Bog'liq Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari
Diskret o’zgartiradigan datchiklar. Bu datchiklar ob’ektlarni holatini
nazorat qilishadi va temir yo’l avtomatika hamda telemexanika tizimlaridagi
kirish axborotlarini manbai hisoblanadi. Yo’l bo’lagini harakatlanuvchi
tarkibdan ozodligini nazorat qilishlik uchun rels zanjiri (2.2-расм) ishlatiladi.
Rels zanjiri qilib izolyasiyalovchi tutashmalar IT bilan chegaralangan yo’l
bo’lagini bir qismi qabul etiladi. Rels zanjirining bir uchidagi relslarga ta’minot
ulansa, boshqa uchiga esa o’tkazgich sifatida ishlatiladigan relslardagi tokka
ishlaydigan nazoratchi asbob NA ulanadi. Odatda NA sifatida, elektromagnit
yoki induksion rele ishlatiladi. Agar uchastka bo’sh bo’lsa, NA dan katta tok
o’tadi (rele yakori tortilgan). Agar uchastka hech bo’lmaganida bitta g’ildirak
juftligi bilan egallangan bo’lsa (uni qarshiligi 0,06 Om va NA qarshiligidan
ancha kichik), NA da tok keskin kamayadi (rele yakorni qo’yib yuboradi).
Shunday qilib NA holatiga qarab yo’l bo’lagini bo’sh yoki bandligi haqida fikr
yurgizish mumkin.
2.2-rasm. Relsli zanjirning sxemasi
Yarim o’tkazgichlar texnikasini rivojlanishi va hozirgi avtomatik tizimlarda
mikroprosessorlar va kompyuterlarning keng qo’llanishligi tufayli, datchiklar
taraqqiyotida yangi g’oya va yo’nalishlar paydo bo’ldi. Bu rivojlanish
xususiyatlari, datchiklarni mikroprosessorlar va kompyuterlar bilan birga
ishlashligi belgilanmoqda. Ana shu sababli, zamonaviy datchiklarning muhim
sifati bo’lib, integral bajarilgani hamda kichik o’lchamlarga egaligi hisoblanadi.
Ushbu xususiyatlari tufayli, bitta korpusda bir nechta datchiklarni joylashtirish
43
va bu bilan bir vaqtni o’zida bir nechta fizikaviy miqdorlarni o’lchaydigan
birikma datchik yaratish imkoni tug’ildi.