195
ulangan, kontaktlar 1—2 uzilgan bo’ladi. SHunda boshqaruvchi rele o’zining
kontakti RB ni ulasa, kontaktorning elektromagnit cho’lg’amidan tok o’tadi,
unda xosil bo’lgan elektromagnit kuchi prujina PR kuchini engib, qo’zraluvchi
po’lat o’zakni qo’zg’almas po’lat o’zakka tortadi va kontaktor kontaktlari K1,
K2, KZ va K4 ni ulaydi. Elektr yuritma elektr tarmog’iga ulanadi va ishga
tushadi. Boshqaruvchi relening kontakti RB uzilganda esa kontaktorning
elektromagnit cho’lg’ami K da tok bo’lmaydi. Prujina kuchi qo’zg’aluvchi
po’lat o’zak 1 ni-tortib, kontaktlar K1, K2, KZ va K4 ni uzadi, yuritma ishdan
to’xtaydi. Bu erda boshqaruvchi rele RB kontakti deganda texnologik mashina
va mexanizmlarni berilgan programmaga muvofiq boshqarish uchun xizmat
qiladigan komanda apparat yoki releli signal tarqatkichlar kontaktlari ko’zda
tutiladi. Elektr yuritma operator tomonidan boshqarilsa, universal uzib-ulagich
UU ning kontaktlari 1, 2 ulanib, kontaktlar 3—4 uzilgan bo’ladi. YUritmani
ishga tushirish uchun boshqarish postidagi yuritish knopkasi ‘S1’ qo’l bilan
bosiladi. SHunda kontaktorning elektromagnit cho’lg’ami K dan tok o’tadi.
Elektromagnit kuchi prujina Pr kuchini engib ko’zgaluvchi po’lat o’zak va u
bilan mexanik bog’langan kontaktlar K1, K2, KZ va K4 ni ulab yuritmani ishga
tushiradi. YUritmani to’xtatish uchun operator endi to’xtatish knopkasi ‘S2’ ni
bosadi. SHunda elektromagnit cho’lg’amidan tok o’tmaydi. Prujina PR kuchi
ta’sirida kontaktlar K1, K2, KZ va K4 uzilib, yuritma ishdan to’xtaydi.