Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari,ahamiyati. Yozuvlar tarixidan ma’lumot




Download 81.56 Kb.
bet4/5
Sana22.10.2022
Hajmi81.56 Kb.
#27835
1   2   3   4   5
Bog'liq
BTOna tili o`qitish metodikasi
2. O\'zEYaT Ishchi dastur , Mutaxassislikka kirish ishchi dastur 9-sentabr, Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi, O2, Referendum, titul hisobot, obyektivka-namuna (2), 20 TA XOSMAS INTEGRAL (2), 1-mavzuga test OO`metodikasi, Kalendar reja - 2022-2023. J.Shahrizod (3), Maktabgacha pedagogika 2, 1-мавзу, dars jadvalla, Notiqlik va nutq mahorati to`garak ish reja
Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari,ahamiyati. Yozuvlar tarixidan ma’lumot
1. Husnixatga o„rgatishning maqsad va vazifalari. 2. Husnixatga o„rgatishning ahamiyati. 3. Hozirgi paytda husnixatga o„rgatishning grafik talablari. 4. Kichik yozma harflarning o„ng va chap tomonidan tutashtirilishi. 5. Yozuvlar tarixidan ma‟lumot Husnixat va uni o„qitish metodikasi fani amaliy fan, chunki u o„quvchilarni o„qitish, tarbiyalash, o„stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.Boshqa fanlar kabi husnixat o„qitish metodikasining ham o„z predmeti bor. Husnixat o„qitish metodikasining o„rgatish predmeti ta‟lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to„g„ri, chiroyli yozishga o„rgatish jarayoni hisoblanadi. Boshlang„ich sinf o„quvchilarini husnixatga o‘rgatishning asosiy vazifasi ularga husnixat yuzasidan amaliy bilimlar berish, tez, to‘g‘ri va chiroyli yozuvga o‘rgatishdir. Husnixat va uni o„qitish metodikasi ta‟limning turli bosqichlarida o„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalari darajasini o„rganadi, o„qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini aniqlaydi, grafik xatolarni tekshiradi va ularning oldini olish, yo„qotish usullarini topadi. Husnixatga o„rgatishning maqsad va vazifalari. Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o„qitish orqali olib boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni o„qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi. Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining o„sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog„ozlardan) hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil konspektlar, ish qog„ozlari, hisobotlar keng o„rin olmoqda. Bularning hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi. Umumiy ta‟lim maktabini isloh qilishning asosiy yo„nalish-larida ko„rsatilganidek, yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli yozishni mukammal o„rgatish talab etiladi. Ammo qisqa muddat ichida o„quvchilarda chiroyli, tez va toza yozish malakalarini o„stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o„rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo„ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi. 1. Yozuv vaqtida partada to„g„ri o„tirish. 2. Ruchkadan to„g„ri foydalanish. 3. Daftardan to„g„ri foydalanish. 4. Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish. 5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo„g„in, so„z va gap tuzishga o„rgatish. Yuqorida ko„rsatilgan malakalar shakllangandan so„ng husnixat darslarida ular mustahkamlanadi. Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to„g„ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda (65o ) yozishga, so„zlarni qatorlarga to„g„ri joylashtirishga o„rgatiladi. Daftar chiziqlarini birin-ketin almashuvi davomida, harflar-ning qiyaligini va ular orasidagi masofani to„g„ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to„g„ri chamalab yozishga o„rgatish juda mumkindir. Shuningdek, husnixat darslarida ma‟lum guruhga oid harflarni yozishga o„rgatishda o„quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuvning tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o„xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish lozim. Birinchi va ikkinchi sinflarda chiroyli yozuvga o„rgatishda chiziqli daftarlardan to„g„ri foydalanishga alohida e‟tibor berish zarur. Birinchi sinfda kichik harflarning balandligi va qiyaligi chiziqlar yordamida chegaralangan bo„lsa ham, bosh harflarni yozishda o„quvchilar xatoga yo„l qo„yishlari mumkin. Bir chiziqli daftarga yozishga o„tilganda esa o„quvchilar oldiga qator vazifalar qo„yiladi, endi ulardan harflarning orasidagi masofalarni chamalab yozishlari talab etiladi. Chiroyli yozuvga o„rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o„ziga xos qoidalarni ham o„z ichiga oladi. Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko„rgazmalilik, yosh va o„ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko„rgazmalilik tamoiyli chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol o„ynaydi. Har bir o„quvchi u yoki bu harfni tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog„lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini. Qiyaligini, ruchkani ushlash va to„g„ri ko„chirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim. Husnixatga o„rgatishning ahamiyati. O„quvchilarni chiroyli yozuvga o„rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati bor. Chiroyli yozuv o„quvchida mehnat qobiliyatini shakllantirish, yuklatilgan vazifalarni toza, aniq madaniyat bilan bajarishda o„rganish, estetik didni tarbiyalash, chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi, xunuk xat o„quvchida yozuvga nisbatan mas‟uli-yatsizlik hissini uyg„otishi, o„ylamay yozishga, imlo xatolariga befarq bo„lishga olib kelishi, chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyati-dir, hujjatlar o„qib bo„lmaydigan dastxat bilan yozilsa, o„quvchining ko„p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib kelishi mumkin. Qadamda kishilarning o„z fikrlarini boshqalarga yetkazish istagini his qilganliklari, ularni turli predmetlarga: toshga, metall, tuproqqa, teri, daraxt po„stloqlariga yozganlar. Ruchka, qalam, pat va boshqalardan yozuv quroli sifatida foydalanganlar. O„quvchining o„qiy olishi uchun yozuvning aniq, ravshan bo„lishiga intilgan chanqoq, ziyrak bola bo„lishi kerak. O„ta qiyin va murakkab jarayonlardan biri bu yozuvga o„rgatishdir. Mexanik mashqlar va nusxa ko„chirish mashqlari yozuvga o„rgatishda asosiy metod hisoblanadi. Husnixatga o„rgatishning asosiy sharti bu gigienik talabdir. Gigienik sharoitning yaratilishi, maktab mebeli to„g„ri tanlanishi va to„g„ri joylashtirilishi; parta, stul o„quvchilarning bo„y-bastiga to„g„ri kelishi, uning tuzilishi yozuv uchun qulay bo„lishi, o„quv xonasi to„g„ri yoritilishi o„quvchilarni partada to„g„ri o„tirishi, ruchkani barmoqlar orasida to„g„ri tutishi, daftarning partada to„g„ri joylashishi, yozuv jarayonida uni to„g„ri surib turish, ko„z bilan daftar oralig„i 30 sm bo„lishi talabga muvofiqdir. Yozuvga o„rgatishning ikki uslubi bor: ritmik va qo„l harakatlarini mashq qilish uslubi. Chiroyli yozuv bolalarni yozuvga o„rgatishda kompleks yondashuvdir. Yozuvning har tomonlama talabga javob berishi uchun so„zning grafik va imloviy tomonini to„g„ri shakllan-tirish lozim. Shuning uchun o„qituvchi doim yozuv materiallarini ko„zdan kechirib, yordamga muhtoj hollarni o„ziga belgilab olishi va qisqacha izohlashdan foydalanishi lozim. Hozirgi paytda husnixatga o„rgatishning grafik talablari. Alifbodagi harflar yozilish shakliga ko„ra yozma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi. Bularning har biri yozilish shakli va qo„llanish o„rni jihatidan kichik harflar va bosh (katta) harflarga bo„linadi. Yozma harflar, odatda, qo„lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan, yozuvga oid texnika vositasida, shuningdek, qo„lda ham ifodalanadi. Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma‟qullangan shaklda bir-biriga tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o„ng tomonga 75 – 80 daraja qiya qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o„ng va chap tomonidan, bosh harflar esa o„zidan keyingi harf bilan tutashadi. So„zda yozma harflar bir-biri bilan tutashtirilib, bir bu-tunlik – zanjir hosil qiladi. Ammo bu zanjir so„zlarda imlo belgilari (tutuq, ko„chish belgilari, chiziqcha) bo„lgan o„rinlarda uziladi, qo„l harakati to„xtab, belgilar qo„yilgandan keyin harakat davom etadi. Mazkur belgilarni so„zni yozish jarayonida qo„yib borish, harflarning ustiga qo„yiladigan ishorani esa so„zni yozib bo„lgandan keyin, uni o„qib turib qo„yish tavsiya qilinadi. Yozma bosh harflarda qo„l harakati kichik harflarni yozishga nisbatan ko„proq uziladi: ayrim harflarning unsurlari qo„shiladi, tutashtiruvchi belgilar chiziladi va hokazo. Lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosidagi yozma kichik va bosh harflar yozuvda bir-biri bilan tutashtirilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi: – tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo„lgan harflar; – tutashtiruvchi unsuri bo„lmagan harflar (Bunday harflarga tutashtiruvchi unsur yozuv jarayonida qo„shiladi). Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o„zidan keyingi harf bilan qaeridan tutashtirilishiga ko„ra uch guruhga bo„linadi: a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: O‘, O‘, V (bunday ikki chiziq (asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo‘yi 4 mm, eni 3 mm bo‘ladi); b) o„rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, f (ikki chiziqdan yuqoriga ko‘tarilib yoziladigan harflarning bo‘yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm, f ning bo‘yi esa 11 mm bo‘ladi). v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar: a, d,e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g, j, p, q, y, q, ng. (s ga unsur qo„shib,, o„zidan keyingi harfning ostki qismiga tutashtiriladi, bu unsurlarni zarur o„rinlarda ko„rsatib qo„ydik). Kichik yozma harflarning o„ng va chap tomonidan tutashtirilishi. Harflarni tutashtirib yozish deyilganda, odatda, kichik va bosh harflarning o„zidan keyingi harfga – o„ng tomoni-dagi harfga tutashtirilishi nazarda tutiladi. Aslida esa harflar yozuvda har ikki tomonidan ham tutashadi. Bunga erishish uchun, ayniqsa, kichik harflarni shakllantirishda chizilgan chiziq ustidan qo„l harakatini davom ettirib, tutashuvchi nuqtagacha olib borish kerak bo„ladi. Quyida bu ishlar qanday amalga oshirilishi to„g„risida to„xtalamiz. 1. Ostki qismidan tutashtiriladigan harflar o„zidan oldingi va keyingi harflar bilan (bundan z, r, x, s mustasno) quyidagicha tutashtiriladi, misollar: ma, mi, me, mu, ek, el, lekin, gul, jiyda, yil, g‘alla, tenglik 2. Unli harflar o„zidan keyingi, z, r, x, s harflarining yuqori qismiga tutashtiriladi; tutashtirish jarayonida z, r harflarining yuqori qismida tugunchak hosil qilinadi: azm, iz, ez, uz, oz, o‘z, ari, iri, erka, or, ur, o‘ra, xo‘roz Mazkur harflarni s bilan tutashtirishda tutashuvchi harfning unsuri bilan s ning yuqori qismi tutashtirilib, so„ng uning etak qismi chiziladi: asta, is, usta, es; os, o‘s. 3. Q, O‘, V harflari – yuqori qismidan tutashgariladigan harflar o„zaro hamda o„zidan keyinga ostki qismidan tutashtirila-digan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi: ovoz, ana, ovchi, ovora, omad, o‘sma, oila, ojiz, o‘gil, o‘q, oy, oppoq. 4. Q, O‘, V harflari ikki chiziq yuqorisiga ko„tarilib yozi-ladigan harflardan oldin kelganda bu harflarning o„rtasiga tutashtiriladi: odam, ohu, okean, olmoq, o‘t, obbo, ofarin 5. V dan oldin a, i, e, u harflari kelganda V ning ostki qismiga tutashtiriladi, misollar: avval, evi bilan, uvol; q, o‘ harflari esa yuqori qismiga tutashtiriladi: ov, ovcharka Harfni ko„rish – o„qishda avval uning yuqori qismiga ko„z tushadi. Ana shu holni e‟tiborga olib, harflarni tutashtirishda imkoniyat bo„lgan o„rinlarda ularning yuqori qismidan emas, ostki qismidan tutashtirishga, harfning yuqori qismida chiziqchalarning imkoniyat bor darajada oz bo„lishiga ham e‟tibor berish zarur. Bunda biz harfning o„zidan oldingi harf bilan tutashtirilishini nazarda tutdik. Bosh harflarning tutashtirilashi.Yozma bosh harflarning bo„yi 8 mm bo„lib, ular o„zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi. Bosh harflar o„z tarkibida tutashtiruvchi unsuri bor yoki yo„qligiga ko„ra ikki guruhga bo„linadi: – tutashtiruvchi unsurli bosh harflar; – tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar. (Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflarga yozish vaqtida unsur qo„shiladi). Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar: A, E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X, Y, Z, G‘, Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o„zbekcha so„zlarda qo„llanmaydi: bu tovush bilan so„z boshlanmaydi, ba‟zi chet so„zlarda ikki mustaqil fonemani bildiradi: Ngiliy); Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar: B, F, N, O, P, S, T, V, O„ Bosh harflar qaeridan tutashtirilishiga ko„ra ikki turga bo„linadi: – o‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: A, L, Y, J, G, G„ – pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: E, B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch 1. O„rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar o„zidan keyingi ikki chiziq orasiga yoziladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi, misollar: Anzirat, Isa, Yulduz, Gulnoz, G„ulom Bu harflar ikki chiziqning yuqorisiga ko„tariladigan harflarning o„rtasiga tutashtiriladi: Akbar, Ilyos, Ikrom, Adham, Abdulla, Idriz, Alixon, Ahmad, Abdullayev, Afandi O‘rta qismidan tutashtiriladigan harflar z, r, x, s harflarining chap tomonidagi chiziqqa tutashtiriladi: Aziza, Arofat, Izzat, Asom, Islom 2. Ostki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar ikki chiziq orasiga yoziladigan harflarning ostki qismidan tutashtiriladi: Omon, Vasila, Hakim, Tohir, Kamol, Lobar, Muhiddin, Qumri, Rahima, Ulfat, Xadicha, Bobur, Dilbar, Farhod, Nafisa, Olimjon, Po„lat, Sobir, O„lmas, Zayniddin. Yozuvlar tarixidan ma‟lumot O„zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me‟rosida Hattotlik san‟ati alohida o„rin egallaydi. Arab istilosidan so„ng o„rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi. O„rta asrlarda har qanday asar qo„lda ko„chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko„chirish katta hunar va san‟at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda Hattot nomi bilan mashhur bolganlar. Hattotlarning ko„chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham Hattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko„chiruvchi emas, balki o„sha davrning ilm-ma‟rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo„lda ko„chirilgan har bir asar san‟at mo„jizasi kabi nodir asar hisoblangan. XIV-XVI asrlarda bir qancha iste‟dodli san‟atkorlar nafis kitoblarning ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Mimislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, o„rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan Hattotlik san‟atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o„z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko„chirganlar. Masalan Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini ko„chirgan. Alisher Navoiyning mohir Hattot ekanligi tarixiy manbalardan ma‟lum. Zahriddin Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi. Mimis Xorazmiy Hattotlik san‟ati haqida “Savodi ta‟lim” nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko„chirdi. Muqimiy ham juda mayda nasta‟liq va shikasta xati uslubida bayoz ko„chirgan. Bularning hammasi shuni ko„rsatadiki, (o„rta Osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo„lgan. Qo„l yozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qog„ozrez (qog„oz quyuvchi), Hattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yo„sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi. O„rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog„oz ishlashda katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog„ozlari pishiq va silliq edi. Hattot uchun esa ana shunday sifatli qog„ozlar kerak bo„lar edi. Qog„ozlar kustar holda turli usullarda tayorlangan. Hattotning asar ko„chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar” (transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat” dan iborat bolgan. Qamish qalam Hattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san‟at talab etgan. Qamish qalamdan qog„ozga siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo„lishi uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo„ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta‟minlanishiga yordam beradi. Hattotlar texnik vazifalardan tashqari o„z yozuv uslublarini ham ishlab chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab Hattotlar hayotida ko„fiy xati uslubi keng o„rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy uslublari maydonga keladi: 1. Suls xati - bu xatning to„rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda yoziladi. 2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur Hattot Ibn Muqla‟ hisoblanadi. 3.Muhaqqaq xati - bir bo„lak qismi tekis bolib, qolgan bo„laklari yumaloq shaklida yoziladi. 4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo„lib uning ixtirochisi Ibn Bavvobdir. 5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan. 6.Riqo xati - ko„pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi. Yuqorida ko„rsatib o„tilgan xatlarning har biri o„z o„rnida qo„llanilib kelingan. Muhaqqaq xatidan qasida va she‟rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va xat yo„1-yo„riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe buyruq va farmonlarda, riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy usulning har biri ingichka va yo„g„on qalamlarda yozilishi natijasida yana o„n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o„quvchilar ham to„liq egallay olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko„p xarflarning so„zda qo„llanish o„rniga qarab har xil shakl olishidir. Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish “sarxat” deb atalib, ba‟zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho„zilgan. Sarxat yozishga o„rgatilganidan so„ng “murakkabot”, ya‟ni harflarni bir-biriga qo„shib yo„zib o„rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya‟ni bayt va ruboiylar ko„chirib yozish o„rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko„p vaqt sarf qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan hisoblangan. Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg„ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o„rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so„ng uning ustida qayta yozishga yo„l qo„yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo„lgan. Bolalarga yuqoridagiga o„xshash ayrim yo„1-yo„riqlar ko„rsatilgani bilan ularning ko„zi bilan qog„oz orasidagi masofaning to„g„ri saqlanishiga e‟tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham ta‟qiqlangan. Adabiyotlar: 1. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O„zbekiston” -2016.56 B. 2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O„zbekiston” -2016.488 B. 3. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 4. Yo‟ldoshev N. va Raxmatillayeva Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. – Qarshi.: Nasaf. 2018. – 146 b. 5. Boshlang„ich ta‟lim bo‟yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‟lim standarti. – T.: 2005. 6. Umumiy o'rta ta'limning boshlang‟ich ta‟limdan davlat ta‟lim standarti va o‟quv dasturi. Respublika ta‟lim markazi – T.: 2017. 18-bet. 7. G‟ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b. 8. G„ulomov M. Yozuv daftari. (1-sinf uchun darslik)– T.: Ma‟naviyat, 2019. 9. Safarova R. va boshqalar. Savod o„rgatish darslari. -T.: Ma‟naviyat, 2003. 10. Safarova R. va boshqalar. Alifbe. (1-sinf uchun darslik). -T.: Ma‟naviyat. 2019. 11. Yo‟ldoshev N.. O‟sarova M. Boshlang‟ich ta‟lim fanlarini o‟qitishda quvnoq daqiqalardan foydalanish. - Qarshi.: Nasaf. 2020. – 35 b. 12. Yo‟ldoshev N.. Beknazarova X. O‟qish darslari orqali o‟quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish. - Qarshi.: Nasaf. 2019. – 56 b. 13. Abdullayeva Q. va boshqalar. “Savod o„rgatish”. T-1996. 14.G‟afforova T. va boshqalar. “1-sinfda savod o„rgatish”, T-1997. Internet saytlari: www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. edu. uz tdpu-INTRANET. Ped

1-Mavzu: 5-modul. Fonetika, grammatika, so'z yasalishi va orfografiyani o'rgatish metodikasi. Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o'rgatishning ahamiyati. Reja: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rganishning o‘mi. 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari 3. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifalari 4. Boshlang‘ch sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar a) Bayon qilish metodi b) Suhbat metodi c) Muammoli o’qitish metodi d) Analiz-sintez metodi e) Induksiya va disduksiya metodi Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutq, til va faoliyat; metod, bayon qilish, suhbat, muammoli o’qitish, analiz, sintez, induksiya, disduksiya; 1- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rganishning o‘mi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvoflq ishlashning yetakchi sharti — o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 1.Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 2.Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi. 3.Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisba- tan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So‘z tushunchaning shartli nomini o‘zida aks ettiradi. Dunyoda yo‘q narsa ongda ham, tilda ham bolmaydi. Bu holat o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o‘rab olgan muhitni, vo- qelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o‘rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalaridan biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya — birlamchi, ong - ikkilamchi degan tushunchadan o‘quvchilarning xabardor bo‘lishiga yordam beradi 4.Til — barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o‘zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi. Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasaiishi) ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil boiib, uni amalga oshirish o‘quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishinini tushunishga zamin hozirlaydi. Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o‘quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to‘g‘ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o‘qituvchining tutgan metodologik yo‘lining aniqligi, o‘quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o‘rgatishga asos bo‘ladigan til materialining yiiqori sifatli bo‘lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo‘lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi. Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko‘rinadi. Uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak: a)o‘quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o‘rnini o‘quvchilar o‘zlashtirishini ta’minlash zarur. 0‘quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish jarayonida o‘rganadilar. b)o‘quvchilarning tilning o‘zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari „Til har bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o‘rinni egallaydi?― savoliga javob topishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar sinfdan sinfga o‘tishi bilan bu savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda zarurligi haqida misollar topib, o‘z fikrlarini tasdiqlaydilar.Yoshlari ulg‘aygan sari o‘quvchilar odamning odam bo‘lishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar. Odam o‘zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o‘stirish bilan o‘zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o‘zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat a’zolari bilan aloqa, munosabat har bir kishining o‘sishi, rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi. d)boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakilantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida ularning saviyasiga mos bo‘lgan ,,sir― ni yechish (tushuntirish) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0‘qituvchi o‘quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o‘ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy odam- larning mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yaratilganini va asta-sekin rivojlanib borganini tushuntiradi: „Bizdari juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha o‘ngina so‘z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so‘zlar paydo bo‘la boshladi. Atrofimizda mavjud bo‘lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda ko‘p boshqa narsalarga kishilar nom qo‘yganlar. Shunday qilib, til yangi so‘zlar bilan boyidi va boyib bormoqda―. Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda ,,So‘zning tarkibi― bo‘limi katta imkoniyatga ega. 0‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko‘pgina yangi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi o‘zidan keyin bir xil o‘zakli so‘zlar guruhining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz. ishchi kabi. Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi bilan leksik ma’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilami bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik to- monlarining bir-biriga ta’sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarning xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning xarakterli bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakl- lantirishda ham katta ahamiyatga ega. Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. 0‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy materialiarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutq faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o‘rganishni hayot bilan bog‘lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lmish o‘quvchilarda to‘g‘ri kuzatish va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko‘nikmasini o‘stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o‘qituvchidan o‘quvchilarda dialektik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor berish talab etiladi. Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig‘indisi bilan rivojlanishda ko‘rish ko‘nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o‘quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o‘z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o‘rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o‘quv- chilarning o‘quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo‘lmoqda. Tilni o‘rganishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o‘quvchilarning o‘zlari ,,topgan― yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. O‘rganiladigan grammatik va so‘z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o‘xshash va farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o‘tganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish — bularning barchasi o‘quvchilarda dialektik fikrlash ko‘nikmasini o‘stirish uchun zamin va shart-sharoit yaratadi. Bunda muhim omillardan biri o‘quvchilarning aqiiy faoliyatini o‘qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik-uslubiy vazifalarni hal qiiishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi. Ona tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilmaxilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir. Shunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviysiyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. 2- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon boiadi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz, aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilning lug‘at boyligi o‘z-o‘zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo‘llanishi nuqtai nazardan so‘z; grammatika uchun so‘z shakllari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so‘z hisoblanadi. So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So‘z birikmasi ham so‘z kabi so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatdan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi „qurilish materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir. Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasal- gan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi. Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘langan. Morfologiya, asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, har bir so‘z, bir tomondan, shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma'lum o‘ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma’nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi. So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So‘zning morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalishi bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish obyekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish obyekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Morfologiyada so‘z gapdan tasliqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksikgrammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish tizimiga ega bo‘lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini bajaradi. Shakl yasalishi va so‘z yasalishi morfologiyada o‘rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usulini aniqlashda shu so‘z birikmasiga kirgan so‘z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis birbirini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini ta’kidlash uchun yetarli. Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi: 1.Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik) tomonlari o‘zaro bog‘liqligini va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur. 1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi va grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hoi dastur materiallarini o‘rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 2.Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo‘ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o‘quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o‘rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o‘rganishda so‘zning ma’no va talaffuz jihatdan biriik hosil qilishini, tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi o‘rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi. ,,So‘z― mavzusi o‘tilayotganda o‘quvchilar tomonidan so‘zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o‘qituvchi so‘zning nom bo‘lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o‘quvchilaming tushunib olishlariga erishishi lozim. ,,Gap― mavzusini o‘rganish vaqtida esa ishning asosiy yo‘nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o‘suvchan, birbiriga o‘zaro ta’sir etadi- gan tomonlari mavjud bo‘igan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi. 3- Boshlangich sinflarda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifaiari Maktablarda ona tili o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, ularni bajarish o‘quvchilar ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo‘naltirilgan. {Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘na!tirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik), so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi. Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar) ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘rukmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir- biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi. Beriladigan bilim va o‘quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganish uchun tilni ongli egallashga va o‘quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo‘ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, so‘zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o‘zlashtiradilar, shuningdek, ularga so‘zning tovush va grafik shakli o‘rtasidagi nisbat (bog‘lanish)ni ongli aniqlash, so‘zni to‘g‘ri yozish imkoniyati yarati- ladi. Morfologiya sohasidan ham so‘zni ongli o‘zlashtirish, uni to‘g‘ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar tanlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 1-sinfdan boshlab so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o‘rganadilar. Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So‘zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so‘zda bir-biriga ta’sirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tushunadigan va so‘zlarni to‘g‘ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan hajmda ma’lumot berilgan. Dasturda ,,Leksika― boiimi alohida berilmagan, ammo o‘quvchilar so‘zlarning leksiksemantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so‘z turkumlari va so‘z tarkibini o‘rganish jarayonida ma’lumot oladilar. Boshlang‘ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlarining o‘zaro bog‘liq holda o‘rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so‘z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o‘rganishni taqozo etadi. Tilni o‘rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o‘quvchilar nutqini o‘stirish vazifasini hal etishga yo‘naltirish imkonini beradi. Dasturning „Grammatika, imlo va nutq o‘stirish" bo‘limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o‘z ichiga oladi: „Tovushlar va harflar", „So‘z", „Gap", „Bog‘lanishli nutq". Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to‘ rt sinfda o‘ rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1-2-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3-sinfda so‘zning morfemik tarkibi va gapni o‘rganish muhim hisoblanadi. So‘z yasalishiga doir bilimlar asosida o‘quvchilarda so‘zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o‘sadi. 4-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish malakalari shakllantiriladi). Bog‘lanishli nutq ustida to‘rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda reja asosida ish olib boriladi. Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standard ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda. Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartining ,,Kirish― qismida „Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi", — deb alohida ta’kidlangan. Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o‘qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, „Boshlang‘ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talab―da ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modern izatsiyalash, boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonini beradi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’limning mazkur bosqichiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi. „Ta’lim to‘g‘risida―gi qonunda „Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir", deyiladi. Shundan kelib chiqqan holda „Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida DTSda quyidagilar belgilab berilgan: 1.Bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. 2.O‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o‘rgatish. 3.Yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. O‘qish sur’atini oshirish, ta’limning shu bosqichi uchun xos bo‘lgan sidirg‘a o‘qishni egallashlariga erishish. 5. Fikrni yozma bayon etish bo‘yicha belgilangan quyidagi ko‘nikmalarni egallash: a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi; b) tavsifning mavzuga muvofiqiigi va tniikammalUgi; d) tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi; e) imloviy savodxonlikni egallashlariga erishish18. Bularni amalga oshirish ona tili ta’limi siklidagi fanlarning, ya’ni savod o‘rgatish, o‘qish va ona tilining vazifasidir. Bu vazifalarni ado etish ko‘p jihatdan ta’lim mazmunni to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Ona tili ta’limi mazmuni aniq va ilmiy-nazariy jihatdan to‘g‘ri belgilansagina, oldinga qo‘yilgan talablar to‘liq bajariladi. Ma’lumki, DTSida belgilab berilgan ona tili ta’limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o‘z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo‘lib, bir-biriga muvofiq kelishi lozim. Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf ona tili mazmuni metodist olimlaming ko‘p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirilib kelinmoqda. Ayniqsa, ona tili o‘qitishning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 4-Ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar haqida tushuncha Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelinadi. Bayon qilish metodi: Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo‘llangan asosiy metodlardan biri bo‘lgan. Bunda o‘qituvchi bayon qilishdan oldin o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o‘quvchilarni o‘qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo‘lishga undagan. O‘qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchi ma’lumotlarni o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o‘qituvchi zimmasiga o‘rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o‘rinlarini aniq, lo‘nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang‘ich sinflarda bayon qilish metodi o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo‘ljallangan. Bayon qilish metodini qo‘llash holatlari hozir ham uchraydi. Suhbat metodi boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan va shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sana- ladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratish, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqa- rishga yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni o‘quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. Muammoli o’qitish metodi Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo‘llanilishi ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu inetodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o‘quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobili- yatlarini o‘stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o‘qituvchining topshirig‘t bilan o‘quvchining oldiga biror muammo qo‘yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi, Bu muammoni o‘quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o‘qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o‘quvchi hal qila olmasa, uni o‘qituvchining hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinfda muammoli o‘qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o‘qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo‘llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metod „Tovush va harf' mavzusini o‘rganayotganda tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, „So‘z ma’nosi", „Nutq va gap" mavzularini o‘rganishda ham qo‘llanadi. Masalan, „So‘z ma’nosi' mavzusini o‘rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar aralash holda yozib qo‘yiladi. So‘zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o‘qidi, yashil, binokor, o‘nta, o‘qituvchi, sakkiz. O‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi: So‘zlarni o‘qing. Birinchi so‘z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi? Bu so‘zga qanday so‘roq beramiz? Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi? Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? Qaysi so‘zlar sanoqni bildiryapti? Bu so‘zlarga qaysi so‘roqni beramiz? Qaysi so‘zlar rangni bildiryapti? Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? So‘zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni to- pib, bir ustun qilib yozing. Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing. Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so‘zlarni topib yozing va hokazo. O‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarib bo‘lgach, muammoli savol o‘rtaga tashlanadi: Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti? O‘quvchilar „ma’nosiga ko‘ra" degan fikrni ayta olmasalar, o‘qituvchi bu muammoni hal qiladi: Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra va so‘roqlariga ko‘ra farq qiladi. O‘ylang, so‘zlarni qaysi xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratamiz? So‘zlarni nechta guruhga ajratish mumkin? Savol-javoblardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o‘quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o‘tganda bunday suhbatlar oxirida o‘quvchilarning o‘zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o‘quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o‘quvchilar charchab qoladilar, o‘zlashtirish darajasi ham susayadi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o‘quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring", „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing", „Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing― kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,o‘lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan. o‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o‘quvchi 5 ta, ikkinchi o‘quvchi 10 ta va hokazo so‘z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak, tol, o‘rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o‘t, gul, qo‘l, oyoq, quloq, ko‘z, burun, yuz, og‘iz, barmoq, bo‘yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o‘quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga - kuzatuvchanlikka o‘rgatadi. Analiz-sintez metodi Analiz-sintez metodi savod o‘rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz-tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o‘rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bo‘lib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so‘z turkumlari o‘rganilayotganda ularga oid so‘zlar beriJib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo‘ladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish o‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Induksiya va disduksiya metodi Induksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalil- larini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida - ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarmng samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqiari maz- muni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaflfaqiyati o‘qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yoi-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o‘quvchinmg anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. Savol va topshiriqlar 1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmunini izohlang. 2. Til va jamiyat haqida o‘z fikringizni bayon eting. 3. Til va Tafakkurni munosabatini qanday tushunasiz? 4. Til va nutq to‘g‘risida fikringiz? 5. Til va faoliyatni izohlang. 6. „Grammatika, imlo va nutq o‘stirish― dasturi bo‘limlari („Tovushlar va harflar", ,,So‘z―, ,,Gap―, „Bog‘lanishli nutq―)ni chuqur o‘rganib, uning chizmasini tuzing. Sinfdan-sinfga ko‘chgan sari har bir bo‘lim materiali qiyinlashib borishini kuzating. 7. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tili o‘qitish jarayonida ilmiy dunyoqarash qanday shakllantiriladi? 8. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlarni izohlang. 9. Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlarning ahamiyati nimadan iborat. 10 Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan usullarni ta’riflang. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009. 2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1985. 3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005. 4. Talim taroqqiyoti. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti. Boshlangich ta’lim ona tili dasturi. -T.: Sharq, 1999.


Download 81.56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 81.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari,ahamiyati. Yozuvlar tarixidan ma’lumot

Download 81.56 Kb.