Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam




Download 0,77 Mb.
bet5/8
Sana23.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#250994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MEZON BOSHLANGICH

Mo’minova Sadoqat
Toshkent viloyati Bo’ka tumani
12-son umumiy o’rta ta‘lim maktabining
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi










BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN


DARSLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA FANLARARO ALOQALARNING AHAMIYATI
MA’LUMOT
16 dekabr 2022 yil. Bo’ka tumani
Boshlang’ich ta‘limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo’g’in vazifasini o’qituvchining o’zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko’pgina boshlang’ich tushunchalarga o’rgatadi. O’z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang’ich ta‘limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko’rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi pog’onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang’ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko’rsatib beradilar: o’quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko’rinishini, qismlarining o’zaro bog’liqligini aks ettirish bilan to’ldirish mumkin. Juda muhim bo’lgan o’qish, yozish va sanoq ko’nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo’linib o’qitishni talab qiladiganga o’xshaydi. Lekin o’qish va matematikani o’qitishning an`anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o’qish fan sifatida o’z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo’yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o’z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko’nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Ta‘limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada,biolog,so’z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o’rnatish ta‘limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga tushunarli bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib,yaxshi shakllangan tuzilish va o’tkazish tartibiga ega bo’lgan,tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar,boshqa o’quv predmetlari bilan bog’liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, ―qish‖, ―sovuq‖, ―bo’ron‖ kabi tushunchalar o’qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san‘at darslarida ko’rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o’quv darslarida o’zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo’lishi bilan birga,yaxlit,mantiqan ketma-ket, o’ziga xos o’tishi metodikasiga ega bo’ladi.
Umumiy ta‘limning poydevorining qo’yadigan boshlang’ich maktabdagi ko’p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san‘at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo’lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o’rnatish psixologik va metodik asosiy bo’lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish lozim.Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o’rgatilishi va zarur o’qitishning vositalari bilan ta‘minlanishi kerak.


Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinfda tabiiy fanlarni o’qitishda steam

Download 0,77 Mb.