200
Ba’zi signalizatsiya chizmalarini ko’rib chiqaylik. 6.18-rasmda elektr
dvigatel holatining signalizatsiya chizmasi berilgan. Birinchi holda (6.18-rasm,
a) elektr dvigatelning ishga tushish signalizatsiyasi kontaktor (magnitli
yuritgich) K chulg’amiga parallel ulangan bitta chiroq HL1 orqali amalga
oshiriladi ayrim hollarda chiroq HL1 qo’shimcha qarshilik bilan ketma – ket
ulanadi. Bunday chizmada qo’shimcha blok – kontaktlar talab qilinmaydi, biroq
chiroqning kuyish ehtimoli ko’p bo’ladi.
Ikkinchi holda (6.18- rasm,
b kontaktor K chulg’amiga parallel ulangan NL1
lampadan tashqari kontaktorning uzuvchi blok – kontakti bilan ulangan va elektr
dvigatelning uzilganini signalizatsiyalovchi NL2 lampa bor. Bunda istalgan
lampaning kuyishi noto’g’ri signal berishga olib kelmaydi.
6.18-rasm,
v da keltirilgan NL1 va NL2 signalizatsiya lampalarining ulash
chizmasi kontaktor K bitta ulanuvchi va bitta uzuvchi blok kontaktlaridan
iborat. Agar blok – kontaktlar etmasa, u holda signalizatsiya lampalarini ulash
uchun kontaktorning blok – kontaktlarini ko’paytiruvchi oraliq relening
kontaktlaridan foydalanish mumkin.