Bog'liq Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari
Asinxron dvigatelni teskari ulash bilan tormozlash. Asinxron dvigatel fazalarini qisqa muddatga teskari aylanish tomoniga ulash
reversivlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun reversiv —
kontaktorlardan foydalaniladi (6.19-rasm, b). Kontaktor K1 dvigatelning normal
ish rejimini boshqarish uchun xizmat qilsa, kontaktor K2 uni tezda tormozlab
to’xtatish uchun xizmat qiladi.
Dvigatel normal ishlab turganda kontaktor K2 ning elektromagnit
cho’lg’amidan tok o’tmaydi, chunki uning zanjiridagi kontaktor K1 ning blok
kontakta uzilgan bo’ladi. Dvigatel normal yo’nalishda aylanib turgan xolatda
tezlik kontroli relesining kontakti RT richag 5 ta’sirida ulangan bo’ladi. Biror
sababga ko’ra yoki to’htatish knopkasi S2 bosilib, kontaktor K1 ning
elektromagnit cho’lg’ami toksizlansa, kontaktor K1 ning kontaktlari uziladi,
dvigatelga elektr energiyasi kelmaydi. Lekin kontaktor K1ning kontaktor K2 elektromagnit cho’lg’ami zanjiridagi kontakti K1 ga ulanishi bilan tezlik kontroli
relesining kontakta RT ulangan bo’lgani uchun K2 cho’lg’amidan tok o’tadi.
Kontaktor K2 dvigatel fazalarini almashtirib ulab, rotorning valida uni teskari
tomonga aylantiradigan kuchli moment hosil qiladi. Tormozlovchi moment
inersiya momentidan katta bo’lgani uchun dvigatelning aylanish tezligi keskin
nolga yaqinlashadi. SHunda dvigatel teskari tomonga aylanib ketmasligi uchun,
kontaktor K2 elektromagnit cho’lg’amini toksizlantiradi. Bu vazifani tezlik kontroli
relesi (6.19-rasm, v) bajaradi. Tezlik relesi rotorining aylanish tezligi nolga
yaqinlashishi bilan uning stator cho’lg’amida hosil bo’ladigan induksion tok va
204
moment ham nolga intiladi. SHunda richag 5 kontakt 6ni itarmaydi, relening
kontakta RT uzilgan, kontaktor K2 cho’lg’ami toksizlangan bo’ladi.