-mavzu: Fonetika va grafika asoslarini o‘rganish metodikasi




Download 81.56 Kb.
bet5/5
Sana22.10.2022
Hajmi81.56 Kb.
#27835
1   2   3   4   5
Bog'liq
BTOna tili o`qitish metodikasi
2. O\'zEYaT Ishchi dastur , Mutaxassislikka kirish ishchi dastur 9-sentabr, Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi, O2, Referendum, titul hisobot, obyektivka-namuna (2), 20 TA XOSMAS INTEGRAL (2), 1-mavzuga test OO`metodikasi, Kalendar reja - 2022-2023. J.Shahrizod (3), Maktabgacha pedagogika 2, 1-мавзу, dars jadvalla, Notiqlik va nutq mahorati to`garak ish reja
2-mavzu: Fonetika va grafika asoslarini o‘rganish metodikasi
Reja: 1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning ona tilini o‘zlashtirishida fonetika bo‘limining ahamiyati. 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. 3. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi. 4. Boshlang‘ich sinflarda bo‘g‘in ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: fonetika, unli va undosh tovoshlar, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, urg‘u. 1- Kichik yoshdagi o‘quvchilarning ona tilini o‘zlashtirishida fonetika bo‘limining ahamiyati. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaf- fuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; e) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zaair; d) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hozir va hoztr, alios va atlas so‘zlari manosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik- grafik ko‘nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni talaffuzga ko‘ra amcfliv farqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o‘zlashtiradilar, ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni, so‘zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bil- maydilar. I sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o‘zlashtirishga imkon beradi. I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. 2- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so‘zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so‘zning leksik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi. So‘zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o‘rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so‘zni tovush tomonidan tahlil qilishga o‘rganadilar, ya’ni so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. So‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o‘rgatishdan so‘ng ham so‘zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so‘zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko‘nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo‘linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o‘quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi: a)talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘idan erkin ravishda o‘tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi); b)ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi); d)bo‘g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi, undosh tovushlar bo‘g‘in hosil qilmaydi). O‘quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko‘nikmasini o‘stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar 4-sinfda davom ettiriladi va imumlashtiriladi, Tovushlarni o‘zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o‘zlashtirishga imkon berishi bilan birga, 0‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumiashtirishga o‘rganadilar. O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1 -sinf o‘quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: a)tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; b)harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz; d) harf — tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi. O‘quvchilar ko‘pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yo‘l qo‘yadilar. Ularda grafik rnalakani shakllantirish uchun quyidagilarni o‘rgatish zarur: 1)bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so‘zidagi b harfi p tovushini, maktabim so‘zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi); 2) jo‘ja, jajji so‘zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so‘zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi; 3) tong, keng so‘zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi; 4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). 3-Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi: O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko‘rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir - paqir, gul - kul, dil - til, zina - sina, joy - choy kabi so‘zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z,-s,j-ch, j-sh tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo‘yiladi: Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j,j, g‘. Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x. Jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar bilan ham o‘quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o‘quvchilar so‘z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ко‘I, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo‘y, kiyik kabi so‘zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va I, m, n, r, ng, у jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo‘qligini (jufti yo‘q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o‘xshash usulda o‘quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo‘qligini (jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko‘rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko‘rgazma ko‘rsatiladi): Jufti yo‘q jarangli undoshlar: I, m, n, r, ng, у Jufti yo‘q jarangsiz undoshlar: q, h Bolalar jufti yo‘q jarangli undosh tovush so‘zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so‘z oxirida kelganda, bunday moslik bo‘lmaydi, ya’ni ko‘pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so‘zlar o‘zbek tilida ko‘p bo‘lgani uchun I sinfdanoq o‘quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug‘iladi. Dasturga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari by a d jarangli undoshi so‘z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so‘zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O‘quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar: - Kitob so‘zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shutting uchun so‘zni tekshirish kerak. Shu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so‘z tanlayman: kitobi. Kitobi so‘zida b tovushi eshitil- yapti, shuning uchun kitob so‘zida b harfini yozaman. Bunday muhokama yuritish uchun o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari kerak: 1.Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 2.So‘z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so‘zlarni tekshirish kerakligini bilish. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan aimashmasligini bilish. 3.Undosh tovushdan so‘ng unli tovush kelgan so‘z tekshiruvchi so‘z bo‘la olishini bilish. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so‘zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi — kitob, maqsadi — maqsad, maqsadga). Shunday qilib, o‘quvchilar qanday so‘zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so‘zlar tekshiruvchi so‘z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur. O‘qituvchi qanday so‘zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo‘lgan so‘zlar ustida kuzatish o‘tkazadi: maktabim — maktab, tuzi - tuz kabi. O‘quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so‘zlarni va so‘zdagi jarangsiz undosh tovush o‘ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so‘zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so‘z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o‘quvchilar tekshiruvchi so‘zni tekshiriladigan so‘zdan doim oldin yozadilar: avlodi — avlod, kitobi — kitob. 4- Bo‘g‘in ustida ishlash: Bo‘g‘in murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiiadi. O‘quvchilar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushun- chani ular savod o‘rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so‘zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga bo‘ladilar. sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda bo‘g‘inlarga bo‘lish, shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muay- yan bo‘g‘inli so‘z tanlash mashqlari har darsda o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil qilish 1-sinfda o‘tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko‘nikmaga tayanadilar. O‘zbek grafikasida bo‘g‘in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni awal bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O‘quvchi quyidagicha muhokama yuritadi: ,,Vatan― so‘zida ikki bo‘g‘in bor. Birinchi bo‘g‘inga va ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo‘g‘inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O‘quvchi so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘indagi har bir tovushning o‘rnini, tartibini aniq ko‘z oldiga keltirib, bo‘g‘inlab aytish ko‘nikmasiga ega bo‘lsa, so‘zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o‘rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo‘g‘in ustida ishlashga so‘zni bo‘g‘inlab ko‘chirib yozish, bo‘g‘inlab diktovka bilan yozish (bo‘g‘inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasi o‘quvchilar uchun so‘zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish uchun zarur. O‘quvchilar „So‘zlar bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi― va „Bir harfdan iborat bo‘g‘inni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmaydi― degan asosiy bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini 1-sinfdayoq o‘rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so‘zlar misolida juda ko‘p mashqlar bilan mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko‘ngil, tongi kabi so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda qiynaladilar, chunki bu so‘zlarda bitta jarangli undosh tovush ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda bu ikki harf sing- Sim, ko‘ng-lim, tong-gi so‘zlaridagi kabi oldingi bo‘g‘inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so‘zlaridagi kabi keyingi bo‘g‘inga ko‘chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo‘lib bo‘lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so‘zlar misolida yanada ko‘proq mashq bilan o‘rgatish va mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so‘zlar misolida mustahkamlab boriladi. Dasturga ko‘ra, tutuq belgili {ma’no, sun’iy kabi) so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo‘g‘inda bo‘lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo‘g‘inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga o‘tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o‘quvchilarga 1-sinfdayoq o‘rgatiladi. Savol va topshiriqlar 1. Fonetika haqida nimlarni bilasiz? 2. Unli va undosh tovushlar haqida fikringiznui bildiring. 3. Jaranglar va jarangsiz undosh tovushlarni sharxlang. 4. Bug‘un urg‘u haqida fikringizni beldiring. 5. Boshlang‘ich talimda fonetikani o‘rganishdan maqsad nima? Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009. 2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1985. 3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005. 4. Talim taroqqiyoti. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti. Boshlangich ta’lim ona tili dasturi. -T.: Sharq, 1999.


3-mavzu: O‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik shartlari. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o’quvchilar o’zlashtirishidagi qiyinchiliklar Reja: 1. Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 2. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni. 3. Tilga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari. 4. Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishning metodik shartlari 5 Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar 6. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil o’tkazish tartibi: Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: morfema, o‘zak morfema, affiksal morfema, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, shakl yasovchi qo‘shimchalar, so‘zning morfemik tarkibi, so‘z yasalishi. 1-Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan ,,ot", „sifat", ,,son―, „fe’l―, „kishilik olmoshi'' tushunchalarini; siktaksisdan „gap", „ega", ,,kesim", „ikkinchi darajali bo‘lak'', „uyushiq bo‘lak", „undalma" kabi tushunchalarni; so‘z yasalishidan „o‘zak", „qo‘shimcha", „o‘zakdosh so‘z― kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o‘quvchilar aqliy faoliyatiiii to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o‘zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo‘lishini ko‘z oldiga aniq keltirishi lozim. Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi. Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialning o‘zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig‘indisini shakilantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniq- lashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o‘sganligiga bog‘liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko‘ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, fe’l o‘rganilganda o‘quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o‘qimoq, olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keiadi. Ko‘p fe’llarda bunday moslik bo‘lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o‘zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, о ‘ylamoq, sevmoq, o‘smoq, ko‘karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o‘rgana boshlagan o‘quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko‘proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasawur qiladilar. Shuning uchun fe’lni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so‘zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o‘rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o‘quvchilar tinch- lik, qahramonlik, qadam kabi so‘zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavhumlashtirish ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma'nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan barcha so‘zlar ,,ot― turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko‘plikda kelish), egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so‘zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi. 2- Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni: Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy o‘sishi bir-birini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o‘rnini asos qilib oladi. Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim belgilari umumlashtiriladi. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayonida o‘rganiladigan muhim belgilarni ajratish maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha uchun quyidagi ikki muhim beigi xarakterli: 1)so‘z o‘zgaituvchi qo‘shimcha — so‘zning o‘zgaradigan qismi; 2)so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi, Tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarda o‘qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko‘ra, shu sinf o‘quvchilarini tushunchaning qanday belgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik usul va vositalarni belgilab oladi. Til materialini analiz qilish jarayonida o‘rganiladigan tushunchaning muhim belgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi), so‘ng belgilar o‘rtasidagi bog‘lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o‘zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). O‘quvchilar o‘rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta’rifini aniq ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to‘rtinchi bosqichda o‘rganilgan kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so‘zni va gapni to‘g‘ri yozish uchun) o‘quvchilarda tushunchaga asoslanish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 3-Tilga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari Tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich — tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O‘quvchilar tahlil qilish va mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar. Ikkinchi bosqich - tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog‘lanishini aniqlash), atamani berish. O‘quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar. Uchinchi bosqich — tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog‘lanishni aniqlash. To‘rtinchi bosqich yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tadbiq etiladigan mashqlar ishlash, o‘rganilayotgan tushunchaning ilgari o‘zlashtirilgan tushunchalar bilan bog‘lanishini aniqlash. Ko‘rsatilgan bosqichlami ,,fe’l― grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida ko‘rib chiqaylik: Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim belgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko‘pgina tekshirishlar, agar o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o‘zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati samaradorligi ortishini ko‘rsatdi. Masalan, o‘quvchilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. Darsda o‘quvchilarni fe’ldan foydalanish va e’tibor bilan yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko‘rilgan film, shu darsda ko‘rsatilgan diafilmning biror qismi, o‘qilgan hikoya, rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kerakli so‘z (fe’l)ni jamoa bo‘lib topish imkonini beradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan, mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o‘zgarishlarni kuzatadilar. O‘qituvchi: — Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? O‘quvchilar: - Kunlar isiydi. O‘tlar ko‘karadi. Daraxtlar kurtak chiqaradi. Bodom gullaydi. Dastlab shaftoli, o‘riklar gullaydi. Olma keyinroq gullaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar. O‘qituvchi: — Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so‘zlardan foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizing (O‘quvchilar vazifani bajaradilar). Harakatni bildirgan so‘zlarga so‘roq bering va taqqoslang (O‘quvchilar nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so‘roqlarini beradilar). Endi darslikda fe’l haqida nima deyilganini o‘qing. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar qanday ataladi, ular qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiling (O‘quvchilar eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar). Gulladi, gullaydi fe’llari gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelgan? (Kesim.) Fe’l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting (umumlashtiring): Fe’l nima? (So‘z) Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini) Qaysi so‘roqlarga javob bo‘laai? (Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?) Qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi? (Kesim) Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o‘qing va unga javob bering. o‘quvchilar kitobdagi va qo‘shimcha mashqlarni ishiaydilar. Fe’ldan boshqa yana qanday so‘z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son, kishilik olmoshi) So‘zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So‘z turkumlari (ot, sifat, fe’l) bir-biridan qanday farqlanadi? (o‘quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar). o‘quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe’llarning tagiga chizadilar. Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to‘rt bosqichi qisqa shaklda o‘z aksini topgan. Biroq bu darsda o‘quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o‘zlashiirish uchun esa dasturda mavzuni o‘rganishga ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o‘rganish jarayonida „Ғе’l tuslunchasi chuqurlashadi va kengayadi, o‘quvchilar fe’lning yangi belgilarini o‘rganadilar (fe’llarda bo‘lishli va bo‘lishsizlik, ularning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, fe’l zaraonlari). o‘quvchilarda fe’llarni shaxsson, zamon, bo‘lishsizlik qo‘shimchalari bilan o‘zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos fe’l shakllaridan nutqda to‘g‘ri fodalanish konikmasi shakllantiriladi. Tushunchani shakllantirish jarayonida so‘zning leksik ma’nosi, Uning gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan birga kelgandagi ma’nosi asta-sekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og‘zaki va yozma nutqda so‘zni uslubiy to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasi orta boradi. Buning uchun o‘quvchilar so‘zning ko‘p ma’noliligi, o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi, sinonim va antonim so‘zlar bilan elementar tanishtiriladi. O‘rganilgan grammatik belgilarm amalga keng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa maqsadida bevosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o‘quvchilarda mavhumlashtirishni va so‘zlar uchun xarakterli bo‘lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o‘stirish zarur, shuningdek, ular so‘zning leksik ma’nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular o‘quvchilarning nutqini o‘stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o‘quvchilar nutqda so‘zlardan amaliy foydalanishga, so‘zning leksik ma’nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o‘tadilar, so‘zning leksik va grammatik ma’nolari bir-biriga ta’sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so‘zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi. 4- Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishning metodik shartlari Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishning metodik shartlari quyidagilardan iborat: I. O‘quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish. Bilimni o‘zlashtirishning natijasi ma’lum darajada o‘qitish metodlariga bog‘liqdir. Bayon metodi asosan o‘quvchilarning eslab qolishiga mo‘ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bermaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar (L.V. Zankov, Yu.N. Babanskiy, V. P. Strezikozin va boshq.) ning maxsus tekshirishlari ko‘rsatishicha, izlanish metodlari (boshlang‘ich sinflarda qisman izlanish metodi) ko‘proq samarali hisoblanadi. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o‘qituvchi bergan vazifa va uni jamoa bo‘lib bajarish vaqtida yaratiladi. Izlanish vaziyati o‘quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o‘quvchilarni so‘z yasovchi qo£shimchalar bilan tanishtirishda o‘qituvchi xattaxtaga gul — gulchi, g‘alla — g‘allakor, traktor — traktorchi kabi so‘zlarni ikki ustun tarzida yozadi. O‘quvchilarga „Ikki ustun shaklida yozilgan so‘zlarni kuzating, ma’nolaridagi farqini o‘ylab ko‘ring, shu so‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping― topshirig‘i beriladi. Birgalikda o‘tkazilgan muhokamadan so‘ng o‘quvchilar qu- yidagicha xulosaga keladilar: Gul so‘zi o‘simlikning bir turini, gulchi esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma’nosini bildiradi; g‘alla — o‘simlik, g‘allakor — g‘alla yetishtiruvchi kishi; traktor so‘zi qishloq xo‘jalik mashinasini. Trak torchi esa traktorda ishlovchi kishi rna’nosini bildiradi. So‘zning -chi, -kor qismi ikki so‘zning ma’nosini farqlashga xizmat qiladi; -chi. -kor alohida kelganda ma’no anglatmaydi, bular qo‘shimcha; so‘zga qo‘shilganda ishlovchi, shug‘ullanuvchi kishi ma’nosini anglatyapti, ya’ni yangi ma’noli so‘z hosil bo‘lyapti; demak, -chi, -kor so‘z yasov- chi qo‘shimcha. Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish murnkin. Masalan, o‘qituvchi „Hayvonlarga qo‘yilgan nomning bosh hatf bilan yozilishi― mavzusini tushuntirish uchun o‘quvchilarga „Kim qanday uy hayvoniarini boqadi? Ularga o‘zingiz nom qo‘yganmisiz? Qanday nom qo‘ygansiz?― kabi savollarni beradi. O‘quvchilar tartib bilan o‘zlari boqayotgan hayvonlari va unga qo‘ygan nomlarini aytadilar (mushuk — Mosh, kuchuk-Olapar, sigir — Targ‘il, ot — Lochin kabi); o‘qituvchi ikki ustun shaklida xattaxtaga yozib boradi. O‘qituvchi: „Ikki ustun shaklida yozilgan so‘zlarni o‘qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? lsbotlang― topshirig‘ini beradi. Bu savol-topshiriqlar xarakteri bolalarni o‘yiashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so‘zlar kichik harf bilan, ikkinchi ustundagilar esa katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning bilimlari yetishmaydi. Shunday qilib, muammoli vaziyat yaratiladi. O‘quvchilar yangi materialni o‘rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng muhim jihat muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o‘zaro taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Suhbat-muhokama jarayonida muammoni o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari hal qilishlari yoki o‘qituvchi tomonidan hal qilinishi ham mumkin. Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni taiab qiladi. II. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustida maqsadga yo‘naltirilgan ishlar. 0‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, mavhum tafakkurni o‘stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda grammatik tomonining bir-biriga ta’sirini anglashni bildiradi. O‘quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo‘lgan so‘z, morf'ema, so‘z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘ziashtiradilar. So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o‘rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda morfemaning o‘rnini tushunish; so‘zni grammatik tahlil qilish va shu so‘zning muayyan so‘z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bog‘liqligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab o‘sib boradi. Lingvistik munosabat o‘quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, 2-sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmalarini topadilar, ammo u so‘z birikmasidagi so‘zlar o‘zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog‘langanini tushuntira olmaydilar. 4-sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmasini topadilar va so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar (kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari) yoki ohang yordamida bog‘langanini tushuntiradilar, ya’ni bog‘lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko‘rsatadilar. Bu so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish mohiyatini elementar darajada tushunish bo‘lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish turlari, bosh va ergash so‘zning xususiyatlarini) tushunadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarda so‘zga, so‘z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim jarayonida maqsadga muvofiq o‘stirib boradi, xususan, o‘rganiladigan kategoriyani o‘quvchi tushunib olishiga g‘amxo‘rlik qiladi. III. Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani o‘zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishiga poydevor bo‘ladi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko‘proq tatbiq etishga imkon beradi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtira olmaydilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo‘llari quyidagilar: 1. So‘zga beriladigan morfologik so‘roqlar va ularning grammatik belgilari (kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsani bildiradi birlik va ko‘plikda qo‘llanadi egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning belgisini bildiradi o‘zgarmaydi; necha?, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi asosan, o‘zgarmaydi; nima qildi? nima qilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z predmet harakatini bildiradi bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi, shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi, o‘tgan, hozirgi va kelasi zamondan birini ko‘rsatadi). 2. So‘z turkumi — gap bo‘lagi bo‘ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak, sifat — ikkinchi darajali boiak, son — asosan, ikkinchi darajali bo‘lak, fe’l — kesirn vazifasida keladi). 3. Bosh kelishikdagi ot — ega, boshqa kelishiklardagi otlar — ikkinchi darajali bo‘lak bo‘ladi. 4. Kishilik olmoshlari fe’llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe’l men yoki biz olmoshiari bilan qo‘llansa, I shaxs, sen yoki siz olmoshiari bilan qo‘llansa, 1I shaxs ifodalanadi). 5. Umumiy o‘zak va o‘zakdosh so‘zlarning ma’nosidagi umumiylik (o‘zakmng umumiyiigi o‘zakdosh so‘zlarning ma’nosidagi o‘xshashlikka sabab bo‘ladi). So‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi (so‘zning morfemik tarkibi o‘zgarsa, ko‘proq uning leksik ma’nosi o‘zgaradi: gul — gulchi, guldon, gulla kabi). IV. Ayrim til kategoriyalari bog‘lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o‘rganish jarayonida ochiladi, shuningdek, bir yoki bir necha til kategoriyasi o‘rganilgandan keyin oydinlashadi. Masalan, so‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi so‘zning ma’noli qismlarini o‘rganish jarayonida biryo‘la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfemaning rolini boshqacha yo‘l bilan tushuntirib bo‘lmaydi; o‘qituvchi so‘z tarkibini o‘zgartiradi va shu bilan bog‘liq holda so‘z ma’nosining o‘zgarishini ko‘rsatadi, bu o‘zgarish so‘zning qaysi qismi (so‘z yasovchi qo‘shimcha) hisobiga hosil bo‘lganini tushuntiradi: ishchi — ishla — ishchan; paxtakor — paxtazor. Fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshiari o‘rganilgandan so‘ng, fe’lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsni ko‘rsatishi bilan bog‘lab o‘rganiladi, Maktabda grammatik materialni o‘rganish amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgani va, birinchi navbatda, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o‘quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so‘zlarni yozish, gap tuzish, so‘zni tahlil qilishda foydalanishga o‘rgatish ham muhimdir. O‘qituvchi tilni o‘rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga suyanadi va til kategoriyalarining bogliqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo‘naltiradi. Bilim komponentlari o‘rtasidagi boglanishni aniqlash bilimni tajribaga, o‘quvchilarning yozma vf og‘zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi. Ona tilini o‘rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o‘rganishda yangi o‘rganiladigan materialning ilgari o‘rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog‘lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko‘zda tutadi. O‘qituvchi bu bog‘lanishning mohiyatini metodik jihatdan ko‘z oldiga aniq keltirishi zarur. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o‘rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala ko‘proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshiari fe’ldan oldin o‘rganiladi, bu fe’lning shaxssonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog‘lab o‘rganish imkonini beradi. O‘qituvchi yangi o‘rganiladigan materialni ilgari o‘rganilganlar bilan bog‘laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Masalan, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalami o‘rganishda ular so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan taqqoslanadi (so‘z yasovchi qo‘shimcha yangi so‘z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha so‘zning shaklini o‘zgartirish uchun, ya’ni gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi). V.Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko‘rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang‘ich bosqichida ko‘rgazmalilikdan o‘rganiladigan hodisaning belgilarini nutqda aniq ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko‘rgazmali vositalarning o‘ziga xos xususiyati o‘rganiladigan obyekt hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi, gap, gap bo‘lagi va boshqalarga mos bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o‘zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so‘z va gaplarda o‘rganilayotgan hodisa aniq va lo‘nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu ichki ko‘rgazmalilik o‘quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o‘rganilayotgan hodisani biror tomondan o‘xshashi bo‘lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganishda tarkibida bir necha o‘zakdosh so‘z bo‘lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o‘quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg‘or ishchi. Rahimning o‘zi — ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o‘zakdosh so‘z bo‘lib, ularning ikki muhirn belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o‘xshashlik)ni hisobga olgan holda, o‘zakdosh so‘zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida o‘zakdosh so‘zni shu so‘zlarning bir shakli bo‘lgan so‘z (gullarni) bilan taqqoslab, o‘zakdosh so‘zlar bilan so‘z shakli o‘rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo‘ladilar. Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o‘zi o‘quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko‘rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapning uyushiq bo‘laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg‘ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalami quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. — Bahorda biz qaldirg‘ochlarni, maynalami, chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo‘laklari jihatidan tahlil qilinadi; o‘quvchilar uchala gapda takrorlangan so‘zlami aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o‘rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o‘quvchilar ko‘rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo‘lak bog‘lanishi va ular bir xil so‘roqqa (nimalarni?) javob bo‘lishi mumkin; bir bo‘lakka qarashli va bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan bunday so‘zlar gapning uyushiq bo ‘laklari deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda foydalanilgan ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko‘rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan. Darsda foydalanish uchun ko‘rgazma material tanlashda o‘qituvchi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bir ko‘rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so‘zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakl- lantirishda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun O‘qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O‘quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o‘z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Butabiiy. O‘qituvchi „Predmetni tasvirlashda siz qaysi so‘zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?― kabi savollar berib, bolalar diqqatini o‘rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o‘rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O‘quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko‘rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o‘quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o‘tadilar. Tushunchani shakllantirish uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko‘rgazmalardan ko‘proq tushuncha belgilari ajratilgandan so‘ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Shunday qilib, grammatik tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, biiimlaming tizimliligi, o‘quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. 5-Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qollashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi. Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan. Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo‘ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi: 1)morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi); 2)sintaktik mashqlar. Agar o‘quvchiIar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‘linadi. Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo‘laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‘ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko‘ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo‘llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‘yish, qaysi kelishik ekanini ko‘rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqd'n. O‘quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlashi uchun u bog‘langan so‘z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so‘z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko‘ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi. Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so‘z turkumiga ko‘ra (morfologik) tahlilni, gap bo‘laklariga ko‘ra (sintaktik) tahlilni o‘z ichiga oladi. Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil o‘quvchilar o‘zlashtirgan sintaktik bilimlarning me’yoriga qarab chuqurlashib boradi. Amaldagi dasturga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari ,,ega― va ,,kesim― atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo‘laklarini amaliy ravishda topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar, ya’ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so‘z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o‘quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: „Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? — bolalar (so‘zning tagiga bitta to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar — nima qildilar? — terdilar (so‘zning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar — gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) — olmalami―. sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chu- qurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi „Chiroyli gullar adirlami bezadi― gapini quyidagicha tahlil qiladi: „Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? — gullar - ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi — nima qildi? — kesim (tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) — adirlarni — ikkinchi darajali bo‘lak, gapni to‘ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) — chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi — gapning asosi. Chiroyli gullar va adirlarni bezadi — so‘z birikmasi―. 4-sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi, ammo so‘z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi. Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi. To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan, l-sinf o‘quvchisi shu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati). sinfda so‘z turkumlari o‘tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Ot: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Fe’l. 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi. Og‘zaki tahlil namunasi: Mevali daraxtlar gulladi. Mevali — sifat, qanday? — mevali; daraxtlar oti bilan bog‘langan: mevali daraxtlar; daraxtlar — ot, nimalar? — daraxtlar, ko‘plikda; gulladi — fe’l, nima qildi? — gulladi, bo‘lishli. sinfda o‘rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‘ldiriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Ot: 1. So‘z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. 4. Egalik qo‘shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Son: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Shaxs- soni. 4. Kelishigi. Fe’l: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi. 4. Shaxs-soni. 5. zamoni. O‘quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o‘qituvchi bu tartibga rioya qilib so‘zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi. So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o‘zbek tilida so‘z qanday ma’noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3-sinfdan boshlanadi. Bu sinfda o‘quvchilarga o‘zakdosh so‘zlar, o‘zak o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi ekani, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va so‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalar haqida elementar ma’lumot beriladi. 6-So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil o’tkazish tartibi: So‘zga so‘roq berish va u nimani anglatishini bilish. o‘zakni aniqlash. Buning uchun so‘zga o‘zakdosh so‘zlar tanlash. O‘zakdosh so‘zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o‘zak)ni aniqlash. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlash. Bu yangi so‘z yasash uchun xizmat qilishini aytish. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlash. Bu so‘zni boshqa so‘z bilan bog‘lash uchun xizmat qilishini aytish. sinfda ,,So‘zning tarkibi― mavzusi to‘liq o‘rganilgach, gulzor so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Qaysi so‘z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so‘zi nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, narsani bildiradi, bu — ot. O‘zakni aniqlayman. Buning uchun o‘zakdosh so‘zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman — gul. Bu - o‘zak. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman, gulzor so‘zi gul so‘- ziga -zor so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. Bu so‘zda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha yo‘q. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan so‘ng shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: gul zor. sinfda paxtakorga so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Paxtakorga — ot. O‘zakni aniqlayman. Buning uchun o‘zakdosh so‘zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism — paxta. Bu — o‘zak. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: paxtakor so‘zi paxta so‘ziga -kor so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalarni aniqlayman: -ga — so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha, kelishik qo‘shimchasi. sinfda ishladim so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil tartibi: Ishladim — fe’l. O‘zakni aniqlayman. O‘zakdosh so‘zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism - ish. Ish - o‘zak. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so‘ziga -la qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. –la-fe’l yasovchi qo‘shimcha. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlayman: -di — o‘tgan zamon qo‘shimchasi, -m — shaxs-son qo‘shimchasi, I shaxs, birlik: ishladim. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So‘zni morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to‘g‘ri yozishda o‘quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so‘zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha: So‘zda nechta bo‘g‘in bor? So‘zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko‘p bo‘lsa, sababini aytish) Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi? Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so‘zda qaysi harf bilan ifodalangan? Masalan, kitob so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi: So‘zda ikki bo‘g‘in bor: ki-tob. So‘zda beshta tovush, beshta harf bor. So‘zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor. к — undosh, jarangsiz, к harfi bilan ifodalangan i — unli tovush, i harfi bilan ifodalangan t — undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan ifodalangan о— unli tovush, о harfi bilan ifodalangan. b — undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan Tovush-harf tomonidan to‘liq bo‘lmagan tahlildan so‘zning yozi- lishini tushuntirishda ham, orfoepik to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so‘zi oxirida b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim maktab, b harfi yoziladi. Savol va topshiriqlar 1. Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari nimalardan iborat? 2. Tushuncha ustida ishlash yo’llarini aytib bering. 3. Tilga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering. 4. Tushuncha ustida ishlash nimadan boshlanadi. Misollar asosida tushuntirib bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b. 2. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005. 3.Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. – 42-46 b. 4.Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. – 46-68 b. 5. Grammatik tushuncha nima? Uning o‘ziga xos xususiyatini ayting. 6. Kichik yoshdagi o‘quvchilar lingvistik tushunchalarni o‘rganishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar? Buning sababi nimada? 7.O‘quvchilarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish jarayonini izohlang. Har qaysi bosqichdagi ishning mazmuni va maqsadini ayting. 8. O‘quvchilarga yangi grammatik tushunchani o‘rgatish darsining lavhasini ishlab chiqing. 9. Grammatik tushunchani qulayroq shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi? 10.Grammatik tushunchani o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi qanday qilib o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtiradi? Internet saytlari 1. www. tdpu. uz 2.www. pedagog. uz 3.www. Ziyonet.uz 4. www. edu. uz 5. tdpu-INTRANET. Ped


4-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish metodikasi Reja: 1. O‘zak va qo‘shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi 2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini o‘rganish metodikasi a) O‘zakni o‘rganishning xususiyatlari b) So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash d) shakl yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganish xususiyatlari 1- O‘zak va qo‘shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o‘zining nazariy asosiga ega. Morfema — so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo‘linadi: O‘zak morfema — so‘zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. Affiksal morfema — mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so‘zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla so‘zlaridagi gul - o‘zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir. Affikslar (qo‘shimchalar) ikki turga bo‘linadi: So‘z yasovchi qo‘shimchalar. Ular so‘zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog‘bon, paxtakor, gulzor, ishchi so‘zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so‘z yasovchi affikslardir. Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar so‘zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifoda- laydi. Masalan, maktablarimizni so‘zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo‘shimchalar boiib, -lar ko‘plik ma’nosini, -imiz egalikning 1 shaxs ko‘plik ma’nosini, -ni tushum kelishigi ma’nosini ifodalaydi. Morfemalarning qo‘shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bundan tashqari, ko‘pgina o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchalar ko‘p ma’noli. Shunga qaramay, ko‘p so‘zlarning leksik ma’nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so‘zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini va so‘z yasalishini o‘rganishlariga qarab, so‘zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so‘zlarning leksik ma’nosini so‘zlarning semantik o‘xshashligiga qarab bilib oladilar. So‘zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o‘qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog‘liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug‘atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. So‘z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o‘quvchilarning tilimizning yangi so‘zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so‘z tilda mavjud bo‘lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So‘z yasalishini kuzatish o‘quvchilarda so‘zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. So‘z yasalishi asoslari bilan tanishish o‘quvchilar lug‘atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so‘z bilan ifodalanadi. So‘zlar o‘rtasidagi ma’no va tuzilish jihatidan boglanishni belgilash o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so‘zlari o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchalar, shu tufayli ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog‘langan). O‘quvchilar so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra o‘zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud boigan predmetlar, jarayonlar, voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. So‘zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo‘shimchali so‘zlardan ongli foydalanishlarini ham o‘rgatish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o‘zbek imlosining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi (o‘zak va qo‘shimchalar) ko‘proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so‘z yasalishiga oid grammatik bilimlami maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, xususan, til birligi sifatida so‘zni ongli bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O‘qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilarda aqliy faoliyatni o‘stiradigan, analiz, taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi. 2- Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini o‘rganish metodikasi Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so‘zning morfemik tarkibi 3-sinfda o‘rganiladi. 4-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko‘zda tutiladi. Avvalo, til materialini o‘rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini o‘rganish tizimi dcganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o‘zaro bog‘lanishdagi bilimlar уig‘indisini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdck, shu asosda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So‘zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so‘z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o‘zlashtirish: a) dastur materialini o‘rganish lizimida so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning o‘rni bilan; 2) ,,o‘zak―, ,,o‘zakdosh so‘z―, ,,so‘z yasoychi qo‘shimcha", „shakl yasovchi qo‘shimcha" tu- shunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishining o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab beradi. So‘z tarkibi to‘rt bosqichda o‘rganiladi: Birinchi bosqich-so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasio‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog‘lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo‘yilishiga sabab, birinchidan, so‘zning ma’no va tu- zilishi jihatidan bog‘lanishini tushunish, o‘zining lingvistik mohiyatiga ko‘ra, bir xil o‘zakli so‘zlarni va so‘z yasalishini o‘zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo‘lgan so‘zlai bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog‘lanadi: ish- ishchi, g‘alla-g‘allakor. Ikkinchidan, o‘quvchilar bir xil o‘zakli so‘zlarni va morfemalarni o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi; o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarning vazifalarini o‘zlashtirishda ularga bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishi jihatidan o‘xshashligi va farqini aniqlash anchagina qiyinlik qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini maxsus o‘rganishdan oldin uning ma’no va tarkibiga ko‘ra yaqinligi kuzatiladi. 1-sinfda kuzatish o‘rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so‘zlarning ma’nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog‘lanadi. 5-sinfda kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning „Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?― savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o‘zakli so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o‘quvchilar „Nega so‘zlar o‘zakdosh hisoblanadi?, „Bir so‘zdan boshqa so‘z qanday hosil bo‘ldi?― savollariga javob berishga tayyorlanadilar. Tilda juda ko‘p so‘zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun o‘quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-sekin tildagi bir so‘z bilan ikkinchi so‘z o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga o‘tish mumkin. Masalan, „Nega kishilar paxta ko‘p ekilgan joyni paxtazor (paxta — paxtazor), daraxt ko‘p ekilgan joyni daraxtzor (daraxt — daraxtzor) deb nomlashgan?―, „Nega kishilar bir uyni g‘ishtli (g‘isht — g‘ishtli), boshqasini sinchli deyishadi? O‘quvchilar predmet yoki predmet belgisining nomlanish sababini aniqlashdan so‘zlarning ma’nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o‘rganadilar. Bularning hammasi o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning yasalishi mohiyatini tushunishga tayyorlaydi; ular bir so‘z boshqa so‘zdan o‘zaro ma’no jihatdan bog‘lanishi asosida yasalishini, o‘z navbatida, shu so‘z bilan nomlangan tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishga asoslanishini tushuna boshlaydilar. O‘quvchilar so‘zning yangi so‘z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan sari ularda so‘z yasalishi haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi. Ikkinchi bosqich — bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o‘quv vazifasi — so‘zlarning ma’noli qismlari sifatida o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish, ,,o‘zakdosh so‘zlar― tushunchasini shakllantirish, bir xil o‘zakli so‘zlarda o‘zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. ,,O‘zakdosh so‘zlar― tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, ya’ni mazmuniy umumiylikni (ma’nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko‘ra umumiylikni (umumiy o‘zak mavjudligini) o‘zlashtirish bilan bog‘lanadi. Shuning uchun bu belgilarni o‘quvchilar o‘zlashtirishiga ta’lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o‘quvchilarda bir xil o‘zakli so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari bilan morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o‘quvchilar gul, gulzor, gulli (ko‘ylak), gulladi so‘zlarini taqqoslaydilar, bu to‘rt so‘z ma’nosiga ko‘ra o‘xshashligini va bir xil umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta o‘zakdosh so‘zlar guruhiga kiritish mumkinligini aniqlaydilar. Bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’nolaridagi umumiylik o‘zakning umumiyligi tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo‘shimchalar esa so‘zning ma’nosiga o‘ziga xos ma’no qo‘shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o‘zakli so‘zlar ustida bunday ishlash usuli o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ular diqqatini so‘zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o‘qituvchi kombayn rasmini ko‘rsatadi va „Kombaynni boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?― savolini beradi. Javob xat- taxtaga yoziladi: kombayn — kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so‘zlarni ma’no va tarkibiga ko‘ra taqqoslash asosida ,,o‘zakdosh so‘zlar― atamasi beriladi, keyin o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi o‘zak deyilishi, o‘zakdosh so‘zlarni, boshqacha qilib, bir xil o‘zakli so‘zlar (ya’ni o‘zakdosh so‘zlar) deb nomlanishi ham tushuntiriladi. O‘quvchilarda bir xil o‘zakli so‘zlami ikki muhim belgisiga ko‘ra aniqlash ko‘nikmasini o‘stirish uchun o‘zakdosh so‘zlar yaqin ma’noli — sinonim so‘zlar bilan, shakli o‘xshash bo‘lgan so‘zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o‘quvchilar baxtli — baxtsiz o‘zakdosh so‘zlari bilan baxtli — saodatli sinonim so‘zlarini taqqoslab, o‘zakdosh so‘zlar ham, sinonim so‘zlar ham yaqin ma’no bildirishini (o‘xshash tomonini), o‘zakdosh so‘zlarda umumiy qism (baxt) mavjud bo‘lib, sinonim so‘zlarda bunday umumiy qism yo‘qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar, ular bog‘ — bog‘bon o‘zakdosh so‘zlari bilan suv ~ suva so‘zlarini taqqoslab, quyidagi xulosaga keladilar: bog‘ — bog‘bon o‘zakdosh so‘zlar hisoblanadi, chunki bular yaqin ma’noli va umumiy qismi bor; suv — suva so‘zlari shakli tomonidangina o‘xshaydi, ammo butunlay boshqa ma’noni bildiradi. Bunday mashqlar o‘quvchilarni o‘zakdosh so‘zlarni yaqin ma’noli sinonim so‘zlardan, bir-biriga o‘xshash bo‘lgan so‘zlardan farqlashga o‘rgatadi. Bir xil o‘zakli so‘zlar turli so‘z turkumiga oid boiadi. Shuning uchun bir xil o‘zakli so‘zlarni o‘rganishning bu bosqichida o‘quvchilar diqqati o‘zakdosh so‘zlar shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. Shu maqsadda turli so‘z turkumiga oid bir xil o‘zakli so‘zlar mavjud bo‘lgan matnni tahlil qilib, o‘zakdosh so‘zlarni aniqlash, shuningdek, kim?, nima?, qanday?, nima qiladi?so‘roqlariga javob bo‘ladigan bir xil o‘zakli so‘zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda so‘zlarni ma’nosi va tarkibiga ko‘ra taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart. O‘quvchilar u yoki bu so‘z nima uchun o‘zakdosh ekanini isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini aytsinlar. Masalan, gul, gulladi, gulli, guldor, gulzor o‘zakdosh so‘zlar hisoblanadi, chunki bularda umumiy qism - gul mavjud, bu so‘zlar yaqin ma’noni bildiryapti. Bir xil o‘zakli so‘zlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zakning har vaqt bir xil yozilishini kuzatadilar. Bunday kuzatish o‘zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar bo‘lgan so‘zlarni anglab, to‘g‘ri yozishga asos bo‘ladi. Bir xil o‘zakli so‘zlar bilan tanishish jarayonida o‘quvchilarda so‘zning ma’noli qismi bo‘lgan morfemalar (o‘zak, so‘z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida boshlang‘ich tasavvur hosil bo‘ladi. Buning uchun so‘z yasashga oid vazifa topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o‘quvchilar morfemalardan foydalanib bir xil o‘zakli so‘zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o‘rni hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o‘qituvchi gul so‘zini yozish va unga gul ko‘p ekilgan joyni bildiradigan o‘zakdosh so‘z tanlashni topshiradi. O‘quvchilar gul, gulzor so‘zlarini yozadilar. Gulzor so‘zini hosil qilish uchun –zor qismi qo‘shilgani aniqlanadi. O‘qituvchi „Gulparvarish qilish bilan shug‘ullanadigan kishini nima deb nomlaymiz?― savolini beradi. O‘quvchilar gulchi so‘zini aytadilar; bu so‘z gul so‘ziga -chi qismini qo‘shish bilan hosil qilingani (yasalgani) aniqlanadi. So‘zlardagi -zor, -chi qismlarining ahamiyatini taqqoslash asosida boshlang‘ich bilimlar umumlashtiriladi, so‘z yasovchi qo‘shimcha atamasi beriladi. Shakl yasovchi qo‘shimcha bilan elementar tanishtirish uchun daftar va daftarlar so‘zlarini ma’no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat asosida o‘quvchilar ma’noning o‘zgarmaganini, shakli o‘zgarganini (-lar qo‘shilganini) aniqlaydilar. Ta’limning bu bosqichida o‘quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina tanishtirilyapti. Shuning uchun o‘qituvchi tarkibi va yasalish usuli o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi, bu so‘zlarni analiz va sintez qilishni boshqaradi, so‘zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘quvchilarning bilib olishlariga doimiy g‘amxo‘rlik qiladi. Uchinchi bosqich — o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o‘rganish metodikasi. Bu bosqichning o‘quv vazifasiga „o‘zak", „so‘z yasovchi qo‘shimcha―, „shakl yasovchi qo‘shimcha" tushunchalarini shakllantirish, so‘zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanish haqidagi tasawurlarni o‘stirish, o‘zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so‘z yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlarni ongli ishlatish ko‘nikmasini o‘stirish kiradi. Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma’lum bog‘lanishda hal qilinadi. Masalan, so‘zda har bir morfemaning ahamiyatini o‘zlashtirish asosida o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog‘liq holda, so‘zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi. To‘rtinchi bosqich — so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi ustida ishlash (3-, 4-sinflar). So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimida bu bosqichning maqsadi so‘z yasovchi qo‘shimchaning so‘z yasashdagi ahamiyati va shakl yasovchi qo‘shimchaning so‘z shaklini o‘zgartirishdagi ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o‘quvchilarni ot, sifat, fe’llarning yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi. So‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z yasalishi asoslarini, so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida bir so‘z turkumidan boshqasini yoki shu so‘z turkumining o‘zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko‘proq boshqa bir otdan (ishchi, baliqchi; sinfdosh, sirdosh; bog‘bon, oshpaz, kitobxon, zargar), shuningdek, fe’ldan (elak, kurak, yutuq, o‘roq, yotoq, terim, bilim); sifat ko‘proq otdan (suvli, suvsiz; yozgi, qishki, ishchan, ishli, ishsiz), shuningdek, fe’ldan (maq- tanchoq, о ‘tkir, sezgir); fe’llar otdan (ishla, gulla, gapir), sifatdan (oqla, yaxshila, oqar, qoray) yasaladi. O‘quvchilarni so‘z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o‘qituvchi ularga muayyan bir yangi so‘z qaysi so‘zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan, o‘qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo‘riqlaydigan kishini bildiradigan o‘zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o‘qituvchi so‘zni va so‘z yasovchi morfemani beradi. O‘quvchining vazifasi yangi so‘zni to‘g‘ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so‘zidan -chi qo‘shimchasi yordamida yangi so‘z yasash (baliqchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so‘z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o‘quvchilar so‘zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini hosil bo‘lgan so‘z qaysi morfema yordamida, qaysi so‘z turkumidan yasalganiga, qanday ma’no anglatishi va qaysi so‘z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o‘zaro bog‘liqigiga va biror so‘z turkumiga xarakterli bo‘lgan so‘z yasalishi usuliga asoslaniladi. Bunday mashq turlaridan namunalar: 1. O‘zakdosh so‘zlari bo‘lgan matnni leksik, so‘z yasalishi tomonidan tahlil qilish. Masalan, quyidagi kabi matn aytib yozdiriladi: Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. O‘qituvchi rahbarligida bir so‘zdan boshqasi, ya’ni o‘zakdosh so‘zlar qanday morfema yordamida yasalgani, u qaysi so‘z turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi aniqlanadi. 2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so‘zni o‘zakdosh so‘z bilan almashtirish. Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga o‘zakdosh bo‘lgan bir so‘z toping. Uning qaysi so‘z turkumiga kirishini ayting va uni so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling. a) Olma daraxti ko‘p joy (Olmazor) b) Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadigan kishi (Paxtakor) c) Bog‘ yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi (Bog‘bon) d) Traktor bilan ish bajaradigan kishi (Traktorchi) e) Gul solib qo‘yiladigan idish (Guidon) O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida shu so‘z qaysi so‘zdan va qanday qo‘shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar. 3. Har xil so‘z turkumiga kiradigan o‘zakdosh so‘zlardan qat- nashtirib gap tuzish. 4. So‘z yasashga doir vazifalar: Oq, ish so‘zlaridan -la, -chi qo‘shimchalari yordamida yangi so‘zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kirishini ayting va fikringizni asoslang. 5. Ish, paxta, suv otlaridan o‘zakdosh otlar yasang. So‘zlarni tarkibiga ko‘ra tahlil qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so‘zning qaysi qismidan foydalandingiz? 6. Chiz, o‘r fe’llaridan o‘zakdosh otlar yasang. Otlarni so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo‘shimchalardan foydalandingiz? Bu vazifalar o‘quvchilardan so‘z yasalishi xususiyatlariga, so‘zlarning morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so‘zning morfemik tarkibi shu so‘zning muayyan bir so‘z turkumiga oid ekani bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarda u yoki bu so‘z turkumining yasalishini kuzatish propedevtik xarakterda bo‘ladi, uning natijasi mashqning mavzuni o‘zlashtirish maqsadiga qaratilishi, darsda faol va individual ishlarni to‘g‘ri uyushtirish, foydalanilgan leksik materialning o‘quvchilar saviyasiga mosligi va ko‘rgazmalilikka bog‘liq. O‘qituvchi o‘quvchilarning biror morfemani qay darajada o‘zlashtirganini ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so‘zlardagi morfemalarni ajratish ko‘nikmasiga, o‘zak va shakl yasovchi qo‘shimchadan yo o‘zak va so‘z yasovchidan, yoki o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so‘zlarni mustaqil tanlay bilishiga, so‘zdagi morfemalarning rolini so‘z bilan tushuntirish ko‘nikmasiga, gapda so‘z yasovchi qo‘shimchali so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasiga qarab aniqlaydi. Quyidagicha savol va topshiriqlarni bajarish asosida o‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini qanday o‘zlashtirganini aniqlash mumkin: I. Savollarga javob berish: 1.So‘zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun? 2.So‘z yasovchi qo‘shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang. 3.So‘zda shakl yasovchi qo‘shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang. II. Ikki so‘zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o‘quvchilar o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning semantik ahamiyatini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so‘zlar tanlanadi (ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor). III.So‘zlarni taqqoslab, o‘zakdosh yoki o‘zakdosh emasligini isbotlash (tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi). Qaysi qism ularni о ‘zakdosh qilyapti? Qaysi qism har xil ma’noli so‘z hosil qilyapti? kabi savollarga javob berish. IV.Bog‘bon, o‘roq, bog‘ni, ishchidan so‘zlarini tarkibiga ko‘ra tahlil qilish. 1) o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchadan, 2) o‘zak va shakl yasovchi qo‘shimchadan, 3) o‘zak va so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘shimchalardan tuzilgan so‘zlar tanlash. V.Tayanch so‘zlar asosida o‘qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya tuzish. a) O‘zakni o‘rganishning xususiyatlari. „O‘zak" tushunchasini shakllantirishda o‘quvchilar o‘zak o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’nosidagi umumiylikni o‘z ichiga olishi bilan tanishtiriladi. O‘zakdosh so‘zlarni tahlil qilish bilan o‘quvchilar so‘zning qaysi qismi shu so‘zlardan o‘zakdosh so‘zlar hosil qilayotganini tushunti- rishga (bunda ular o‘zakni ajratadilar), qaysi qismi har xil ma’noli so‘zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bunda ular so‘z yasovchi qo‘shimchalami ajratadilar) o‘rgatiladi. Bunday vazifalarni to‘g‘ri bajarish natijasida o‘quvchilar o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchaning so‘zning leksik ma’nosini hosil qilishdagi rolini elementar tarzda bo‘lsa ham tushunadilar, shuningdek, o‘zak o‘zakdosh so‘zlarga asos bo‘ladigan qism ekanini bilib oladilar. O‘zak ustida ishlash bu bilan tugamaydi, balki boshqa morfemalarni maxsus o‘rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va keyinroq so‘z turkumlari o‘rganilganda, so‘z yasashga doir mashqlar bilan ham uzviy bog‘ianadi. b)So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash. Bu morfemani o‘rganishning asosiy vazifasi o‘quvchilarni so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimchaning ahamiyati bilan tanishtirish va shu asosda so‘z yasovchi qo‘shimchali so‘zdan o‘z nutqida ongli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilar so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so‘z yasash mumkinligini tushunishi muhim ahamiyatga ega. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash ba’zi so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosini va yasama so‘zning grammatik belgilarini aniqlash bilan birga olib boriladi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosini tushuntirish uning so‘z yasashdagi ahamiyatini o‘quvchilar anglashiga imkon beradi, ularning diqqat-e’tibori so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so‘z yasalishiga qaratiladi. Masalan: ish-ishchi, ishli, ishchan, ishla). Yasalgan so‘z qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlash so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida har xil so‘z turkumiga oid so‘zlar yasash mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi. So‘z yasovchi qo‘shimchani ongli o‘zlashtirish uchun quyidagi mashqlar guruhidan foydalanish yaxshi natija beradi: Birinchi guruh mashqlarga har xil so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan hosil bo‘lgan bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no jihatdan farqini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Masalan, gul so ‘zjdan -chi, -zor so‘z yasovchi qo‘shimchalari bilan yangi so‘z yasang. Hosil bo‘lgan so‘zlarni ma’nosi va tarkibiga ko‘ra qiyoslang. Ularda nima o‘xshash? So‘zning qaysi qismi ularni ma’nosiga ko‘ra farqlayapti? Yangi so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing. Ikkinchi guruh mashqlarga bir so‘z yasovchi qo‘shimchani har xil so‘zlarga qo‘shishdan hosil bo‘lgan so‘zlarda so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Bunday mashqlarning maqsadi so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish hisoblanadi. Masalan, ishchi, suvchi, gulchi so‘zlarini taqqoslash, ma’nosiga ko‘ra o‘xshash tomonini belgilash (biror ishni, vazifani bajaradigan kishini — shaxsni bildiradi), so‘zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma’nosini bildirayotganligini aniqlash (so‘z yasovchi qo‘shimcha -chi). Uchinchi guruh mashqlarga matnni leksik-grammatik va leksik- uslibiy tahlil qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan o‘zakdosh so‘zlarni topish, ularning ma’nosidagi farqni aytish, bu farq so‘zning qaysi qismi yordamida yuzaga kelayotganini aniqlash; berilgan so‘zlardan namunadagidek gap tuzish (masalan, Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi); o‘zakdosh so‘zlarni aniqlash va tarkibiga ko‘ra tahlil qilish va hokazo. d) Shakl yasovchi qo‘shimchalami o‘rganish xususiyatlari. Har bir morfemaning lingvistik mohiyatida o‘ziga xoslik bo‘lib, uni o‘rganish metodikasi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shakl yasovchi qo‘shimchada grammatik vazifa yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so‘z yasovchi qo‘shimchadan farqlanadi. Shakl yasovchi qo‘shimcha so‘zning grammatik ma’nosini ifodalovchi vosita hisoblanadi. O‘quvchilar so‘zning grammatik ma’nosini bilmay turib shakl yasovchi qo‘shimchaning vazifasini ham anglab yetmaydilar. Bundan tashqari, shakl yasovchi qo‘shimcha bir necha ma’no ifodalaydi (masalan, kitobni o‘qidim so‘z birikmasidagi –m shaxs birlik ma’nosini bildiradi). Shakl yasovchi qo‘shimchani o‘rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga olinadi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uning ikki belgisi bilan (so‘z shaklini o‘zgartirishi va gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘lashi bilan) amaliy tanishtiriladi. O‘quvchilar otlarda birlik va ko‘plik, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, otlaming egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi, fe’llarda shaxs-son, zamonni (4-sinf) o‘rganishlari bilan bog‘liq holda ularning shakl yasovchi qo‘shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila boriladi. O‘quvchilarda gapda so‘zlar shakl yasovchi qo‘shimcha yordamida bog‘lanishi haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil qilinadi. Masalan, gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so‘zning shaklini so‘roqlardan foydalanib o‘zgartirish va u so‘z gapdagi qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniqlash so‘raladi: O‘quvchi (nimani?) kitob... sevadi. U (nimadan?) kitob... yaxshi foydalanadi? O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida „So‘zning shaklini nima uchun o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi? So‘z shaklini o‘zgartirish bilan nimaga erishildi?― savollariga javob beradilar. O‘quvchilar shakl yasovchi qo‘shimchalarning sintaktik vazifasini gapda so‘zlarning bog‘lanishi va so‘z birikmasini o‘zlashtirish jarayonida o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarning so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi bilimi elementar xarakterda bo‘lsa ham, ularning so‘z birikmasidagi so‘zlar ma’no va grammatik jihatdan shakl yasovchi qo‘shimchalar yordamida bog‘lanishini tushunishiga erishiladi. 0‘quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini o‘rganganlaridan so‘ng gapda ma’no va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan so‘zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog‘langanini tushuntirish ko‘nikmaiariga ega bo‘lishlari mumkin, so‘ngra shakl yasovchi qo‘shimchalarning sintaktik vazifasini o‘zlashtira boshlaydilar. O‘quvchilar har bir morfemaning topshirig‘ini boshqa morfemalar bilan qiyoslab ko‘rsatish talab qilingan vazifani bajarish jarayonida shakl yasovchi qo‘shimchaning o‘ziga xos xususiyatini yaxshi o‘zlashtiradilar. Masalan, o‘zakdosh so‘zlar tanlash vazifasini bajarish davomida so‘z yasash uchun qanday morfemalardan foydalanilgani, so‘z yasovchi qo‘shimcha tufayli so‘zning ma’nosi qanday o‘zgargani aniqlanadi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga „Otni shunday o‘zgartiringki, u birlikni emas, ko‘plikni bildirsin" topshirig‘i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib, otga shakl yasovchi ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda, so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmaganini, faqat shakli o‘zgarganini, ko‘plik bildirganini aytadilar. So‘z yasovchi qo‘shimcha bilan shakl yasovchi qo‘shimchalarni taqqoslash orqali o‘quvchilar shakl yasovchi qo‘shimchaning so‘z shaklini o‘zgartirishdagi o‘rnini yaqqol ko‘radilar. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishini o‘rgatish o‘quvchilarning har bir so‘zga ongli munosabatda bo‘lishlarini ta’minlaydi, so‘z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi. Savol va topshiriqlar 1. Grammatik materialni o‘rganishning har xil bosqichida darslik bilan qanday ishlanadi? Aniq misollar keltiring. 2. Grammatik, leksik va so‘z yasalishiga oid mashqlami ta’riflang. 3. Maktabda so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishini o‘rganish nima uchun katta ahamiyat kasb etadi? 4.1-4-sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimi mohiyatini tushuntiring. 5.Siz o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning muhim belgilari bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi? 6.So‘z yasovchi qo‘shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o‘zlashtirishda o‘quvchilarga qanday yordam bcriladi? 7.Shakl yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. 8.Dasturga muvofiq so‘zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang. Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 1.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – T.: Noshir, 2009, 233-245- betlar. 2.Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2008, 58- 125-betlar. 3.Ikromova R. va boshqalar. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2009, 111-180- betlar.

5-mavzu. So‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi. Otning leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash Reja: 1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari 2. Ot so‘z turkumini o‘rgatish metodikasi 3. Otning leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash 4. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: so‘z turkumlari, ot, sifat,son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, birlik va ko‘plik. 1-Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki liolat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik (so‘zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, ol- mosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: -so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat); -qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi; -o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav- judligi; -gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab guruhianadi. 3-sinfda „So‘z turkumi" tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshiari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi ko‘rsatilgan: So‘z turkumlari Ot Sifat Son Olmosh Fe’l 1. Shaxs, narsa va joy nom ini bildiradi. 1.Shaxs va narsaning belgisini bildiradi. 1.Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi. 1.Kishilik olmoshiari shaxsni bildiradi va ot o‘rnida qoMlanadi. 1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi. 2. Kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. 2. Qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob boMadi. 2. Necha? yoki nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 2.Kishilik olmoshiari kim? so‘rog‘iga javob boMadi. 2. Nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? nima qiimoqchi? kabi so‘roqlarga javob boMadi. 3. Birlik va ko‘plikda qo‘llanadi. 3.‘zgarmaydi. 3.0‘zgarmaydi. 3. Ular birlik va ko‘plikda bo‘ladi. 3. Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi. 4.Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi. 4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. 4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. 4.Kishilik olmoshiari kelishik qo‘shimchalari bilan qoMlanadi. 4.Shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi. 5.Kelishik qo‘shimchalari bilan turlanadi. 5.Sifatlar yasaladi. 5.Sonlar yasalmaydi. 5.Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida keladi. 5. Uch zamonni bildiradi. 6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. 6. Olmoshlar yasalmaydi. 6. Gapda kesim vazifasida keladi. O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, gullar, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? -gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi — gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning harakatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadigullamadi, bu-fe’l. Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrofmuhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. 2-Ot so‘z turkumini o‘rganish metodikasi ,,Ot― mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan. 7. Otlar yasaladi. 7. Fe’llar yasaladi. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar: ,,ot― haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (Shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish; kishilaming familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish; otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qoilanishi) bilan tanishtirish; otlami egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish; otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shim- chalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish; 2.So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalaming har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot― mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o‘rganiladi, 3-sinfda esa otgaatama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shinichalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. 0‘quvchilarning nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi. 3. Otning leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog), o‘simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo‘ron,yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi. Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalami bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavot- lar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur. Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani biidirishi tushuntiriladi). o‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi. 2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. ,,Ot― tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalami bildirib kim? yoki nima ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go ‘zallik, ishonch, sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otning bolalar o‘rgangan belgilari asosida {nima?so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs yoki narsa nomini biidirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan matn tanlab, o‘quvchilarga matndagi otlarni topishni, so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz. 4- Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi 3-sinfda „Otlar, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi― ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda: 1) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar — daftarlar, qalam — qalamlar, nok — noklar kabi. Suhbat asosida daftar so‘zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so‘zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni biidirishi aniqlanadi. Boshqa so‘zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo‘llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko‘plikda qo‘llanadi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘llanadigan otlar, birlik shaklida qo lllangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘plik ma’nosini biidirishi, bunday otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishini kuzatish aslida so‘z shakli ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. Savol va topshiriqlar. 1. Boshlang‘ich sinflarda qanday so‘z turkumlari o‘rganiladi? Ularni o‘rganishdagi izchillikni tushuntiring. 2. O‘quvchilarga otni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? Otga oid dars ishlanmasi yozing. 3. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi haqida ma’lumot bering. Tavsiya etilayotgan adabiyotlar. 1. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. (Boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun darslik). – T.: Nosir, 2009, 245-276-betlar. 2. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2005. 3. G‘ulomova X., G‘afforova T. 1-sinfda ona tili darslari. – T.: Sharq, 2003. 4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). – T.: Cho‘lpon, 2005. 5. Qosimova K., Ne’matova A. 2-sinfda ona tili darslari. – T.: Cho‘lpon, 2004. 6. Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili (3-sinf uchun darslik). – T.: O‘qituvchi, 2008.


6-Mavzu: Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishini o‘rganish. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish 1. Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishini o‘rganish 2. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish 3. Egalik va kelishik qo’shimchalarining gap qurilishidagi o’rni Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: egalik qo‘shimchalari, kelishik qo’shimchalari, bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishik, jo’nalish kelishik, o’rin-payt kelishik, chiqish kelishik; 1- Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘rgatish. Bu mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o‘rganilgunga qadar, o‘quvchilar „shaxs" tushimchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan bo‘ladilar. O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi shaxs, narsa birlik va ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘zgatishda o‘qituvchi ishni sarlavhadagi „egalik" so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo‘shimchasi deganda biror narsaga ega bo‘lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo‘shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi. Otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi. Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi va o‘quvchilar kitob — o‘zak, -im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar. O‘qituvchi kitob va kitobim so‘zlarini taqqoslashni, -im qo‘shimchasining ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o‘quvchilar qo‘shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim — kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O‘qituvchi qisqa tushuntiradi: Tilda uchta shaxs mavjud: I shaxs - so‘zlovchi II shaxs - tinglovchi III shaxs - o‘zga Hozir men sizga so‘zlayapman, tushuntiryapman, demak, men — so‘zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) — o‘zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so‘ziga qo‘shilgan -im qo‘shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobning egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so‘zidagi -imiz qo‘shimchasi kitob so‘zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko‘p shaxsga (ko‘p so‘zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari deyiladi. Egalik qo‘shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi. Egalik qo‘shimchalari otlarga ikki variantda qo‘shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi, qo‘shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o‘rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar. O‘quvchilarga egalik qo‘shimchalari haqidagi ko‘nikmani shaktlantirish uchun matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda bcrilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. Egalik qo‘shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish jarayonida egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitob-ning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish jarayonida esa egalik qo‘shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog‘lanib, so‘z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi. 2- Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘rgatish. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq so‘z shakllarining o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o‘zgartuvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar, bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1)otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; 2)ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rgatish; 3)har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o‘rganish va u bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish. Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi — turlanish haqida tushuncha berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O‘quvchilar turlanish bilan kelishiklaming mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so‘z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimachalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog‘lanishini kuzatadilar, bu qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklaming joylashish tartibi, so‘roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklaming aniq qo‘shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi. O‘quvchilar o‘zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o‘zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o‘quvchilar avval gapda ot bog‘langan so‘zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so‘roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o‘qidi (nimani?) — kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o‘zlashtirganlaridan so‘ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi. Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rganishda nutqda ko‘plikdagi otlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini takomillashtirish maqsadi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so‘rog‘ini va bitta shaxs, narsani bildirishini aytadilar, (nima? kitob, kim?- о ‘quvchi); o‘qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, qaysi kelishikni bildirishini so‘raydi, ular qiynalmay javob beradilar (nima-lar? — kitoblar, kimlar? — o‘quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko‘plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. O‘quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko‘plikda turlaydilar va ko‘plik qo‘shimchasi doim kelishik qo‘shimchasidan oldin qo‘shilishini, so‘roqlarini bilib oladilar. 3-Egalik va kelishik qo’shimchalarining gap qurilishidagi o’rni Har bir kelishikni alohida o‘rganishning vazifasi kelishikni o‘rganish bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o‘quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi. Shuningdek, har bir kelishik bilan turlangan otlar gapda ma’lum bir vazifani bajaradi. Qo’shimchalarga qarab bosh bo’lak yoki ikkinchi darajali bo’lak ekanligi aniqlanadi Kelishiklarni bilib olish maqsadida so‘roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o‘quvchilar, birinchidan, so‘roqni otning yakka o‘ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog‘langan so‘zdan shu otga berishni o‘rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so‘roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o‘zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) belgilash, ot bog‘langan so‘zni topish, so‘roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko‘plikda qo‘llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni muzeyga taklif qild). Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher — ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) — taklif qildi — kesim; taklif qildi (kimni?) — Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qayerga?) — muzeyga (ot, jo‘nalish kelishigida, birlik). Kelishiklaming xususiyatlarini o‘rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o‘rganish maqsadga muvofiq: 1) Kelishikning grammatik ma’nosi. 2) So‘roqlari. 3) Qo‘shimchasi. 4) Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni shu tarzda o‘rganish ularni o‘zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Bir kelishik o‘zining muhim belgilari (ma’nosi, so‘rog‘i, qo‘shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelishiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish uchun o‘quvchilar kelishiklaming muhim belgilarini puxta o‘zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o‘zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko‘nikmasini shakllantirishga katta o‘rin beriladi. Bosh kelishikning xususiyatlarini o‘rganish bilan otning kelishik qo‘shimchasi yo‘q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so‘zni o‘ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilinadi; lug‘atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo‘shimchasi olib qo‘llanishi bilan tanishtiriladi. O‘quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir qo‘shimcha o‘rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini o‘rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o‘quvchilarda kelishiklardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadi ko‘zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so‘roqlari, qo‘shimchasi va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi. Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog‘Ianadi, u bog‘langan ot egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi (o ‘quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar) ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi; 3) - ning qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o‘ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog‘lanadi (vazifani bajardim, kitobni o‘qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni?ba’zan qayerni? So‘roqlariga javob bo‘ladi; 3) -ni qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajaradi. O‘quvchilarning bu ikki kelishik qo‘shimchasidan nutqda to‘g‘ri foydalanish va ularni to‘g‘ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniqlash, so‘roqlar o‘rniga gapning mazmuniga mos so‘zni kelishik bilan turlab qo‘yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ko‘chirish, tanlab ko‘chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish diktantlaridan ko‘proq foydalaniladi. Boshlangich sinflar dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo‘llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi. O‘quvchilar jo‘nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi - ga qo‘shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, Shavkatga kabi so‘zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o‘quvchilar „Mehnat yetkazar har tilakka― kabi gapni o‘qib, tilak so‘zining o‘zgarishini kuzatadilar; gapdagi tilakka bog‘langan so‘zni topadilar va shu so‘zdan otga so‘roq beradilar (yetkazar (nimaga?) tilakka); bu jo‘nalish kelishigining so‘rog‘i ekanini aytadilar; tilakka so‘zi so‘z tarkibiga ко‘fa tahlil qilinadi va tilak — o‘zak, -ka qo‘shimcha ekani aniqlanadi; so‘ng u tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o‘zakning oxiri undoshi bilan tugagani, qo‘shimcha ham к undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi oxiri к undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida qo‘shiladi. „Baliq qarmoqqa ilindi ― gapidagi qarmoqqa so‘zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -qa shaklida qo‘shiladi. O‘quvchilar o‘rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, -da kelishik qo‘shimchasi -ta bo‘lib eshitilsa ham, -da shaklida yozilishi tushuntiriladi. Ba’zi o‘quvchilar o‘rin-payt kelishigi o‘rniga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini ishlatib, xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xatoning oldini olish uchun o‘quvchilar bilan fe’ldan jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigida qo‘llangan otga so‘roq berib, so‘z birikmasini topishni ko‘proq mashq qilish va kelishiklaming so‘rog‘i va ma’nosiga qarab farqlashga o‘rgatiladi. Masalan, bordi (qayerga?) — maktabga, bo‘ldi (qayerda?) — maktabda; oldim (kimga?) - ukamga, ko‘rdim (kimda?) — ukamda. O‘quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida tanishtirilib, ularga kelishik qo‘shimchasining yozilishi tushuntiriladi. Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini ta’minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan o‘quvchilarning mustaqqlligini oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bilan bog‘lab o‘rgatishdir. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ot yaxlit holda o‘rganiladi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z turkumining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi. Savol va topshiriqlar. 1. Otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi bo‘yicha o‘quv dasturini tahlil qiling? 2. Boshlang‘ich sinflarda egalik qo‘shimchalari qanday o’rganiladi? 3. Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi haqida ma’lumot bering. 4. Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishiga oid dars ishlanmasi tayyorlang. Tavsiya etilayotgan adabiyotlar. 1. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. (Boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun darslik). – T.: Nosir, 2009, 245-276-betlar. 2. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2005. 3. G‘ulomova X., G‘afforova T. 1-sinfda ona tili darslari. – T.: Sharq, 2003. 4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). – T.: Cho‘lpon, 2005. 5. Qosimova K., Ne’matova A. 2-sinfda ona tili darslari. – T.: Cho‘lpon, 2004. 6. Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili (3-sinf uchun darslik). – T.: O‘qituvchi, 2008. 7. Xudoyberganova M., Muxtorova M. 3-sinfda ona tili darslari. – T.: O‘qituvchi, 2005. 8. Ikromova R. va boshqalar. Ona tili (4-sinf uchun darslik). – T.: O‘qituvchi, 2017. 9. G‘ulomova X. va boshqalar. 4-sinfda ona tili darslari. – T.: O‘qituvchi, 2003.
Download 81.56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 81.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Fonetika va grafika asoslarini o‘rganish metodikasi

Download 81.56 Kb.