb.
    bet8/8
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #250994
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3-MEZON BOSHLANGICH

    STEM atamasi ilk bor AQShda maktab
    dasturiga kiritilgan bo’lib, o’quvchilarning ilmiy texnika yo’nalishlarida kompitensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo’nalish kengaytirilib, atamaga qo’shimcha harflar kiritildi. Jumladan:
    ― R-robotic- robototexnikani qo’shib, STREM- deb yoki ―A‖-art –sa‘natni qo’shib, STEAM deb atala boshlandi.
    STEAM (S - fan, T - texnologiya, E - muhandislik, A - san’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
    Bugungi davr talabi dunyo ta‘limi oldiga katta vazifalarni qo’ymoqda, ya‘ni bolani kelajakda jamiyatda yashashga tayyorlashi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o’zgarayotgan, yangilanib borayotgan axborotlar bilan uyg’un holda faol ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi o’quvchi yoshlarda shakllantirish lozim. Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEAM ta’limi dasturining asosini tashkil etadi.
    STEAM ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, so’ngra ulardan amaliyotda qayta foydalanish, ya‘ni o’yinlarda konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo’llab, bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi.
    STEAM ta’limi o’quvchi yoshlarning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog’laydi. Ma‘lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog’liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo’llaniladi, muhandislik esa uylar, yo’llar, ko’priklar va mashina mexanizmlarda o’z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mag’ulotlarimiz ozmi-ko’pmi matematika fani bilan ham bog’langandir.
    STEAM ta’limi asosida yondashuv o’quvchi yoshlarga dunyoni tizimli ravishda o’rganishga, atrofda ro’y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada
    qilishga, ulardagi o’zaro aloqani anglab yetishga o’zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali o’quvchi yoshlarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o’zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, yechimini topishning algoritimini ishlab chiqishni, natijalarni tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik jihatlarini shakllantirishga olib keladi.
    Yuqoridagi aytib o’tilgan ma’ruzadan barcha metod birlashma a’zolari o’rtasida muhokama qilinib, o’zlariga tegishli fikr va xulosa chiqarib olishlari tushintirib o’tildi.
    Boshlang‘ich ta’lim
    metodbirlashmasi rahbari Mo’minova Sadoqat

    Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam

    Download 0,77 Mb.