- burchak chastatasi. 191  Boshqarish sxemalarining tuzilishi




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

 - burchak chastatasi.


191 
Boshqarish sxemalarining tuzilishi 
Texnologik protsess davomida mehnat predmetiga ishlov berish 
operatsiyalarini bajarish uchun energiya va harakat manbai sifatida elektr, 
pnevmatik va gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. To’qimachilik sanoatida 
elektr yuritmalar va, ayniksa, asinxron elektr yuritmalar keng qo’llanadi. 
Bunday yuritma — elektr dvigateli texnologii mashina, xarakat uzatuvchi 
mexanizm (turli xil mufta va reduktorlar) va boshqarish sistemasidan iborat 
bo’ladi. 
Texnologik mashinalar yuritmasini boshqarish sxemasini tuzishda 
texnologik mashina va unga xarakat uzatuvchi muftalar ko’rsatilmaydi. 
Boshqarish sistemalarini loyihalash va qurish uchun asosan boshqarish 
sistemasining prinsipial sxemasidan foydalaniladi. CHunki bu sxema elektr 
energiyasini qabul qiluvchi elektr dvigatelni elektr o’tkazuvchi simlar va turli xil 
kommutatsiya va ximoya apparatlari orqali energiya manbai bilan bog’lash 
yo’llarini va boshqarish sistemasining ishlash prinsipini ko’rsatib turadigan 
sxemadir. Prinsipial sxema ikki xil —yig’iq va yoyiq xolda tasvirlanadi. Yig’iq 
ko’rinishda tuzilgan sxemalarda xar bir element kontaktor, magnitli ishga 
tushirgich, boshqarish knopkalari, rele va boshka boshqaruv apparatlari 
funksional element sifatida o’z tuzilishiga muvofiq, yig’ilgan holda alohida- 
alohida ko’rsatiladi. Bunda xar bir funksional elementning tuzilishi va ishlash 
prinsipi sxemada aloxida ko’rinib turadi. Yig’iq ko’rinishdagi prinsipial 
sxemaning kamchiligi shundaki, u orkali murakkab sistemalarni tasvirlash 
mumkin bo’lmay qoladi. CHiziqlarning kesishuvi ko’payib ketishi sababli 
sxemani o’qish kiyinlashadi. Asinxron dvigatelni boshqarishning yig’iq
sxemasi 6.13- rasmda ko’rsatilgan. Sxema bo’yicha elektr dvigatel (ob’ekt) 
ijrochi element IE (kontaktor) kontaktlari K1, K2, KZ orqali elektr energiya 
manbai M ga ulanadi. SHunda ob’ekt ishga tushadi.


192 
6.13- rasm. Asinxron yuritmani boshqarish sxemalari: 
a — prinsipial yig’iq sxemasi; b — funksional sxemasi; m ~ energiya
manbai, IE — ijrochi element (kontaktor); BE — boshqaruvchi element, O — 
ob’ekt (yuritma); Rb — boshqaruvchi rele kontakti, UU — universal uzib-
ulagich. 
YUritmani ishdan to’xtatish uchun kontaktor kontaktlari uzilishi kerak. 
YUritmani bu tarzda boshqarish funksiyasini boshqaruvchi element BE bajaradi. 
Boshqarish sistemasidagi alohida funksional elementlarning bunday o’zaro 
borg’lanishi (bir-biriga ta’siri)ni ko’rsatuvchi funksional sxema 1-rasm, b da 
ko’rsatilgan. Bunda asinxron dvigatel zanjiri energiya manbai M ga ulanadi. Bu 
zanjirning quvvati dvigatel quvvatiga muvofiq bo’ladi va kuchli elektr zanjiri 
deb ataladi. Boshqarish zanjirining quvvati esa juda kichik miqdor 50 vattgacha 
bo’lishi mumkin. Sxemada ijrochi element IE (kontaktor), boshqaruvchi element 
BE va universal uzib-ulagich UU alohida yig’ilgan ko’rinishda tasvirlangan. 
Ularning ishlash prinsiplarini sxema orqali to’la o’qish mumkin. Masalan, 
kontaktor elektromagnit cho’lg’amidan tok o’tganda po’lat o’zaklarda xosil 
bo’lgan elektromagnit kuchi prujina 2 kuchini engib, qo’zg’aluvchi po’lat 
o’zakni qo’zg’almas po’lat o’zakka tortadi. SHunda po’lat o’zak 1 bilan 
mexanik bog’langan kontaktlar ulanib dvigatel ishga tushadi. Uning ishdan 
to’xtashi uchun kontaktor elektromagnit cho’lg’ami zanjiri uzilib undan tok 
o’tmasligi, prujina 2 po’lat o’zakni tortib, kontaktlar K1, K2 va KZ ni uzishi 


193 
lozim. Kontaktor elektromagnit cho’lg’amidan o’tadigan tokni boshqaruvchi 
element BE boshqaradi. Boshqaruvchi element dvigatelning ikki rejimda:
1) odam ishtiroki bilan, 2) odam ishtirokisiz avtomatik rejimlarda 
ishlashini ko’zda tutadi. Dvigatelni odam ishtirokida boshqarish uchun 
boshqarish knopkalari: yurgizish — S1, to’xtatish — S2 dan foydalaniladi. 
Dvigatelning avtomatik rejimda (odam ishtirokisiz) ishlashini boshqaruvchi rele 
RB, komanda apparatlari va boshqalar ta’minlaydi. Bu ikki rejimda ishlashni 
amalga oshirish uchun alohida universal uzib-ulagich ‘UU’ kommutatsiya 
apparatidan foydalaniladi.
6.14- rasm. Asinxron dvigatelni boshqarishning prinsipial sxemasi, 
Elektr yuritmani remont qilish va sozlash rejimida ishlashini ta’minlash 
uchun uzib-ulagichni sozlash — S kontaktlari 1, 2 ulab qo’yiladi, shunda 
kontakt 3, 4 uzilgan bo’ladi. Avtomatik rejimda ishlashini ta’minlash uchun esa 
uzib-ulagichni avtomatik (A) kontaktlari 3, 4 ulab qo’yiladi. Kontaktlar 1, 2 
uzilgan bo’ladi. 
YOyiq prinsipial sxemalarda boshqarish sistemasining funksional 
elementlari o’zaro bog’lanmagan va sxemaning eng qulay joylarida ko’rsatilishi 
mumkin. SHunda sxema ancha soddalashadi (6.14-rasm), kontaktor 
elektromagnit cho’lg’ami sxemani boshqarish zanjirida, uning kontaktlari K1, 


194 
K2, KZ esa kuchli nagruzka zanjirida joylashgan bo’lib, ular orasidagi mexanik 
bog’lanishlar ko’rsatilmaydi. YOyiq prinsipial sxemalarda releli boshqarish 
apparatlarining elektromagnit cho’lg’ami o’zgarmas tok zanjiriga ulangan, 
kontaktlari esa o’zgaruvchan tok zanjirida bo’lishi xam mumkin. 
Prinsipial sxemalar GOST 2.702—75 xamda GOST 2.710—75 talablariga 
muvofiq tuziladi. Sxema tuzishda masshtabga amal qilinmaydi, lekin sxema 
elementlari shartli belgilarining ESKD (edinaya sistema konstruktorskoy 
dokumentatsii) da ko’rsatilgan o’lchamlari hisobga olinadi. Bu o’lchamlar 
sxemada p marta katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Amalda ko’pincha 2> p 
>0,5 bo’ladi; shartli belgilar o’sha apparatdan tok o’tmagan yoki unga xech 
qanday tashqi ta’sir bo’lmagan holatni tasvirlaydi va bu holatni shartli ravishda 
‘normal’ holat deyiladi. Sxemada chiziklarning kesishishi va sinishi eng kam 
bo’lishi talab kilinadi. Sxema elementining xarfiy belgisi uning shartli belgisi 
ustiga yoki undan o’ngroq tomonga yoziladi. Agar xarf sonli indeks bilan 
yoziladigan bo’lsa, u son xarfning o’ng tomoniga yoziladi va xokazo. 

Download 4,61 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- burchak chastatasi. 191  Boshqarish sxemalarining tuzilishi

Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish