Asinxron yuritmalarni tormozlab to’xtatish




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

Asinxron yuritmalarni tormozlab to’xtatish 
Elektr dvigatellar elektr tarmog’idan uzilganda darrov to’xtamaydi, 
agregat inersiyasi tufayli birmuncha vaqt aylanib turadi. Natijada agregatlarning 
ishlamaydigan vaqti ko’payib, agregat samaradorligi pasayadi. Bundan tashqari, 
bir qator texnologik mashinalar (masalan, tanda mashinasi, quritish mashinalari 
va boshqalar) borki, ularning uz inersiyasi bilan to’xtashiga yo’l qo’yib 
bo’lmaydi, chunki bu materialning sifatiga ta’sir qiladi, brak material miqdorini 
ko’paytirib yuboradi. SHu sababli hozirgi vaqtda texnologik mashinalarni tez 
to’xtatish uchun mexanik usullar — friksion tormoz, tormozlovchi 
elektromagnit, tormozlovchi muftalar bilan birga elektr usullar — elektr 
yuritmalarni dinamik tormozlash va teskari ulash bilan tormozlashdan keng 
foydalaniladi. 
Asinxron dvigatelni dinamik tormozlash (6.19-rasm). Elektr yuritma 
normal ishlayotganda vaqt relesi (RV) cho’lg’amidan tok o’tib turadi. Kontaktor 


201 
kontakti K5 uzilganda rele R cho’lg’amidan tok o’tmaydi, uning R1 va R2 
kontaktlari ochiq bo’ladi. 
Biror texnologik nosozlik tufayli yuritma yoki dvigatelning to’xtatish 
knopkasi S2 bosilganda kontaktorning elektromagnit cho’lg’ami K dan tok 
o’tmaydi, kontaktor kontaktlari K1, K2, KZ, K4 va K6 uziladi, kontakt K5 esa 
ulanadi, natijada rele R ning, elektromagnit cho’lg’amidan tok o’tib, uning R1 
va R2 kontaktlari ulanadi.
 
 
6.19- rasm. Asinxron dvigatelni tormozlab to’xtatish sxemalari: 
a — dinamik tormozlash sxemasi, b — teskari ulash yo’li bilan 
to’htatish sxemasi v — RKS tilidagi induktiv tezlik kontroli relesining 
tuzilishi

SHunda 
o’zgarmas 
tok 
manbaidan 
dvigatelning 
stator 
faza 
cho’lg’amlariga o’zgarmas tok o’tib, unda hosil bo’lgan magnit maydon rotor 
cho’lg’amida induksion tok va tormozlovchi moment hosil qiladi. Bu moment 
rotorni aylanishdan tezda to’xtatadi. Buning uchun vaqt relesining kechikish 
vaqti rotorning tormozlanish vaqtiga oldindan tenglashtirib qo’yiladi. Rotor 
aylanishdan to’xtashi bilan vaqt relesining kontakta RV uziladi. Vaqt relesi rotor 
aylanishdan to’htashi bilan o’zgarmas tok zanjirini uzib qo’yish vazifasini 
bajaradi. 


202 
Asinxron dvigatelni teskari ulash bilan tormozlash. Asinxron dvigatel 
fazalarini qisqa muddatga teskari aylanish tomoniga ulash reversivlash yo’li 
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun reversiv — kontaktorlardan foydalaniladi 
(6.19-rasm, b). Kontaktor K1 dvigatelning normal ish rejimini boshqarish 
uchun xizmat qilsa, kontaktor K2 uni tezda tormozlab to’xtatish uchun xizmat 
qiladi. 
Dvigatel normal ishlab turganda kontaktor K2 ning elektromagnit 
cho’lg’amidan tok o’tmaydi, chunki uning zanjiridagi kontaktor K1 ning blok 
kontakta uzilgan bo’ladi. Dvigatel normal yo’nalishda aylanib turgan xolatda 
tezlik kontroli relesining kontakti RT richag 5 ta’sirida ulangan bo’ladi. Biror 
sababga ko’ra yoki to’htatish knopkasi S2 bosilib, kontaktor K1 ning 
elektromagnit cho’lg’ami toksizlansa, kontaktor K1 ning kontaktlari uziladi, 
dvigatelga elektr energiyasi kelmaydi. Lekin kontaktor K1 ning kontaktor K2 
elektromagnit cho’lg’ami zanjiridagi kontakti K1 ga ulanishi bilan tezlik 
kontroli relesining kontakta RT ulangan bo’lgani uchun K2 cho’lg’amidan tok 
o’tadi. Kontaktor K2 dvigatel fazalarini almashtirib ulab, rotorning valida uni 
teskari tomonga aylantiradigan kuchli moment hosil qiladi. Tormozlovchi 
moment inersiya momentidan katta bo’lgani uchun dvigatelning aylanish tezligi 
keskin nolga yaqinlashadi. SHunda dvigatel teskari tomonga aylanib ketmasligi 
uchun, kontaktor K2 elektromagnit cho’lg’amini toksizlantiradi. Bu vazifani 
tezlik kontroli relesi (6.19-rasm, v) bajaradi. Tezlik relesi rotorining aylanish 
tezligi nolga yaqinlashishi bilan uning stator cho’lg’amida hosil bo’ladigan 
induksion tok va moment ham nolga intiladi. SHunda richag 5 kontakt 6 ni 
itarmaydi, relening kontakta RT uzilgan, kontaktor K2 cho’lg’ami toksizlangan 
bo’ladi. 
Tezlik kontroli relesi (6.19-rasm, b). O’zgarmas magnit 2 ning valiga 1 
asinxron dvigatel valiga mehanik bog’langan bo’ladi. Val 1 ga alohida 
podshipnikda qisqa tutashtirilgan cho’lg’am 4 silindr 3 ham o’rnatilgan. 
Dvigatel aylanganda u bilan birga releni o’zgarmas magnitli rotori 2 xam 
aylanadi va silindr 3 cho’lg’amlarida induksion tok va moment hosil qiladi. Bu 


203 
momentning yo’nalishi rele rotorining aylanishi tomon yo’nalgan bo’ladi 
(rasmda strelkalar bilan ko’rsatilgan). SHunda hosil bo’lgan induksion moment 
M yo’nalishida richag 5 surilib rele RT ning kontaktini ulab turadi. Elektr 
dvigatelning aylanish tezligi va uning valiga mexanik bog’langan rele rotorining 
aylanish tezligi nolga teng bo’lganda silindrni aylantiruvchi induksion moment 
M ham nolga teng bo’ladi. Richag 5 xam nol holatga qaytadi, avval ulanib 
turgan kontakt 6 endi uziladi. 

Download 4,61 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asinxron yuritmalarni tormozlab to’xtatish

Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish